Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf- odatlarni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari



Yüklə 50,93 Kb.
səhifə1/9
tarix01.12.2023
ölçüsü50,93 Kb.
#170419
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA PEDAGOGIK JARAYONDA ANANAVIY VA NOANANAVIY USULLARNI QO’LLASH1111


MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA PEDAGOGIK JARAYONDA ANANAVIY VA NOANANAVIY USULLARNI QO’LLASH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY URF- ODATLARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI.

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf-odatlarni shakllantirish

    2. Milli urf- odatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY URF- ODATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VOSITALARI VA SHAKLLARIDAN FOYDALANISH.
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf- odatlarni shakllantirishning pedagogik vositalari
2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf -odatlarni tarkib toptirish shakllari
Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilga adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Mamlakatimizda qonunlar ustuvorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a`zolarini, birinchi marotaba o`sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruxda tarbiyalash g`oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan jamiyatimizning azosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat subyekti bo`lsa ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashuvchisidir. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595-son Qonunida ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak.
Milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik urf- odati zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o‘zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi.
Hozirgi davrda ma’naviyat masalasi mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasini egallab, kelajak tomon ahillik, birodarlik asosida boradi. Ma’naviyatimizni tiklash va rivojlantirishda milliy til va milliy madaniyat, milliy ong, milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy his-urf odat, milliy g‘urur va g‘ururni o‘stirish muhim o‘rinda turadi.
Milliy g‘urur - muayyan millatga mansublik va ushbu millat tomonidan jahon madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan millatga sadoqatli bo‘lish hissini tuyish va bu yo‘lda amaliy faoliyat ko‘rsatishdan iboratdir.
O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni o‘z ifodasini topgan. Bizning ozod O‘zbekiston dunyoda madaniyatning barcha sohalarida minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, allomalar, davlat arboblarini yetishtirib bergan. Ular umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda o‘zlarining
ulkan hissalarini qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-ma’naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Shu jumladan, birinchi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi”.
Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin egallaydi.
Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi.
Shu bois vatan-urf odatsi, vatanparvarlik hislari, milliy g‘urur, mustaqillik g‘oyasi hamda mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Yuqorida qayd etilayotgan bizning Kursni tugatish ishimizda milliy urf odatlarni targ‘ib etishning maqsadi, yosh avlodlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rni, masalasini tadqiqot obyekti qilib o‘rganishdan iborat.

Yüklə 50,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin