Kirish I bob. Mehnat bozori tuzilishining nazariy asoslari



Yüklə 277,68 Kb.
səhifə2/16
tarix07.01.2024
ölçüsü277,68 Kb.
#205347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Хужакулов Илхомбек

Tadqiqotning ob`ekti: Tadqiqotning ob`ekti sifatida mehnat bozorini tartibga solish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmui olingan.
Tadqiqotning predmeti: Tadqiqotning predmeti sifatida milliy iqtisodiyotdagi mehnat bozorining amal qilish mexanizmi tanlandi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Bitiruv malakaviy ishning maqsadiBozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining tuzilishini, uning sub`ektlarini va ularning asosiy funksiyalarini ochib berishga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash talablaridan kelib chiqqan xolda, mehnat bozori tushunchasiga takomillashgan ta`rif berish;

  • mehnat bozori funksiyalari va tarkibiy elementlarini yoritish va ularning ahamiyatini ochib berish;

  • mehnat bozorini tartibga solishning nazariy va huquqiy jihatlarini yoritish;

  • mehnat bozori rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlarini aniqlash;

  • shaxar va qishloq joylaridagi mehnat bozori va ularning tarkibiy tuzilmalarini qiyosiy tahlil etish;

  • viloyat mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga bo`lgan talabning muvozanatiga erishish yo`llari ko`rsatib beriladi;

  • yangi ish o`rinlarini yaratishning demografik, xududiy va ekologik omillarining mehnat bozori bilan bog`likligini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etish;

  • mehnat bozorini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish va unga asoslanib mehnat bozorining muqobil rivojlanish istiqbollarini belgilash;

  • mehnat bozorining amal qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqot natijalaridagi ilmiy yangiliklar quyidagilarda o`z aksini topgan:

  • “mehnat bozori” iqtisodiy kategoriyasiga takomillashgan mualliflik ta`rifi ishlab chiqilgan;

  • respublikamizda mehnat bozorini va uning infratuzilmasini rivojlantirishning viloyatga xos xususiyatlari aniqlangan; milliy iqtisodiyotda mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari chuqur taxlil etilgan;

  • aholining mehnatda bandligini oshirishdagi mehnat migratsiyasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o`rni aniqlangan; mehnat bozorining amal qilish mexanizmi samaradorligini oshirishga va mehnat bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.


Yüklə 277,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin