Kirish bob psixologik xizmatni tashkil etishning



Yüklə 68,59 Kb.
səhifə1/13
tarix10.07.2023
ölçüsü68,59 Kb.
#136232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
16 mavzu


Mundarija:
KIRISH………………………………………………………………………….….3
1-BOB PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING
ASOSIY MAQSADLARI
1.1. Psixologik xizmatning tuzilishi……………………….......……………………5
1.2. Psixologik xizmatni boshqarish………………………………………………..8
2-BOB PSIXOKORREKSON DASTURLAR KLASSIFIKATSIYASI.
2.1. Psixokorrekson tadbirlarning mazmunini klassifikatsiyasi……...……………13
2.2. Korreksion psixologiya turlari ……………………………………...……….16
XULOSA…………………………………………………………………...……..29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….…………31

KIRISH
Umuman, psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar manbai bo‘lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo‘lmish hindiston, Xitoy, Mirs, Vavilon, O‘rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) xaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz) ta’limotining asoschilari Galen, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdagi o‘ziga xos psixologik salohiyatning ne chog‘lik to‘la-to‘kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma’naviy taraqqiyot yo‘liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bosdan bo‘lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan va rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o‘z fuqarolarining ma’naviy va intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo‘llarini izlashga jiddiy e’tiborni qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan,har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik Markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi farmoyishi orqali qat’iy ta’kidlanganidek, bugungi kunda "odamlarning o‘zliklarini chuqur anglashini, musta qillikning qadrini tobora teran tushunishni, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg‘onishini ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizningasosiy maqsadiga aylanishi lozim.
Prezidentimiz o‘zining O‘zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo‘lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o‘zaro ajralmas, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Shuningdek, Prezident I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo‘llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo‘llarini izlashga da’vat etadi.


Yüklə 68,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin