Kirish Asosiy qism


Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 129,54 Kb.
səhifə4/4
tarix17.05.2023
ölçüsü129,54 Kb.
#115132
1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Hayot faoliyati xavfsizligi
Mehnatni muhofaza qilish – bu ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya – gigiena, mehnat qonunlari va tashkiliy chora – tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan fandir.Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning havfsizligi va sog‘ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarida mahsulot etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo‘qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo‘lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.Sanoat korxonalarida to‘kis sanitariya – gigiena sharoitlarini ta’minlash, og‘ir qo‘l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va kasb kasalliklarini butunlay yo‘qotish chora – tadbirlarini amalga oshirish kerak, zero, mehnat qilish faqat yashash vositasi bo‘lib qolmasdan, balki hayot talabi bo‘lib qolishi kerak.O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya – gigiena qoidalari bilan belgilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda.Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur. Bu Konstitutsiya, avvalo, inson huquqlarini himoya qilish, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.Sanoat korxonalarida havfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in havfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaharlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi.


Xulosa:
Men 3 oylik amaliyot davrida Navoiy Issiqlik Elektr Stansiyasiyasida ishlab chiqariladigan issiqlik va elektr energiyasi haqida, suvni kimyoviy tozalash sexi haqida, tabiiy suvlar, ularning tarkibi, Zarafshon suvi va damxo`ja suvi tarkibi, xarakteristikasi, qattiqligi va shunga o`xshash ko`plab ma`lumotlarga ega bo`ldim. Diplom ishi mavzuyim bo'yicha ham ma'lumotlar to'plashga harakat qildim.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, sanoat ishlab chiqarishi maqsadlarida yuqori sifatli suvdan foydalanish ko‘lamining o‘sib borishi suv zahiralaridan oqilona foydalanish hamda chiqindi suvlarning atrof-muhitga tashlanishini kamaytirish masalalarini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Yer kurrasidagi mavjud ekologik vaziyat, iqlim o‘zgarishlari hamda tabiiy suv zahiralarining yetishmasligi – dunyo miqyosida sanoat chiqindi suvlarini tozalash hamda ulardan takroran foydalanish muammosini hal qilishni taqozo etmoqda.

Adabiyotlar:
1. D.Muhiddinov, E.Matjanov "Issiqlik elektr stansiyalarining turbinali qurilmalari"
2. Шляхин Н.П Паровые и газовые турбины. – М.: «Госэ-нергоиздат» 1986.
3. Шегляев А.В Паровые турбины. – М.: «Госэнергоиздат» 1985.
Yüklə 129,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin