Magnitli filtrlarda tozalash samaradorligi 80% ga yetadi. Shu sababli ham bunday filtrlar keng tarqalgan. Ular mayda ferromagnit zarrachalarni suyuqlikdan ajratib olishda qo£llaniladi. Bunda magnit zarrachalardan tashqari qum va boshqa iflosliklar ham tutib qolinadi. Magnitli filtrlarning unumdorligi 60 m 3/s gacha bo‘ladi. Laminar oqimli oqova suvlar magnit maydoni orqali o‘tganda
0,5—1 mkm o ‘lchamli-ferromagnit zarrachalar magnitlanadi va o‘lchami 50 mkm bo‘lgan aglomeratlar hosil qiladi. Ular filtrlab ajratib olinadi yoki gravitatsion maydon ta’sirida cho‘ktiriladi. Bunda suyuqlik oqimi yo‘nalishi magnit maydon yo£nalishiga mos bo‘lishi kerak.
2.6- rasm. Filtrlar:
a— tezkor kontaktli filtr: 1 — qobiq; 2 — yuvuvchi suvlarni ajratish tizimi; 3— oqova suvni uzatish tizimi; 4 — yuvuvchi suvlarni uzatish tizimi; 5 — g'ovakli drenaj; 6 — filtrlovchi material; b — qo‘zg‘aluvchan yukli filtr: 1 — qobiq; 2 — drenajli kamera; 3 — o ‘rta kamera; 4— kanallar; 5— teshikli quvurlar; 6 — oqova suvning chiqishi; 7 — klassifikator; 8— yuvuvchi moslama; 9 — yuvuvchi suvni uzatish uchun quvur; 10— yuvuvchi suvning chiqarilishi; 11— kollektor; 12,13— quvurlar; 14— halqali kollektor; 15— gidroelevator; d— mikrofiltr: 1— aylanuvchi baraban; 2 ~ yuvish uchun moslama; 3 — yuvuvchi suvni yig‘ish uchun. tarnov; 4— yuvuvchi suvni chiqarish uchun quvur; 5 — tiniqlashgan suvni chiqarish uchun kamera; e— penopoliuretanli filtr: 1— penopoliuretan qavati; 2— kamera; 3— elevator; 4— yo‘naltiruvchi roliklar; 5 — lenta; 6 — purkagich; 7— siquvchan
roliklar; 8— regenerat uchun sig‘im; 9 — panjarali to‘siq.