|
|
səhifə | 4/6 | tarix | 26.01.2023 | ölçüsü | 0,49 Mb. | | #80983 |
| Kirish fanni o’qitish maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan ma
Oybek – bolalar adibi. Oybekning bolalarga bag`ishlangan she’rlari va dostonlarida bolalik dunyosining aks etishi. Tarixiy-biografik xarakterdagi “Alisherning yoshligi”, tarixiy-avtobiografik xarakterdagi “Bolalik” qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi.
Quddus Muhammadiy – bolalarning sevimli shoiri. Quddus Muhammadiy ijodida bolalar olamining rang-barang jilolari. Shoir she’rlarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi. She’riy-adabiy ertak va dostonchiligi an’analari.
Sh.Sa’dulla – bolalik kuychisi. Shoir she’rlarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi. “Yoriltosh”, “Gulxan” pesalari xususida. “No’xatpolvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq” adabiy ertaklarining syujeti va badiiy-kompozistion xususiyatlari. Shukur Sa’dullaning o’zbek bolalar nasri taraqqiyotiga qo’shgan hissasi. “Komandirning boshidan kechirganlari”, “Kachal polvon”, “Aziz qishlog`im” qissalari xususida.
Sulton Jo’ra – o’smirlar kuychisi. Shoir she’rlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari. “Oy nechta”, “Lola”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Sog`inchli salom” kabi she’rlarida bolalar olamining ifodasi. “Yolg`onchi” dostoni, “Zangori gilam” ertaklarining syujeti va kompozistion xususiyatlari.
Mirkarim Osim – bolalarning tarixnavis adibi. Mirkarim Osimning o’zbek bolalar tarixiy nasri taraqqiyotga qo’shgan hissasi. Tarixiy biografik xarakterdagi “Jayhun ustida bulutlar”, “Zulmat ichra nur”, “Yulduzlar sayri” qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi. “Shiroq”, “To’maris” singari tarixiy hikoyalarida ajdodlarimiz qahramonliklarining aks etishi.
Xudoyberdi To’xtaboev – zabardast romannavis adib. Xudoyberdi To’xtaboevning o’zbek bolalar romanchiligi taraqqiyotiga qo’shgan hissasi. “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi” romanlarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi.
Hojiakbar Shayxov – fantast-adib. Hojiakbar Shayxovning o’zbek fantastikasi taraqqiyotiga qo’shgan hissasi. Fantastik hikoyachilikdagi izlanishlari. “Darxon qo’shig`i”, “Favqulodda safar” hikoyalar fan-texnika yutuqlarining badiiy aks etishi. Fantastik qissada gipoteza va obraz. “Olmos jilosi”, “Ajdodlar xotirasi”, “Samo mehvaridagi namoyish” qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi. H.Shayxov – o’zbek fantastik romanchiligining asoschisi. “Telba dunyo”, “Tutash olamlar” romanlarida ertakona va tasavvufona ruh ifodasi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|