II.2. AQSH va Yevropa davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlar o’natilishi 1939-yildan 1945-yilgacha davom etgan urushda dunyo aholisi soni 75 millionga kamaygan. G’alaba natijasida salkam 3,5 million odam natsistlar konsentratsion lagerlaridan ozod bo’ldi. Qo’shma Shtatlar Yaponiya hujumiga uchraganidan so’ng 1941-yil oxirida urushga kiradi.Natsizmga qarshi kurash Amerika, Britaniya va Sovet Ittifoqi kabi mafkuraviy raqib davlatlarni birlashtiradi. “Ular koalitsiya qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatgan”, - deydi tarixchi Konrad Kreyn. Urushdan keyin G’arbiy Yevropaning qayta oyoqqa turishida AQShning Marshall rejasi deb nomlangan iqtisodiy yordam dasturi katta rol o’ynaydi. “Yevropaliklarning yolg’iz o’zi buni uddalay olmasdi”, - deydi Milken institutidan iqtisodchi Kevin Klauden. Urushdan so’ng Yevropa xaritasi o’zgardi, boshqa mintaqalardagi mustamlakalar mustaqillikka erishdi. AQSh xalqaro institutlarni yaratishga katta hissa qo’shdi. “Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon Banki kabi tashkilotlarning paydo bo’lishida, dunyo iqtisodiyotining AQSh dollariga bog’lanishida Amerikaning xizmatlari katta”, - deydi Kreyn.Urushdan so’ng Buyuk Britaniyaning yulduzi so’nib, Qo’shma Shtatlar dunyoda yetakchi davlat mavqesini qo’lga kiritdi; Sovet Ittifoqi bilan global hukmronlik uchun raqobat boshlandi – 1991-yilgacha dunyo ikki qutbga bo’lindiBugun Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan Qizil Armiya askarlari xotirasiga Berlinning Tirgarten rayonida 1945-yilda o’rnatilgan boshqa bir yodgorlik poyiga Berlin burgomistri Maykl Myuller gulchambar qo’ydi. Berlin uchun janglarda qatnashgan 80 ming sovet askaridan 7000 nafari halok bo’lgan. Shu bugunoq Germaniya kansleri Angela Merkel, prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Bundestag rahbari va boshqa yuqori darajali rasmiylar poytaxtdagi yana bir yodgorlik poyiga gulchambar qo’yib, urush qurbonlarini xotirladi. Xotira marosimi Parijda ham o’tkazildi. Mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron urush paytida Fransiya muvaqqat hukumatini boshqargan general Sharl de Gol haykali, so’ng Zafar arki ostidagi Noma’lum askar qabrini ziyorat qildi. Unga sobiq prezidentlar Nikolya Sarkozi va Fransua Olland hamrohlik qildi.Fransiya urushda 212 ming odam yo’qotgan. Londonda ham Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirlandi. Mahalliy vaqt bilan 11:00 da mamlakat ikki daqiqa sukut saqlagan. Qirolicha Yelizavetaning o’g’li, Uels shahzodasi Charlz va uning radiqasi Kamilla Shotlandiyaning Edinburg shahridagi xotira memorialida, Bosh vazir Boris Jonson esa o’z idorasida urushda halok bo’lgan salkam 450 ming vatandoshini xotirladi.8 Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o‘ynab keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o'zgardi. Endi birinchilik AQSH ga o‘tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o‘mi alohida 3 yo‘nalishdabajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G ‘arbning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo'stlik mamlakatlari boshlig‘i edi. Buyuk Britaniya birdaniga AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo‘q. AQSH — SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o'matish AQSH uchun ham zamr edi. 1945-yilda ingliz-amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd. dollar qarz beradigan bo‘ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqei kuchaydi.
Tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo‘yidi. Ulaming birinchisi Fransiyaning buyukligini tiklash, ikkinchisi — mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va, nihoyat, uchinchisi — AQSH ning Yevropadagi ta'sirini mumkin qadar bo‘shashtirish edi. De Goll 1960-yilda Fransiyani yadroviy davlatga aylantirish orqali uning mudofaa qudratini oshirdi. Ayni paytda mustamlakalarga mustaqillik berish yo‘lidan bordi. 1960-yilda Afrikadagi mustamlakalarga siyosiy mustaqillik berildi. Bu qit’a xaritasida 14 ta yangi davlat vujudga keldi. De Goll Jazoirni bundan buyon itoatda tutib turish mumkin emasligini tushunib yetdi. Shuning uchun ham Jazoir Milliy Ozodlik fronti bilan muzokara boshladi. Uning bu yo‘li o‘ta mustamlakachi kuchlar qarshiligiga uchradi. Biroq Fransiya armiyasi De Gollga sodiq qoldi. Natijada armiyada isyon boshlashga urinish barbod bo‘ldi. 1962-yilning 18-martida Jazoirga mustaqillik berish haqida bitim imzolandi. De Goll AQSH ning Vetnamdagi agressiyasini qoraladi. 1966- yilda Fransiyani NATO ning harbiy tashkilotidan chiqardi. AQSH ning Fransiya hududidagi harbiy bazasini tugatishga erishdi. YEIH ga Buyuk Britaniyaning a’zo qilinishiga qarshi chiqdi. Chunki de Goll Buyuk Britaniyani Yevropada AQSH ta'sirini o‘tkazuvchi vosita, deb hisoblardi. GFR bilan yaqinlashish yo‘lini tutganning dushmani bo‘lib qolaverdi.
1950— 1964-yillar oralig‘ida jami milliy mahsulot 3 baravar ko‘paydi. GFR butun Germaniyaning urushdan oldingi darajasidan ko‘p mahsulot ishlab chiqardi. Eksportning importdan doimo yuqori bo‘lishi katta miqdorda valuta zaxirasi to‘plashga imkon berdi. Bu borada dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqdi. Flin, Tissen, Siteks va boshqalarning harbiysanoat konsernlari o‘z kapitallarini urush davridagiga nisbatan 3—4 baravar ko'paytirdilar. GFR iqtisodiyotidagi bu mislsiz o‘zgarishlar «german mo‘jizasi»deb nom oldi.9 Tashqi siyosatda Italiya birinchi navbatda G‘arb davlatlari integratsiyasini himoya qildi. 1949-yilning aprel oyida NATOga a’zo bo‘ldi. Bu bilan 1947-yilda imzolangan Parij tinchlik shartnomasi majburiyatlari o‘z kuchini yo‘qotdi. 1950-yilning 27-yanvarida AQSH bilan «Mudofaa maqsadlarida o‘zaro yordam to‘g‘risida» bitim imzolandi. Mamlakat hududida AQSH harbiy bazasi qurildi. GFR ning NATO ga qabul qilinishini qo‘llab quvvatladi.
1 Buxoro davlat universitedi darsligi UMK
2
3 M. Lafasov, U. Jo‘rayev “JAHON TARIXI” TOSHKENT «TURON-IQBOL» 2007
4Samarqand Davlat Universiteti Jahon Tarixi Kafedrasi «Eng Yangi Tarix» Fanining O’quv Uslubiy Majmuasi «Jahon Tarixi» Kafedrasi Mudiri Sh.Sh.Hamroqulova
7 Samarqand Davlat Universiteti Jahon Tarixi Kafedrasi «Eng Yangi Tarix» Fanining O’quv Uslubiy Majmuasi «Jahon tarixi» kafedrasi mudiri Sh.Sh.Hamroqulova
8 https// Amerika Ovozi
9 Moyli Lafasov, Usmon Jo'rayev “JAHON TARIXI,, «Turon-Iqbol» nashriyoti-200, 190-209-betlar