Kirish amir Temur davlatining tashkil topishi


Amir temurning “Temur tuzuklari” dagi siyosati



Yüklə 57,45 Kb.
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü57,45 Kb.
#124031
1   2   3   4   5   6
Amir Temur davlatida harbiy tizim va razvedka xizmati.

Amir temurning “Temur tuzuklari” dagi siyosati

  1. Amir Temurning ichki va tashqi siyosati

Amir Temur feodal munosabatlarini yanada kuchaytirdi. Yerlarni suyurg‘ol qilib bo‘lib berdi. “Suyurg‘ol” biror shaxsga ma’lum territoriyani shahar va qishloqlari bilan avloddan – avlodga meros sifatida qoldirish xuquqini beradi. Amir Temur davlatining bir qismi o‘zining oila a’zolariga, o‘g‘illariga, nabiralariga, barlos urug‘idan bo‘lgan xarbiy boshliqlarga xizmatiga qarab bo‘lib bergan. Masalan, 1383 yili hirotliklar qo‘zg‘oloni bostirilgach, Hirotga hukmron qilib o‘zining uchinchi o‘g‘li Mironshohni tayinlagan. Uning ihtiyoriga balx, kunluz, Badaxshon, Xuttalon, Hisor yerlari kirgan. 1393 yili xulagiylar xukmronligidagi yerlar (G‘arbiy Eron, Iroq, Ozarboyjon va Armaniston) ikkinchi o‘g‘li Umarshayxga, G‘aznaviylar yerlari nabirasi Pirmuxammadga, Xuroson, Mozandaron va Seyiston o‘g‘li Shohruhga berilgan.
Amir Temur Movoraunnaxrni o‘z qo‘lida qoldirib uni har jihatdan dunyoning yetaksi davlatlari qatoriga ko‘tarishga intildi.
Temurning ichki siyosati moddiy – madaniy jihatdan Movoraunnaxrni rivojlantirishga qaratilgan edi. Bosib olingan mamlakatlardan keltirilgan boyliklarni saltanatda zarur sanalgan qurilshlarga sarf etdi Samarqand Temur davrida yirikmadaniy va savdo markaziga aylandi. Bu yerda yil 12 oy davomida xitoy, Hindiston, Rusiya Mozandaron va Seyiston o‘g‘li Shohruhga berilgan.
Amir Temur Movoraunnaxrni o‘z qo‘lida qoldirib uni har jihatdan dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga ko‘tarishga intildi.
Temurning ichki siyosati moddiy – madaniy jihatdan Movoraunnaxrni rivojlanirishga qaratilgan edi. Bosib olingan mamlakatlardan keltirilgan boyliklarni saltanatda zarur sanalgan qurilishlarga sarf etdi Samarqand Temur davrida yirik madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu yerda yil 12 oy davomida Xitoy, Hindiston, Rusiya va boshqa mamlakatlardan kelgan savdogarlarni uchratish mumkin bo‘lgan. Samarqand to‘kin – sochin shahar bo‘lganini Klavixo shunday ta’riflaydi: “Bu shahar va zamin shunchalik boy va to‘kin – sochinki, hayratda qolmay iloj yo‘q . . . U noz – ne’matga to‘la, bu yerda ipak gazlama, atlas, sandal, jun va mo‘yna buyumlari mo‘l, upa – eliklar, shirinliklar, tilla va lojuvard kabi narsalar g‘oyat ko‘p . . . Maydonlardan kechayu kunduz odamlar arimaydi, savdo – sotiq bir daqiqa bo‘lsin to‘xtamaydi”.
1279 yili Temur qo‘shinlari Xorazmni bosib olganda, “barcha mashhur olimlarni, mullalarni, qur’on bilimdonlarini vaturli soha hunarmandlarini ko‘chirib keldi, deb yozadi Yazdiy, Temur Keshni saltanatning ikkinchi markazi deb e’lon qilganini va bu shaharda Oqsaroyni qurdirganini yozadi. Temur faqat Samarqand va Keshning gullab – yashashi bilan cheklanmasdan Movoraunnaxrda xo‘jalik ishlarini jonlantirishga katta e’tibor berdi. Xurosonda, Qobil havzasida, Mo‘g‘on dashtlarida ulkan sug‘orish tarmoqlarini vujudga keltirdi.
Sohibqiron vujudga keltirgan ulkan davlatini nafaqat har taraflama taraqqiy etdirish, balki mudofaa qilish masalalari bilan ham shug‘ullangan. Buning uchun u qo‘shni davlatlardagi voqealarni ham ziyraklik bilan kuzatib turgan. U o‘z mamlakatiga Oltin O‘rda xonligi katta xavf solishi mumkinligini sezib, unga qarshi kurashish chorasini ko‘ra boshladi.
O‘rusxon Sirdaryodan Volga bo‘ylariga kelishi bilan Oltin O‘rdada yangi xonlar sulolasi boshlandi. To‘yxo‘ja o‘g‘lon qilindi, uning o‘g‘li madad olib O‘rusxonga qarshi yurish boshladi. Biroq undan yengilib Temur huzuriga qaytib keldi. Ikkinchi martda yurishda ham unga odam kulib boqmadi, yaralanib yana Temur panohiga keldi.
Ko‘p o‘tmay Temurning Buxorodagi qarorgohiga O‘rusxonning elchilari kelib, To‘xtamishni topshirishni talab qilishdi. Temur bu taklifni qat’iy rad etdi va tez o‘zi kirishini aytdi.
Darhaqiqat Temur tezda O‘rusxon mulkiga yurish boshladi. U qo‘shinlarini Sirdaryodan o‘tkazib, O‘trorning bepoyon tekisligida qarorgoh tikdi. O‘rusxon qo‘shinlari Yazdiyning yozishicha, O‘trordan 24 farsax keladigan Oq O‘rda markazi – Sig‘noqda joylashgan. Biroq qattiq qish, tinimsiz yomg‘ir jangga xalaqit berdi. Ikkala tomon ham qariyb 3 oy bir – biriga ro‘baro‘ turib urushmasin yurtlariga qaytishdi. Shundan keyin oradan ko‘p o‘tmasdan O‘rusxon, keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li To‘xtaqiya ham vafot etdilar (1375).
1376 – 77 yil kishida Temur o‘zining katta amirlari (Tuman, Temur, O‘zbek, Baxtihoji, O‘rik Temur, Giyosiddin Tarxon va Bangi Kovchin)ni To‘xtamishga qo‘shib, Sig‘noqqa jo‘natdi. Amirlar barcha rasm – rusumlarni ado etib, To‘tamishni xon ko‘tarilganini e’lon qildilar. Ma’lum vaqtdan keyin mavqeini mustahkamlab olgan To‘xtamish Jo‘ji ulusiga ko‘z tika boshladi. Uning g‘arbiy qismiga yigirma yildirki Mamay hukmronlik qilardi. 1380 yili Kulikovo jangida qudrati qattiq zaha yegan Mamay To‘xtamishdan yengildi va qatl etildi. To‘xtamish Oltin O‘rdani oldingi xolatini tikladi. 1382 yili Moskvani talon – taroj qilib rus knyazlariga ko‘rsatib qo‘ydi.
Oltin O‘rdaning kuchayishi Amir Temur davlatining shimoli – g‘arbiy taraflariga doimiy xavf solib turar edi. Ma’lumki mo‘g‘ullar davrida Xorazm ikkiga bo‘lingan: shimoliy qismi Urganch shahri bilan Oltin O‘rda tarkibiga; janubiy qismi Qiyot shahri bilan birga Chig‘atoy ulusi tarkibiga kirgan edi. XIV asrning 60 – yillarida shimoliy Xorazm Oltin O‘rdadan ajralib chiqdi. Bu yerda Qo‘ng‘irot urug‘idan chiqqan Xusayn so‘fiy hokimiyatni o‘z qo‘liga olib, shimoliy va janubiy Xorazmni birlashtirishga kirishdi.
Amir Temur Chig‘atoy ulusi yerlarini qo‘shib olinishiga norozilik bildirdi va Xusayndan o‘z fikridan talab qildi, biroq, rad javobini oldi. Bundan g‘azablangan Temur 1379 yili Xorazmga yurish qildi va janubiy Xorazm yana qaytarib olindi. Bu yosh hukmdorning dastlabki g‘alabasi edi. U Xorazmdan mashhur olimlarni, hunarmandlarni Samarqandga ko‘chirib keldi.
Shundan keyitn Amir Temurning zafarli boshlandi. U Xurosonda sarbadorlar markazi Sabzovorni va Hirotni, Eronda Xulagiylar davlatini bosib oldi. Xirot o‘sha paytda Xitoy va Yaqin Sharqni boylovchi muhim savdo yo‘lida joylashgan bo‘lib, ko‘plab do‘konlari va karvon saroylari bo‘lgan boy shahar edi. Uning 360 ga yaqin machit va madrasalari bo‘lgan. Hirot turli matolar, tilla buyumlari, gilamlar ishlab chiqarish bo‘yicha Damashqqa tenglashgan edi.
Amir Temur qo‘shinlari Seyistonni ham egallashgach, Sharqiy Eron butunlay unga bo‘ysundi. Shunday keyin Eron ichkarisiga yurish boshlandi. Uch marta muvaffaqiyatli yurishlaridan keyin Eron va Kavkazatori mamlakatlari qo‘lga kiritildi. U bosib olgan mamlakatlarini qisman talon – taroj eti, qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ydi. Ammo buning hisobiga Movarounnaxr moddiy va ma’naviy jihatidan tez rivojlandi. Temur o‘z hukmronligi davrida bu yerda feodal tarqoqlikka chek qo‘ydi, yagona markazlashgan kuchli davlatni vujudga keltirdi. Amir Temur yurishlari “uch yillik” (1386), “besh yillik” (1392), “yetti yillik” (1399) deb nomlanib, asosan bosqinchilik xarakteriga ega edi. “Uch yillik” urushda Temurga Ozarbayjon, Tabriz, Mozandoron, Gilon bo‘ysundirildi, shunday keyin u Kavkazga yurish boshlab Tiflis,, Arzirum va Van qal’asini egalladi. Xuddi shu vaqtda To‘xtamishning Movoraunnaxrga yurish boshlaganini eshitdi. To‘xtamish o‘z xukmronligining dastlabki yillarida Temurgva nomigagina bo‘ysunar, qulay payt kelishi bilan mustaqil bo‘lish niyatida edi. Shunday qulay payt kelganidan, ya’ni Temurning Erondaligidan foydalangan To‘xtamish Movoraunnaxrga Kamariddin yetakchiligida qo‘shin yubordi. Samarqandiy bu haqda shunday yozadi “Qamariddinning Mo‘g‘ulistonda ishi yurishmagach, To‘xtamish huzuriga kelib, u yerda o‘zaro urushlar kelib chiqishiga zamin hozirladi. To‘xtamishxon Qamariddin bilan Oqxo‘ja o‘g‘lonni ko‘p ming kishilik qo‘shniga bosh qilib yubordi. Maxmudni Mo‘g‘ulistonga hokim etib tayinladi. Ma’lumki, Kayxusrov sotqinligi uchun 1372 yili Temur farmoniga ko‘ra qatl ettirilgan edi”.
Shomiy ma’lumotiga ko‘ra, ehtiyotkor Soxibqiron Movoraunnahrni harbiylarsiz tashlab ketmagan edi. Andijon harbiy sohada otasidan qolishmaydigan Umarshayx, Samarqandda esa amirlardan Sulaymonshox va Abbos Baxodir bo‘linmalari qoldirilgan edi. Lekin bu kuchlar To‘xtamish qo‘shinlariga qarshi turishga ojizik qilardi. Dushman Movoraunnaxrga kirib aholini talay boshladi. Buxoro atroflariga yaqinlashib, hatto hujum qildilar. Biroq uni ololmagach, atrof tumanlarini taladilar, Zanjisaroyga o‘t qo‘ydilar, Samarqand va Keshga xavf sola boshladilar.
1388 yil yanvarida Temurning qaytishini eshitgan dushman orqaga qayta boshladi. Temur amirlari Xudoydod, Xusayn, Shayx Ali Baxodir va boshqalarga dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo‘yidagi Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga katta talofot yetkazdilar. To‘xtamish 1388 yil oxirida Temurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Temur esa urushga tayyorlanish uchun Sogaron (Kattaqo‘rg‘on) da o‘z qarorgohini tikib, qo‘shinlarini jangovar holatga keltirdi.
Ko‘nchi o‘g‘lon, Temur Qutlug‘ o‘g‘lon, Shayx Ali Baxodir qo‘mondonligidagi qo‘shilarni Amir Temur dushmanning orqa tarafidan hujum qilishga yubordi. Hujum muvaffaqiyatli bo‘ldi. Dushman tor – mor etilib To‘xtamish zo‘rg‘a qochib qutuldi.
Amir Temur 1389 yil bahorida To‘xtamishni batamom yo‘q qilish uchun Sirdaryo bo‘yidagi Zarnuk tumanida qo‘shinlarini shaylash boshladi. Qo‘shinlar safiga Xurosonda Mironshoh boshchiligida, Balx, Kunduz, Baqlon, Badaxshon, Xuttalon, Hisor va boshqa viloyatlardan kelgan ko‘plab sarbozlar qo‘shildilar.
Amir Temurning 1389 yil baxorida To‘xtamishni batamom yo‘q qilish uchun Sirdaryo bo‘yidagi Zarnuk tumanida qo‘shinlarini shaylay boshladi. Qo‘shinlar safiga Xurosonda Mironshoh boshchiligida, Balx, Kunduz, Baqlon, Badaxshon, Xuttalon, Hisor va boshqa viloyatlardan kelgan ko‘plab sarbozlar qo‘shildilar.
Amir Temurning Temur Qutlug‘ o‘g‘lon, Sunjek Baxodir, Usmon Baxodir boshchiligidagi zarbdor kuchlari Aris tumanida To‘xtamish qo‘shinlariga zarba bergach, dushman chekina boshladi. Temur endi To‘xtamish hujumini kutib o‘tirmay katta qo‘shini bilan Dashti Qipchoq chegaralariga bostirib kirib, uni o‘z davlati ichida jazolamoqchi bo‘ldi.
Amir Temur Cho‘lpon Malik og‘adan ayollari va ortiqcha amirlarini qo‘shinlari bilan orqaga qaytarib, 1391 yili 22 yanvarda dushmanni quvishga tushdi. Yo‘lda sulhni taklif qilib kelgan elchilarga duch keladi, biroq ularning taklifi rad etiladi.
1391 yil 21 fevral kuni qurultoydan so‘ng Sohibqiron o‘z amirlari bilan kengashgach, To‘xtamish elchilarini olib Yassi, Qoratov, Sabrondan o‘tib, uch xafta dashtlikda yurdi. Nihoyat ko‘p qiyinchikliklardan so‘ng Sarig‘o‘zanga kelib bir necha kun dam oldi.
Shunday keyin Amir Temur ta’qibni davom ettirib, 1391 yil 29 mayda Yoyiq (Ural) daryosiga yetib keladi. Dushmanning bu yerdan yaqindan o‘tganini bilgach, daryo oqimiga qarshi quvishni davom ettirdi va olti kundan keyin dushman askarlaridan birini asir oldi. U Temurga dushmanning o‘tish joylarini ko‘rsatib berdi.
Shomiy va Yazdiy fikricha, Temur mazkur yurishida Yoyiq daryosidan boshqa yana bir daryoni kechib o‘tdi. A.Moller yozishicha, u Volganing irmog‘i Kunduzgacha daryosi bo‘lgan. Sohibqiron Volga daryosi bo‘ylab shimolga yo‘l olgan. Yazdiy bu haqda shunday yozadi: “Oradan olti oy vaqti o‘tdi, uning muzaffar bayrog‘i shimol tomon siljiy bordi. Shunday joyga yetib kelishdiki, shom tushgunga qadar subh nishonlari namoyon bo‘ldi. Quyoshning shimoliy burjda bo‘lish vaqti hisobga olindi, shom namozini o‘qish majburiy emasdi. To‘xtamishning qulay payt poylab, to‘satdan hujum qilish uchun Dashti Qipchoq ichkarisiga tobora kirib borishi Temurga tinchlik bermasdi. Shuning uchun katta jangga puxta hozirlik qo‘ydi. U 1391 yil 18 iyunda dushmanni quvib yetib, qo‘shinni yettita mustaqil bo‘limga ajratdi. Qanot qismlariga o‘g‘illaridan Mironshox va MirzoUmarshayx, markazga esa nabirasi Muhammad Sulton boshchilik qildi.
Soxibqiron jang oldidan o‘zini sovuqqon tutgan. Bu son jihatdan ustun dushmanni mensimayotgandek tuyulardi. To‘xtamish bundan tashvishga tushgan. Uning qo‘shinlariga juchi ulusining taniqli amirlaridan Toshtemir o‘g‘lon, Sulaymon Sufi, qo‘ng‘irot (Xorazmning sobiq hukmdori), Navro‘z Qo‘ng‘irot va boshqalar rahbarlik qilgan.
Tarixchilar ma’lumoticha, 18 iyunda boshlangan jangda Temur jangchilari katta jasorat ko‘rsatdilar. Amir Sayfiddin Hoji qo‘shinlari birinchi bo‘lib dushmanni parchalab tashlagan. To‘xtamish qo‘shinlari markaz va qanot bo‘ylab qilgan harakatlari Temur qo‘shinlarini ahvolini mushkullashtirib qo‘ysada, sohibqironning maxsus farmoni bilan jangga kirgan 20 bo‘lakdan iborat zahira kuchlari jang taqdirini hal qildi. Oltin O‘rada qo‘shinlari katta talofot ko‘rdi. To‘xtamish qo‘shinlarini tashlab qochdi.
G‘alabadan so‘ng Amir Temur o‘z amirlari va o‘g‘illaridan tabriklar qabul qildi, uning boshidan sovg‘alar sochildi. 1391 yili mag‘lubiyatdan keyin to‘xtamish o‘z ojizligini tan olib, Temurga qarshi kurashda ittifoqchilar qidirib, Polsha va Litva xukmdorlariga yaqinlasha boshladi. To‘xtamish ustidan g‘alaba qozonib, Movoraunnaxrga qaytgan Temur bir yildan keyin Eronga yurish boshladi. 1392 – 93 yillarda Axmad Jaloyiriy va Temur o‘rtasida urush harakatlari boshlandi. Biroq urushning yakunlanishiga yana To‘xtamish halaqit berdi.
1393 – 94 yili Temur Shekida ()Ozarbayjonning shimoliy qismida turgan paytda To‘xtamish Kavkazorti viloyatlariga xujum qildi. Temur shekidan chiqib Kura daryosi bo‘ylab yurdi. Oltin o‘rdakliklar Temur qo‘shinlari kelayotganini eshitib chekinishiga majbur bo‘ldilar. Jahongir yog‘iylar chekinayotganini eshitib, 1394 – 95 yilgi qishlovni Kulzum dengizi bo‘yida Maxmudobod yaylovida o‘tkazdi. 1395 yil aprelida Amir Temur va To‘xtamish o‘rtasida urush harakatlari boshlanib ketdi. Jangning asosiy qismi o‘ng qanotda bo‘ldi. Ushbu qanotda mushkul vaziyat vujudga kelgach. Temur zaxira qo‘shini bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga majbur qildi. To‘xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatidan ajraldi va qayta o‘zini tiklay olmadi.
Temur g‘alaba sharafiga amirlar, lashkarboshlar va farzandlaridan qutlovdan qabul qildi, jangda jonbozlik ko‘rsatganlar taqdirlanldi. Favqulotda jasorati uchun shayx Nuriddin zarbop chopon, qimmatbaho toshlar bilan bezagan kamar , 100 ming dinor va yaxshi ot bilan taqdirlandi.
Mu’iniddin Nataziyning “Iskandariy qiyos” asarida bayon qilinishicha og‘ir mag‘lubiyatga uchragan To‘xtamish litva knyazi Vtovta buylarida bemalol yurishlariga hech qanday to‘siq yo‘q edi. Sohibqiron qo‘shinlarining bir qismini orqaga qaytardi. Pirmuhammad boshchiligida 6ming qo‘shin Sherozga, amir Shamsidinabbos yetakchiligidagi 3 ming suvoriy samarqandga jo‘nadi.
Yazdiyning yozishicha “Temur xar bir ishni oxiriga yetkazgandagina mamnunlik tuyardi”. Temur Rusiya janubidagi Yeles shaxrigacha borgan. Moskva Ruksi Temur yaqinlashayotganini bilgach jangga tayyorlangan. Sofiya solnomasigako‘ra, Mochskva knyazi Vasiliy qo‘shin yig‘ib, avval kolomna, so‘ng oka daryosi bo‘ylarida yog‘iyni kutgan. Yazdiy esa Temurning moskvaga yurishini yozadi: Qimmatbaho narsalarga shunchalik boy ekanki, sanog‘iga yetish mushkul edi: oy yog‘dusini dog‘da qoldiradigan kumushu, oltin, gazlamayu, bo‘z matolar Qor tog‘iday uyulib yotardi,qunduz terisi behisob edi”.
