Kirish: baliqlarning anatomik va morfologik tuzilishi


Baliqchilik va baliqchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 29,38 Kb.
səhifə3/3
tarix27.01.2023
ölçüsü29,38 Kb.
#81094
1   2   3
IXTIOLOGIYA MUSTAQIL ISH 2022

Baliqchilik va baliqchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

Baliqchilik — xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar)ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. Baliqchiliktabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sunʼiy hovuz baliqchiligiga boʻlinadi. Baliqchilikda suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sunʼiy urchitiladi, baliqpar tuxum qoʻyadigan va yosh baliqchalar oʻsadigan joylarda tegishli sharoit yaratiladi; baliqlarning tuxum qoʻyadigan joylari tozalanadi, daryo toʻgʻonlariga baliq yoʻli yasaladi, sunʼiy tuxum qoʻyish joylari tayyorlanadi. Tabiiy suv havzalarida baliqlarni sunʼiy urchitish, ovlanadigan baliqlar miqdorini koʻpaytirish yoki ularni yangi zot baliqlar bilan almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus baliq zavodlari quriladi. Baliq oʻstirish maqsadida suv omborlaridan foydalanish, boshqa zot baliqlarni mazkur joyga olib kelib iqlimlashtirish ham Baliqchilikning asosiy vazifasidir. Buning uchun suv omborlari baliq ovlashga xalaqit beradigan buta va maxsus oʻtlardan tozalanadi, yosh baliqchalarni koʻpaytirish uchun baliqchilik pitomnigi quriladi. Baliqlar maxsus hovuzlarda ham oʻstiriladi. Bunday hovuzlarda baliqni urchitish, boqishdan tortib uni isteʼmol qilinadigan darajaga yetkazguncha boʻlgan jarayonlar amalga oshiriladi. OʻzRning daryo va koʻllarida 106 turdagi baliqlar mavjud (zogʻora baliq, doʻngpeshona, sudak, okcha, tobonbaliq, ilonbosh, choʻrtan, laqqa baliq, qizilkoʻz va boshqalar). Oʻzbekistonda Baliqchilikni sanoat asosida rivojlantirish 1937-yildan boshlangan. Oʻsha yili Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida "Toshkent baliq chavoqlari xoʻjaligi" tashkil etildi. Keyinchalik bu xoʻjalik baliq chavoqlarini baliq xoʻjaliklari va tabiiy suv havzalari uchun ham yetkazib bera boshladi. 1946-yil Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi Kengashi huzurida Baliqchilik xoʻjaligi bosh boshqarmasi tashkil etildi. 1946-yildan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida baliq yetishtirishga moʻljallangan Damachi hovuz baliqchilik xoʻjaligi tashkil etildi va ishga tushirildi.


1960-yillargacha baliq mahsuloti asosan, Orol dengizi, dengiz yaqinidagi koʻllar va Sirdaryo hamda Amudaryodan ovlanar edi (yiliga oʻrtacha 25 — 28 ming t). Respublikada faqatgina karp baligʻi yetishtirilar va hovuzlardan olinadigan hosil 15 — 18 s.ga dan oshmas edi. 1961-yilda Xitoydan keltirib, iqlimlashtirilgan oʻsimlikxoʻr baliqlardan oq doʻngpeshona, oq amur, targʻil doʻngpeshona turlari bu yer sharoitiga tez moslashib, keyinchalik baliq yetishtirishning keskin rivojlanishiga zamin yaratdi. Hozirgi davrda respublika baliqchilik xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan baliqlarning 60— 70% oʻsimlikxoʻr. Oʻsimlikxoʻr oq amurdan kanal va kollektorlarni oʻtlardan tozalashda biologik meliorator sifatida foydalaniladi. Oʻsimlikxoʻr baliq turlari Sirdaryo va Amudaryoda ham tabiiy urchib, koʻpaymoqda (ayrim doʻngpeshona baliqlarning ogʻirligi 80 kg gacha boradi). Respublikadagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda maʼlum ahamiyatga ega. Har yili Toʻdakoʻl suv omboridan 500, Chimqoʻrgʻon va Jizzax suv omborlaridan 70—100 t gacha baliq ovlanadi. Hozirgi "Oʻzbaliq" korporatsiyasi tizimida 8 birlashma (Quyi Chirchiq "Baliqchi" tajriba-namunaviy baliqchilik birlashmasi, Moʻynoq, Xorazm va Jizzax baliqchilik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston baliqchilik xoʻjaliklari birlashmasi va boshqalar), 7 kombinat (Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Damachi va Navoiy baliqchilik kombinatlari), 10 baliqchilik xoʻjaligi: Andijon, Namangan, Fargʻona, Beshariq, Gulbogʻ (Namangan viloyati), Yangiyer (Sirdaryo viloyati), Kogon (Buxoro viloyati), Forish (Jizzax viloyati), Uzun (Surxondaryo viloyati) xoʻjaliklari, shuningdek Toshkent xonbaliq (Boʻstonliq tumani) xoʻjaligi, Xorazm viloyatida Toʻrtkoʻl fermer xoʻjaligi, baliq chavoqpari yetishtirish davlat xoʻjaligi (Yangiyoʻl), Ixtiopatologiya markazi (Toshkent), Chinoz baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo omborxonalari va boshqa bor (1999). OʻzRda umumiy maydoni 12 ming ga boʻlgan sunʼiy koʻl va hovuzlarda 22 ming t. tovar baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari bor. Yetishtiriladigan baliq turlarini koʻpaytirish, sharoitga mos turlarini olib kelib, iqlimlashtirishda "Oʻzbaliq" korporatsiyasining Suv havzalari jonivorlarini oʻrganish instituti ("Akvakultura") xoʻjaliklarga yaqindan yordam beradi(yana q. Baliqlar)
Baliq go‘shti tarkibida 11 to‘yimli moddalar mavjud bo‘lgan holda ularning odam organizmida hazm bo‘lish darajasi yuqoridir. Baliq go‘shti va ayniqsa, yog‘i «D» vitaminiga o‘ta boy bo‘lib, uni yetarli darajada iste’mol qilish moddalar almashinuvini me’yorida saqlab turadi. Ayniqsa, yosh bolalarda kech kuz va qish oylarida quyosh kam bo‘lganda kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Insoniyatga rizq qilib bergan ne’matlardan biri shubhasiz baliqdir. Baliq go‘shti inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Baliq va baliq mahsulotlari kimyoviy tarkibi sifat jihatidan qishloq xo‘jaligi hayvonlari go‘shtidan qolishmaydi. Ammo hazm bo‘lish jihatidan ancha yuqori turadi. Respublikamiz aholisining oziq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda uning miqdor ko‘rsatkichi emas, balki inson salomatligini yaxshilashda, tarkibida vitaminlarning mavjudligi sifat ko‘rsatkichi yuqori ekanligi muhim ahamiyatga egadir. Yangi baliq go‘shtida 15—22 foiz oqsil, 0,2 dan 30,8 foizgacha yog‘, oz miqdorda uglevodlar mavjud. Baliq sanoati — baliq, umurtqasiz dengiz hayvonlarini ovlaydigan va qayta ishlaydigan sanoat tarmog‘idir. Ular oziq-ovqat sanoatining bir tarmog‘i sifatida baliq sanoati texnik jihatidan qayta ta’mirlanib, rivojlantirildi. Aholining arzon va sifatli baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish xususiy mulkchilikka asoslangan baliqchilik xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bevosita bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, sun’iy hovuzlar samaradorligini oshirish, tabiiy suv havzalarida baliq zaxiralarini ko‘paytirish, mustahkam oziqa bazasini yaratish, ularga xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash, mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish hisobiga mahsulot olish va daromad miqdorini oshirishni taqozo qiladi. Baliq sanoatida baliq moyi va baliq uni hamda boshqa sohalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dori-darmonlar ishlab chiqarilmoqda. 12 Baliq moyi — bu treska, olabug‘a, qalqonbaliq, tunes baliqlari jigaridan olinadigan moy. U sarg‘ish va tiniq suyuqlik bo‘lib, baliq hidi va mazasi bor. Baliq moyida odam, hayvon va parrandalar uchun zarur biologik faol moddalar, masalan, xolesterin, A va D vitaminlari yod bor. Raxit, osteomalatsiya, sil, shabko‘rlikning oldini olish va davolashda, suyak singanda bitishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Baliq uni — baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy bo‘lib, qishloq xo‘jaligi hayvonlariga beriladi. Qarkibida 50—55 % oqsil, 10—20 % yog‘, 30 % gacha kalsiy fosfat, 5 % gacha osh tuzi bor. Baliq unini hayvon organizmi juda yengil hazm qiladi. Shuning uchun, birinchi navbatda, yosh hayvonlarga, ayniqsa, jo‘jalarga ularning kunlik yemining 10 % miqdorida beriladi. Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, asosan, qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-yanvar 2009-yildagi PQ-1047-sonli «Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Qarorda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va ulgurji sotish bo‘yicha hududiy ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish va qayta ishlash korxonalari, agrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, oziq-ovqat (dehqon) bozorlari, tijorat banklari, transport tashkilotlari hamda bozor infratuzilmasining boshqa korxonalari mazkur korxonalarning muassislari bo‘lishlari mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Amaliyot tajribalari ko‘rsatishicha, kelajakda baliqni birlamchi qayta ishlash hisobiga yarimtayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, chiqitlardan (bosh qismi, ichki organlar) baliq yog‘i va uni 13 olishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq. Bunda baliq mahsulotlarini sotish, tashish va saqlash osonlashadi. Shu bilan birga yarimtayyor mahsulot ishlab chiqarish orqali iste’molchilarning baliq tozalash ishlaridan ozod bo‘lishi, baliq mahsulotlari iste’molini rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, sifatli omuxta yem ishlab chiqarish uchun baliq uni hamda tibbiyot va oziq-ovqat sanoati uchun baliq yog‘i ishlab chiqarish bilan bir qatorda mahsulot assortimenti ko‘payadi. Ayniqsa, qayta ishlashni mintaqalar bo‘yicha tashkil qilish tabiiy suv havzalaridan baliq ovlovchi korxonalar uchun katta qulayliklar yaratadi. Shu naqtayi nazardan olganda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida, birinchidan, baliqchilik xo‘jaliklarida yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik sexlar va qayta ishlash korxonalarini tashkil qilish bilan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish hamda hududlararo baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha yagona maqsadli ishlab chiqarish kooperatsiyalarini tashkil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Orol dengizida baliq ovchiligi bundan 100 yillarcha ilgari boshlangan edi. Bu dengizning ixtiofaunasi xiyla kam bo‘lsa ham, unda ovlanadigan baliqlarning bir qancha turi yashaydi. Ularning orasida osyotrsimonlardan bakra, karpsimonlardan oq chebak, zog‘orabaliq, qizilko‘z, jumurbaliq, so‘g‘yon, tarashabaliq, tovonbaliq, qizilqanot, oq marka va cho‘rtan kabi baliqlar bor. Bulardan oq marka, zog‘orabaliq, qizilko‘z, jumurbaliq ko‘proq ovlanadi. Orol dengizining dudlangan oq chebagi mamlakatimizda eng tansiq baliq mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Orol dengizida mahalliy baliqlardan tashqari iqlimga moslashtirilgan salaka ham ovlanadi. Bu baliq Orolning ekologik sharoitlariga ko‘nikib, ko‘payib ketmoqda. Eng qimmatbaho baliqlardan bo‘lmish bakra, so‘g‘yon uzoq yillar davomida beayov ovlangani sababli o‘tgan asrning oxirlaridayoq ancha kamayib qolgan edi. Amudaryo va Sirdaryo suvining ozayishi natijasida Orol dengizi borgan sari sayozlashyapti, tuzi ko‘payib, qirg‘oq atrofidagi suv o‘simliklari yo‘qolib ketmoqda. Ekologik sharoitdagi bu o‘zgarish ham bakra, so‘g‘yon va boshqa 14 ko‘plab baliqlar sonini ancha kamaytirib yubordi. Agar yaqin orada dengizni suv bilan to‘ldirish choralari ko‘rilmasa, uning suvi yanada sho‘rlanib, hayot uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. O‘rta Osiyoning daryolari, soy, jilg‘a, kanal va suv omborlaridan ham turli-tuman baliqlar ovlanadi. Bu havzalarda bakradan tortib to unchalik qiymati bo‘lmagan tarashabaliqqacha tutiladi. O‘rta Osiyo tog‘laridagi suv havzalarining baliqchilikdagi roli uncha katta emas. Bu havzalardan qorabaliq, soxta ko‘kcha, gulmohi, ko‘kcha kabilar ming sentnerlab ovlanadi. Lekin bu baliqlarning sanoatda ahamiyati yo‘q, ularni baliq ovi ishqibozlarigina tutishadi. Jizzax viloyatida tashkil qilingan «Fora Seafood» O‘zbekistonQurkiya qo‘shma korxonasi tomonidan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq ovlovchi barcha ijara korxonalari tomonidan ovlangan sudak baliqlari yig‘ib olinib, birlamchi qayta ishlanib, eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan. Natijada har yili 1 mln AQSH dollari atrofida baliq mahsulotlari eksport qilishga erishilmoqda. Agar baliq ovlash korxonalari alohida holda faoliyat olib borganida, mahsulotni eksport qilish imkoniyati yuzaga kelmagan bo‘lar edi. Barcha viloyatlarda bunday yo‘nalishda rivojlanish imkoniyatlari mavjud. Haqiqatan ham mahsulotni qayerga, qanchadan sotishni bilish imkoniyatiga ega bo‘lgan baliqchilarning mahsulot ishlab chiqarish darajasini yanada oshirish, qayta ishlash korxonalarining esa to‘la quvvat bilan ishlab, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berish, mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirishni taklif qilayotgan ishlab chiqarish kooperatsiyalari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbir iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatimiz aholisini baliq mahsulotlari bilan ta’minlash va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishdagi dastlabki qadamlar bo‘lib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Zohidov Ò.E. Zoologiya ensiklopediyasi (baliqlar va tuban xordalilar). — Ò., «Fan» nashriyoti, 1979...


2. Xaqberdiyev P.S., Davlatov R.B. Baliqlarni oziqlantirish, ularning kasalliklarini davolash va oldini olish. — Samarqand, 2012.
3. Kamilov B.G., Qurbonov R.B. Baliqchilik (O‘zbekistonda karp baliqlarini ko‘paytirish). — Ò., 2009.
4. Shohimardonov D.R. Mintaqalarda baliqchilikni rivojlantirish. — Ò., 2001.
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_milliy_ensiklopediyasi
Yüklə 29,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin