Kirish asosiy qism



Yüklə 45,98 Kb.
səhifə5/6
tarix22.09.2023
ölçüsü45,98 Kb.
#147229
1   2   3   4   5   6
Modal so`zlar

Xayriyatki, odamlar uy – uyiga tarqala boshladi.
Xayriyat-e”, shu bolaning yo‘qligi ham qanday yaxshi !
Ushbu gaplarda mavjud xayriyat modal so‘zi uchchala gapda uch xil ma’no ottenkasini ifodalashga xizmat qilgan. Masalan, birinchi gapda uzoq kutilgan va nihoyat sodir bo‘lgan voqea –hodisaga nisbatan so‘zlovchining shukronalik nuqtayi –nazaridan qo‘llagan mazkur fikri faqat ijobiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ikkinchi gapda esa aksincha. Birinchi gapga qaraganda salbiy ma’no ottenkasiga xizmat qiluvchi xayriyat modal so‘zi o‘zbek onalariga, o‘zbek ayollariga xos bo‘lmagan toshbag‘irlik, bemehrlik bilan qabul qilinmoqda. Shunga muvofiq faqat ijobiy ma’noga xizmat qiluvchi xayriyatki modal so‘zi ham salbiy ma’no ifodalashga xizmat qilmoqda.
Umuman, modal so‘zlar hamma nutq uslublarida qo‘llanib, so‘zlovchining o‘z fikriga nisbatan xilma –xil munosabatini va tabiat hodisalarini, ilmiy xulosalarni asoslash yo manbayini ko‘rsatish kabi ma’nolarni bildiradi. Badiiy adabiyotda qahramonning biror tomonini – o‘ziga xos salobat yo xususiyatini yanada qabartirishda modal so‘zlar eng qulay vositalardan biri sanaladi. Abdulla Qahhorning “Sinchalak” asaridagi jamoa xo‘jaligi raisi Qalandarov o‘z nutqida xo‘sh, xo‘p, mayli, albatta, yaxshi kabi so‘zlarni ko‘p qo‘lllaydi. Abdulla Qahhhor bu so‘zlar orqali Arslonbek akaning lavozimi va tabiatiga ishora qiladi.
She’riyatda afsuski, yaxshiyam, attang, mayli kabi modal so‘zlar ko‘p qo‘llanadi hamda turli ruhiy holatlarni aniq ifodalashga xizmat qiladi. Yaxshiyam, shodlik bor boqiy hayotda ( Erkin Samandar ).
Og‘zaki so‘zlashuv nutqida esa deydilarki, naqllarda aytilishicha, xayriyat, aytishlaricha, taxminimcha va boshqa modal so‘zlar ko‘p uchraydi.
Misollar: Deydilarki, oyda ham dog‘ bor.
Xayriyat, bilamiz: ota – bobomiz kim? ( N. Norxo‘jayev ).
Eng ko‘p qo‘llanadigan modal so‘zlar: albatta, so‘zsiz, shubhasiz, haqiqatan, to‘g‘ri, mayli, bordi –yu, basharti, shekilli, ehtimol, aftidan, darhaqiqat, darvoqe, aksincha, aytgandek, nazarimda,, aytmoqchi, fikrimcha, baxtimizga, toleyimizga, xayriyatki, ishqilib, demak, koshki, shoyad, afsus(ki ), esiz, attang, ajabo, dastlab, xullas, qisqasi, umuman, har holda, shunday qilib, deyarli, hech bo‘lmasa, ko‘rinishidan, aftidan, qaytaga, xo‘sh, birinchidan, ikkinchidan, yo‘qsa, masalan, jumladan, nihoyat, xususan, asosan, xolos va boshqalar.
Modal so‘z vazifasida ko‘proq sifat, son, olmosh, fe’llar, modal so‘zlar kelib, tasdiq, inkor, tartib, izoh, qaratish, fikriy yo‘nalish, xulosalash, e’tiborni jalb qilish, ikki fikrni bog‘lash, voqeani rivojlantirish kabi uslubiy ma’nolarni anglatadi. Farzand, avvalo, hayot guli, umr mevasi, ona qanoti, azizim! Men, ayniqsa, gul bahorni zo‘r zavq – shavq bilan kutib olaman. ( Zafar Diyor ).
Hozir barhayot bo‘lgan Temur shahzodalaridan eng tadbirkori, eng qobili va eng munosib sohibi taxt, shubhasiz, Husayn Boyqarodir. ( Uyg‘un, Izzat Sulton ).
Modal so‘zlar gapda mustaqil gap bo‘lagi vazifasini ham bajarishi mumkin. Bunda ularga xos ohang bo‘lmaydi, o‘zi bog‘langan so‘z bilan ohangda bitishadi. Va bu mustaqil so‘zlar modal so‘zlar bilan leksik omonimiyani hosil qiladi. To‘g‘ri so‘z toshni kesadi. Tog‘ri tilimiz boshqa, ammo dilimiz bir.
Xullas, so‘zlovchining o‘zi bildirgan fikrga, voqea – hodisalarga munosabatini ifodalovchi so‘zlar modal so‘zlar ( lotincha “modus” – usul, o‘lchov ) deyiladi. Bunday munosabat fikrning aniqligi yoki noaniqligi nuqtayi – nazaridan bo‘ladi. Modal so‘zlar morfologik jihatdan yaxlit, ya’ni morfemalarga bo‘linmas bo‘ladi. Kerak, lozim, shart, darkor modal so‘zlari harakat nomi bilan ishlatilib kesimlik so‘zlari bo‘lib keladi. Bu modal so‘zlar bilan ishlatilgan harakat nomi egalik qo‘shimchalarisiz ishlatilsa shaxsi topilmas, egalik qo‘shimchalarining 1- va 2- shaxsi bilan ishlatilsa shaxsi ma’lum gap, 3- shaxs egalik bilan ishlatilsa, shaxsi noma’lum gapning kesimi bo‘lib keladi. Modal so‘zlarga siljigan so‘zlar o‘z turkumi doirasida leksik ma’no ifodalaydi, gap bo‘lagi vazifasida keladi, modal ma’no ifodalaganda esa, bu xususiyatlarini yo‘qotadi: Xatning mazmuni shunday edi. – Mayda – chuyda kamchiliklar topibdi, mazmuni. Har bir ishning chamasi bor, Har daryoning kemasi bor. – Yo‘lchi, chamasi, ikki yildan beri temirchi bilan do‘st bo‘lib, uning butun sifatlarini, fazilat va kamchiliklarini yaxshi sinagan edi.
Umuman, modal so‘zlar gapdagi ijrosiga ko‘ra hamisha ikki xil ottenkani salbiy va ijobiy munosabatni ifodalashi mumkin. Agar so‘zlovchi o‘z fikriga salbiy munosabatini ifodalamoqchi bo‘lsa, attang, afsus, jin ursin, kabi modallardan, agar aksincha, o‘z fikriga ijobiy tus berishni xohlasa koshkiydi, xayriyat, qaniydi, baxtimga, toleyimizga, yaxshiyamki kabi modal so‘zlardan keng foydalanishi mumkin ekan.

Yüklə 45,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin