Amir Temur davlatida harbiy tizim va razvedka xizmati.
2.2 “Temur tuzuklari” – adolatli hamda kuchli davlat barpo etishda muhim qonun – qoidalar sifatida Amir Temur va temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar anchagina bo‘lib, ular orasida “Temur tuzuklari” buyuk jahongir hayotiga va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar ichida shubhasiz alohida ahamiyat kasb etadi. “Temur tuzuklari” jahonining mashhur kutubxonalaridan joy olgan qimmatli asardir.
“Temur tuzuklari” ikki qism, 56 ta banddan iborat tarixiy va huquqiy asar bo‘ib, unda sohibqironing davlat tuzilish va mamlakatni boshqarish xususidagi nuqtai nazari bayon bayon qilinadi. Bu asrdan ko‘plab sharq xukmdorlari o‘zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlar va unga yuqori baho berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1638 -1657), Quqon xoni Muhammad Alixon (1821 - 1842), Buxoro amiri Abdulahadxon (1885 - 1910) “Tuzukot” dan parchalar ko‘chirtirib, ulardan o‘z faoliyatlarida foydalanganlar.
“Tuzklar”ning birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar (1342 – 1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy – siyosiy faoliyati, uning Movoraunnaxrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi, feodal tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, qo‘shni yurt va mamlakatlarni, masalan, Eron va afg‘oniston o‘z tasarufiga kiritishi, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon (1376 - 1395), turk sultoni Boyazid Yildirim (1389 - 1402) ga qarshi va nihoyat buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiston va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qismi Sohibqirionning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pandu – nasixatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju – taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini aylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo‘shni boshliqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju – taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi.
Amir Temur o‘z oldiga ulug‘ davlatning ichki siyosati va ishchan davlat tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish, xarbiy siyosatini zamon talabi asosida tobora takomillashtirib, mug‘ul istilosi asoratlarini tezroq bartaraf etib, xo‘jalikni oyoqqa turgashisiz, savdo – sotiq hunarmandchilikni bir me’yorga tushirish va rivojlantirish aholi manfaatlarini himoya qilish, islom diniga rivoj berish, ilm – fan, madaniyat, me’morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng ko‘lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo‘ygan edi. Uning bunday say’i – harakatlari katta kuch – ayrat, mablag‘, bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi. Temur yetuk siyosatdan va mohir davlat arbobi bo‘ib, u o‘zidan avval o‘tgan xukmdorlardan farqli ravishda, davlat va mamlakatni boshqarishda bir yoki ikki tabaqashga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyanadi.
Ma’naviy ildizdlarimizdan biri – bu Temur ma’naviyatidir. Bu qudratli manba insoniyat tarixida tengi yo‘q markazlashgan davlatchilikka asos solish bilan yer yuzining deyarli hamma mamlakatlarida o‘rganilib, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz faqat hozirgi kunga kelgandagina bu ma’naviyatni naqadar zarur ekanligini va buyuk kelajak sari qadam tashlayotgan xalqimiz uchun nihoyatda qadrli ekanligini anglamoqdamiz.
Amir Temukr insonni qadrlay oladigan va uni farqlay oladigan ulkan arbob edi. Musulmonchilikda “eng yaxshi kishining ikki qo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi, u bir qo‘li bilangina emas, ikki qo‘li bilan ham yaxshilik qiladi” degan hikmatli ibora bor. Amir Temur do‘stiga ham dushmaniga ham xuddi ana shunday ikki qo‘li bilan yaxshilik qildi. Qolganlarni ham shunga undadi. “Tuzukzot” da ham tarixiy asarlarning muallliflari ibn arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharofuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida ham, Klavixo kundaligida ham buni yaqqol ko‘rish mumkin.
Temur o‘z faoliyati davomida Olloh buyurgan insoniy fazilatlarga astoydil amal qildi. Temur o‘z farzandlariga qilgan vasiyatda shunday deydi: “ . . . Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsillarni zanginlar (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va yillik (yaxshilik) qilmoq dasturingiz va rahbaringiz bo‘lsin”. Adolatni shunchalik qadrlangan hukmdor albatta xalq orasida katta obro‘ – e’tiborga ega bo‘lishi tabiiy hol edi.
Temurning “Kuch - adolatda” degan so‘zi haqiqatda shiorga aylanib, hamma davrlar uchun jaranglab turuvchi ibora tusini olganligini shohidi bo‘lishimiz mumkin. Temur halqning shikoyatlari va arzlarini o‘rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy qilgan. Arzbegi shikoyat, arizalarini ko‘rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususda kengashda xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar qattiq jazolagan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat’iy tartib – qoida o‘rnatilgan. Rus sharqshunosi D.N.Logofet bu xususida shunday deb yozadi: “- biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i degan narsa uning hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi”.
Temur ma’naviyati – ulkan manba va tuganmas bir buloqdir. Hozirgi mustaqillikka erishgan davrimizda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda bu manbaning ahamiyati beqiyosdir.
B.Axmedov, Amir Temur yod etib. T., “O‘zbekiston” 1996 XULOSA Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o`zida real aks ettirgan bo`lib, tarixiylikning in'ikosi bo`lmog`i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo`lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.Vatan tarixini o`qitishning ahamiyati
Taraqqiy etgan millatlarning o`z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e'zozlashi ko`z qorachig`idek asrashining ko`pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bо`lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog`liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab. o`z o`tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
Boshqacha bir ma'noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to`g`ri anglagandagina, xalqlar o`z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi AAvgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya'ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o`rnini ko`rsatib, shunday degan edi; "G`aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo, uning tarixini uyg`ot".
Salkam bir yarim asr hukraronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o`rnini to`g`ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o`chirib, uni abadiy, qalban ma'naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar. Shu o`rinda, Farg`ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu shovinistik shiorga armal qilganligini aytib o`tish joizdir: "Millatni yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo`q qilsangiz bas, tez orada o`zi adoyi tamom bo`ladi". Degan fikrlarni bildirib o’tgan edi. Albatta o’z tarixini bilmagan odamning ertangi kuni kelajagi yo’q bo’ladi.