Psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar: Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: - korreksion ishning aniq maqsadini belgilash.
- korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash. - Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash)
- Metodika va texnikani ishlab chiqish.
- Korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash.
- Uchrashuv kunlarini belgilab olish.
- Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat)
- Korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun moxiyatini belgilab olish.
-Korreksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash.
- Korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini belgilash.
Korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi. Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baxolash quyidagicha mezonda aniqlanadi:
A) rivojlanishdagi qiyinchilikning yechilishi barxam topishi.
B) maqsad va vazifalarning belgilanishi korreksion effektivligi o‘zoq muddatdan so‘ng ish davom etayotganda, oxirida aniqlanadi.
Korreksion dastur muammoning butunlay hal bo‘lishini oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning yo‘qolishi va yechilishiga xar tomondan baho berilayotganiga ham qaraladi.
Masalan: mijoz uchun dasturda ishtirok etayotgan vaktda uning emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan belgilanadi. Psixolog uchun korreksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni his etishi oldiga qo‘yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi.
Mijozning yaqinlari uchun esa, mijozda paydo bo‘lgan muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korreksion dasturlarning ijobiy ta’sir doirasi uning intensivligidadir.
Korreksion mashg‘ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o‘yinning ma’no jihatdan o‘ylanganligi bilan ham bog‘liq. Mashg‘ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha mijozning taraqqiy etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo‘qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba uchrashi lozim.
Korreksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa shuncha tez samara beradi. Psixokorreksiyalarni samaraliligini aniqlovchi omillar.
1. Mijozning kutgan natijasi.
2. Mijozni mavjud bo‘lgan muammolaridan xalos bo‘lishi.
3. Mijoz muammosining xarakteri.
4. Mijozning birgalikdagi faoliyatga tayyorgarligi.
5. Korreksion tadbirni o‘tkazayotgan psixologning kutgan natijasi.
6. Psixologning shaxsiy va professional tayyorligi.
7. Psixokorreksiyaning samarasi konkret metod va ta’sir etuvchi xususiyatdan aniqlanadi.
Psixokorreksion yordamning samaraliligiga baho berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu psixologning ta’sir eta olishi va korreksion ishning sifatliligidandir.
- Ishning samaraliligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur. Korreksion ishda ma’lum bir metodni oldindan tanlash qiyin, chunki ish faoliyatida psixologlar turli metodlardan foydalanadilar.
- Hatto bir metod har xil mutaxassisda har xil natija beradi
. - Ishning bahosini bu metoddan xabari bo‘lmagan ekspert berishi zarur.
- Psixologning tarbiyaviy-ta’limiy sifatini hisobga olish kerak.
- Psixologning kasbiga bo‘lgan qiziqishini hisobga olish zarur.
- Guruhiy korreksion ishda psixologning professional bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
- Psixokorreksion ishlarda mijoz psixologik ta’siridan so‘ng quyidagilarga qarab baholanadi:
- Ichki kechinmalarining sub’ektiv mohiyatining o‘zgarganligi.
- Ta’sir etgandan so‘ng mijozning ijobiy tomonga o‘zgarishi.
- Psixologik ta’sirning samarasini belgilashda psixofiziologik metodlar ishlatish mumkin.
Ular insonning vegetativ-somatik fiziologik va psixik funksiyalarini baholaydi. Psixokorreksion ta’sirning samaraliligi kriteriysi xar bir shaxsdagi salbiy o‘zgarishlarni aynan uni o‘ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorreksion metodlar ta’siri shu o‘zgarishlarga karatilganligini hisobga olish bilan bog‘liqdir.
Psixologlar oldida turgan muammolar Bugungi kunda psixologlar oldida turgan muammolardan biri.
– Bu yoshlarga Internetning salbiy ta’siridir. Albatta bugungi axborot asrida yashayotgan bolalar hamma narsaga qiziqish bilan qaraydilar, hamma yangi narsani qilib ko‘rishga harakat qiladilar. Bolalarda taqlid qilish ishtiyoqi kuchli bo‘lgani uchun ular Internetda o‘tirib, kompyuterda jangari va qo‘rqinchi kinofilmlar ko‘rishga qiziqadilar. Internetning yoshlar dunyoqarashiga va ruhiyotiga ta’siri juda katta. Internet vaqtni tejaydi, ya’ni yoshlar adabiyot qidirib sarson bo‘lmaydilar, Internet dunyoqarashni kengaytirishi mumkin.
Ammo Internetning salbiy ta’siri ko‘proq. Masalan, Internetdan ayrim yoshlar faqat bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish uchungina foydalanadilar. Masalan, voyaga yetmagan o‘smirlar Internet orqali yoshiga mos kelmaydigan qo‘rqinchli kinolarni ko‘rishlari orqali ularda salbiy xarakter xislatlari shakllanadi, jumladan, bemehrlik, shafqatsizlik, o‘ch olish, keskirlik, uyatsizlik, betgachoparlik kabilar. Bolalarning Internetda ko‘p o‘tirishlari ular diqqatining parishonligi, nutqining buzilishi, ya’ni turli xil bema’ni so‘zlarni ishlatishlari, fantaziyalarining buzilishi, irodasining kuchsiz bo‘lib shakllanishiga olib keladi. Bugungi kunda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qiziqishlarining pasayib ketishiga, maktabga bormasdan vaqtlarini Internet oldida o‘tkazishlari sabab bo‘lmoqda.