*Kirish *Asosiy qisim: Boshqaruv hisobi” fanining predmeti va usullari, uning nazariy asoslari


Axborotlarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari tizimida aks ettirish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#119588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI

3. Axborotlarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari tizimida aks ettirish. Moliyaviy hisob hisobvaraqlari tizimi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Ushbu hisobvaraqlar tizimi O’zRning 21-sonli BHMS "Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma" nomli milliy standartiga asoslanadi.
Boshqaruv hisobi hisobvaraqlar rejasi eca korxona va uning bo’linmalari faoliyati to’g’risida strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish, byudjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini tashkil etish, "Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda" tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur hisobvaraqlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari tizimidan to’rt razryadli tizimga o’tish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
a) balans hisobvaraqlari, ya’ni, balans tuzishda ishtirok etuvchi hisobvaraqlar;
b) operatsion, "Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda" tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo’llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan hisobvaraqlar.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv hisobi hisobvaraqlar rejasining Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan tizimlari amal qilmoqda.
4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni tashqi hisob deb ham ataydilar. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, moliyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusidagi axborotlarni ham o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo’ladilar. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aktsionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur. Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruv xodimlari, ta’sischilar va Kuzatuv kengashi a’zolari foydalanadilar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin