Korreksion psixologiyaning asosiy yo’nalishlari pedagogik amaliyotning talab darajasidan kelib chikkan xolda shakllanmokda. Shu sababli xam uning yo’nalishlarini, bu yo’nalishlarning moxiyatini psixologik korreksiyada pedagogik amaliyotning soxalarida kullanilishini kursatmasdan turib tulik ochib berib bulmaydi. Biz kuyida Korreksion psixologiya kullanilishi juda katta amaliy axamiyatga ega bulgan soxalardan biri nechtasini shartli ravishda (xayotda esa ular umumiy, bitta pedagogik jarayonning ajralmas kismlaridir) ajratib oldik.Ular kuyidagilar:
1. Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
2. Boshkarish va amaliyot.
3. Psixologik metodikalar.
4. Ijtimoiy psixologiya.
5. Pedagogik psixologiya.
6. Pedagogik sotsiologiya.
Bu sohalarning asosiy vazifalari, pedagogik va psixologik adabiyotlarda, ukuv kullanmalarida juda keng yoritilganligini xisobga olib ularga batafsil tuxtalib utmaymiz. Yuqorida keltirilgan xar bir soxada psixolog yoki shu soxalarga kizikuvchi mutaxassislar ma’lum diagnostik ishlarni amalga oshiradilar. Mana shu ishlar majmuasi korreksion psixologiyaning yo’nalishlarini tashkil kiladi. Xar bir soxada uziga xos diagnostik ishlar olib boriladi va bu ishlarning mazmuni Korreksion psixologiyaning yo’nalishlarini tashkil qiladi.
Psixologik xizmatning mazkur yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir utkazishni taqozo kiladi. Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mezonga asoslanib tashkil kilishdan iborat bulib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, o’quvchilar, talabalar) psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi konuniyatlarini amaliyotga tatbik etish, o’qituvchilar jamoasiga bolalar, o’quvchilar va talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o’qituvchilarga korreksion (tuzatish) ishlarini amalga oshirishda kursatmalar berish.