Ruslarning baxtiga temur bu yerda uzoq turmadi. U1295 yili Volga bo‘yiga qaytdi. Temurning rus yerlaridan keganini Rogoch yilnomasi quvonch bilan qayd etgan. Bu vaqtda Temur Kavkaz sari yurish boshlagan edi. 1396 yil bahorida Sohibqiron Volga bo‘yidan Azov dengizi bo‘ylariga, undan Darband sari yo‘l oldi. Ukuraga yetib kelganida Shirvlnshox shayx Ibroxim darbandiy katta ziyofat bergan.
Sohibqiron Temurning harbiy mahorati shundaki, u o‘z dushmanlvarining erkin nafas olishga qo‘ymagan. Mironshox Ozarbayjon va Tabrizni egallagach , Bag‘dod sari yo‘lga chiqqan. Biroq Axmakd Jaloriydan yengilib chekingan. 1399 yili Temur qo‘shinlari Suvayish sari yo‘l olganda Axmad uning Yaqin Sharq sari yo‘lining to‘sishga botina olmadi. Birmuncha vaqt o‘tgach, u Bursaga, mashhur sulton Boyazid huzuriga boradi. Bu vaqtda Amir Temur va Boyazid o‘rtasida jang muqarrar bo‘lib qoladi. Bu haqda A.Yakubovskiy shunday yozadi: “1400 yilda Temur askarlari O‘rta Osiyodan uzoqda – G‘arbda turk sultoni Boyazid 1 va Misr sultoni Farajga qarshi kurash olib bordi. O‘sha vaqtda Temur ko‘p xalqlarni, masalan, Kichik Osiyoda Sivasni, Suriyada Xalab (Aleppo)ni o‘ziga qaratib olgan edi. 1402 yilda Ankara yonida bo‘lgan bu jangda Usmon sultoni Boyazid batamom tor – mor etildi va Boyazid asir olindi”. Bu g‘alabaning ahamiyati shundaki, Yevropa xalqlari, Shimoliy Afrika, Vizantiya Boyazid hujumidan saqlab qolindi. Misr va Vazantiya Temur hokimiyatini urushsiz tan oldilar.
Sohibqiron Temur Ko‘ragon (mo‘g‘ulcha kuyov) o‘zining so‘nggi yurishini Xitoyga qaratdi. U 807 yil 23 jumadul – avval (1404 yil 27 noyabri) da Samarqanddan chiqib, O‘tror tomon yo‘l oldi. U Oqsulot mavzeiga kelib 20 kun turgach, 1405 yil 14 yanvarda O‘trorga keldi. 1404 – 1405 yil qishi og‘ir keldi. Bu yerda Sohibqironning kasali og‘irladi va oradan 35 kun o‘tgach 17 sha’bon (1405 yil 18 fevral) chorshanba kuni u olamdan o‘tdi.
Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Sohibqironining jasadi 22 sha’bon (23 fevral) va amir Xo‘ja Yusuf boshchiligida Samarqandga yetkazib kelindi va o‘sha kuniyoq marxum (Muxammad Sulton Mirzo honaqoxiga) dafn qilindi. Shahar mota tutib barcha rasta va do‘konlar yopildi.
Ramazon oyining 16 da (1405 yil 18 mart) dushanba kuni Xalil Sulton Mirzo hech qanday qarshiliksiz Samarqandga kirib, taxtni egalladi. Ikki kun o‘tgach, Xalil Sulton Muxammad Sulton Mirzo xonaqoxiga borib, motam marosimini yanada ulug‘vorroq va tantanaliroq o‘tkazdi. Marsimda butun aholisi qatnashdi. Amir Temur ruhiga xatmi qur’on o‘qilib, beva – bechoralarga xayrh ehsonlar ulashildi, bir necha kun fuqarolarga osh berilgan.


 Temur tuzuklari T. “G‘ofur G‘ulom” 1991 –T.: Fan, 1991.-B.212

Yüklə 57,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin