Kirish bob psixologik xizmatni tashkil etishning


-BOB PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY MAQSADLARI



Yüklə 68,59 Kb.
səhifə2/13
tarix10.07.2023
ölçüsü68,59 Kb.
#136232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
16 mavzu

1-BOB PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY MAQSADLARI
1.1. Psixologik xizmatning tuzilishi.

Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini kuidagicha kursatish mumkin


A) psixologik madaniy-okartuv ishlari
B) psixoprofilaktika
V)psixodiagnostika
G)psixik rivojlantirish va Korreksion psixologiya
D)psixologik maslaxatlar
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi tadkikot ishlari, amaliy ishlar va tashfikot ishlaridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi.
Ilmiy tadqiqot vazifalari -o’quvchilar shaxsini shakllantirishning muxim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini, o’quvchilar bilan o’qituvchilar, maktab psixologlari bilan o’quvchilar va o’qituvchilar urtasidagi uzaro ta’sirini xamda maktab psixologining etikasini uz ichiga oladi.
Amaliy vazifalar-psixologik tadkikotning natijalarini amalda kullab bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini aniklash, o’quvchilarning ukish faoliyatini osonlashtirish, o’quvchi shaxsini xar tomonlama kamol toptirish, o’quvchilarning kobiliyat va mayllarini aniklash va rivojlantirish, talabalar bilan kasb-xunarga oid suxbat, maslaxat ishlarini olib borish, tarbiyasi kiyin bolalar bilan turli xildagi ish olib borish kabi asosiy vazifalarni xal kilishdan iboratdir.
Tashfikot ishlari- psixologik bilimlarni, psixologik ta’limni tashfik kilib o’quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ota onalar uchun seminarlar, ma’ruzalar va suxbatlar uyushtirish, anjuman telekursatuv va radioda chikish, yakkama yakka maslaxatlar tashkil etish, mulokot treninglarini uyushtirishdan iboratdir.
Psixologik xizmatning uchala vazifasi uzaro boglik ularni birgalikda olib borilishi maksadga muvofik.
Maktabdagi psixologik xizmat Uzbekiston Respublikasi Xalk Ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilib kuyidagi tartib va darajaga egadir:

  1. Yukori daraja – psixologik xizmat vazifalarini aniklash, uning xujjatlarini tartibga keltirish, Respublika xalk ta’limi vazirligi koshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yukori malakali psixologlar (pedagogika institutlari va universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga oshiriladi.

  2. Urta daraja- mazkur xujjatlar tomonidan xali xisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda xal etish psixologik mutaxassislar (xalk ta’limi vazirligi koshidagi maktab psixologik xizmat markazi) tomonidan amalga oshiriladi.

  3. Asosiy ommaviy daraja – psixologik xizmatning kundalik vazifalarini ( maktabdagi psixologik xizmat xakidagi konun va koidalarga binoan) psixologik jixatdan tugri xal kilish. Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologlari) viloyat xalk ta’limi boshkarmasi koshidagi psixologik xizmat bulimlari, noxiya, shaxar xalk ta’limi bulimlari koshidagi psixologik xizmat (bulimlari) xonalari maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, xunar texnika bilim yurtlari amaliyotchi psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.


Yüklə 68,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin