*Kirish *Asosiy qisim: Boshqaruv hisobi” fanining predmeti va usullari, uning nazariy asoslari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə7/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#119588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI

9. Hisobning asosiy ob’ektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona odatda yagona, yaxlit deb ta’riflaydi. Ko’p tarmoqli faoliyat olib boruvchi katta korxonalar har bir soha bo’yicha, ya’ni, korxonaning yirik segmentlari bo’yicha xarajatlar va daromadlarni umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi shart.
Boshqaruv hisobi, odatda korxonaning alohida bo’linmalari: bo’limlar, tsexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to’g’risidagi axborotni o’z ichiga oladi.
10. Hisobning asosiy tuzilmasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikka muvofiq shakllanadi:
Aktivlar = O’z mablag’lari manbalari + Majburiyatlar
Boshqaruv hisobi axboroti tuzilmasi va tarkibi, uning foydalanuvchilarini ehtiyojlariga bog’liq. Boshqaruv hisobining har qanday tizimi eng avvalo xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi. Bu tuzilmalarni qo’llashda asosiy mezon – zarur axborotning foydaliligidir.
11. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob ma’lumotlari uning foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Jumladan, O’zR "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunining 19-moddasiga ko’ra, mazkur axborotlar soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga taqdim qilinadi.
Boshqaruv hisobi axborotlari ko’proq maxfiylik xususiyatiga ega bo’lib, ulardan korxona menejerlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanadilar. Ushbu axborotlar korxonaning tijorat siri hisoblanadi. Ular hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga berilmaydi.
12. Axborotni aks ettirish usullari va yo’llari. Moliyaviy hisob qiymatda shakllanadigan axborotni o’z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti bosh daftari barcha hisobvaraqlar bo’yicha yakuniy qoldiqlarni o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisobda xo’jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, hisobvaraqlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va hisobot va h.k. usullarida ifoda etiladi. Unda moliyaviy hisobot ma’lumotlari albatta pul birligi ko’rinishida aks ettirilishi zarur. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari bosh daftarning yakuniy yozuvlariga mos keladi.
Boshqaruv hisobida xo’jalik muomalalarini aks ettirishda ikkiyoqlama yozuv usuliga asoslanish shart emas. Mazkur hisob turida ma’lumotlar har qanday o’lchov birligida hisoblanishi mumkin. Shuningdek, unda moliyaviy hisobot shakllari axborotlarining Bosh kitob ma’lumotlari bilan mos kelishi va taqqoslanishi shart emas.
Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirishda esa moliyaviy hisob usullari bilan birgalikda ekonometrika, statistika, iqtisodiy tahlil usullaridan ham foydalaniladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin