Kirish fanni o’qitish maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad


Jadid ma’rifatparvarligi va o’zbek bolalar adabiyoti inkishofi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/6
tarix26.01.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#80983
1   2   3   4   5   6
Kirish fanni o’qitish maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan ma

Jadid ma’rifatparvarligi va o’zbek bolalar adabiyoti inkishofi. Milliy uyg`onish harakati va o’zbek bolalar adabiyoti. O’zbek bolalar adabiyotining paydo bo’lishida jadid ma’rifatparvarlari o’tagan tarixiy xizmat. 20-yillar o’zbek bolalar adabiyotining o’ziga xos ko’rinishlari, namunalari, adabiy tur va janriy tizimi.
Abdulla Avloniy – bolalar shoiri. A.Avloniy XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatining namoyandasi va “usuli jadidiya” maktablarining asoschisi sifatida. Pedagogik risolalarining mazmun-mundarijasi. Shoirning bolalarga bag`ishlangan she’rlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Sadriddin Ayniy va o’zbek bolalar adabiyoti. Ayniy – bolalarning zullisonayn adibi va shoiri. Muallifning pedagogik risolalari va avtobiografik qissalari. “Esdaliklar” asarining yaratilish tarixi, mazmun-mundarijasi.
Hamza va o’zbek bolalar adabiyoti. Adibning maorif, ta’lim-tarbiya haqidagi g`oyalari. Hamzaning aqliy va axloqiy tarbiya, oila muhitida bola tarbiyasi to’g`risidagi qarashlari. Shoir she’rlarining g`oyaviy-badiiy ahamiyati.
O’zbek bolalar adabiyoti shakllanish va taraqqiyot yo’lida. O’zbek bolalar adabiyotining 1920-30-yillardagi tadriji. Ijtimoiy hayot. Professional bolalar adabiyotining ayrim tamoyillari. Bolalar uchun ijod qilish an’anasi. Elbek – bolalikka jonini fido etgan shoir, nosir va islohotchi muallim.
G`afur G`ulom bolalar shoiri va nosiri.
G`afur G`ulomning o’zbek bolalar adabiyotiga qo’shgan hissasi. “Bilib qo’yki seni Vatan kutadi”, “Oltin medal”, “O’ylashni o’rganamiz”, “Sen etim emassan” she’rlarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi. G`afur G`ulom bolalar nosiri sifatida. “Shum bola”, “Yodgor” qissalarining syujeti va badiiy-kompozistion xususiyatlari.
Hamid Olimjon – bolalar shoiri. Shoirning bolalarga bag`ishlangan “Bolalik”, “Hulkarning she’ri”, “Samolyot”, “Lola”, “Vatan” singari she’rlarining o’ziga xos xususiyatlari. Adabiy ertak yo’lidagi izlanishlar. “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg`” ertaklarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin