Kirish I bob. Mehnat bozori tuzilishining nazariy asoslari


Ishchi kuchini yollashdagi raqobat



Yüklə 277,68 Kb.
səhifə9/16
tarix07.01.2024
ölçüsü277,68 Kb.
#205347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Хужакулов Илхомбек

Ishchi kuchini yollashdagi raqobat. Ishchi kuchini yollashdagi raqobatni miqdor va sifat nuqtai nazaridan tadqiq qilish maqsadga muvofiq.
Ishchi kuchi taklifininng miqdori unga ehtiyojning talablariga to`liq mos kelmaydi. Shuning uchun mehnat bozori konyukturasini ifodalaydigan ikkita o`zro bog`langan guruhlardagi omillar va shart-sharoitlar holatini ta`riflovchi miqdor va sifat ko`rsatkichlarini ajratish zarur.
Birinchi guruhga quyudagilar kiradi; iqtisodiy infratuzilma, qurilish sanoati, shaxsiy yordamchi xo`jaliklar va uyda ishlovchilar mehnatining holati; ko`p ukladli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitlarida jamoa- shirkat, ijara, hissadorlik, xususiy, qo`shma va boshqa xo`jalilaning islohot qilinishi darajasi; tovarlar va xizmatlar, sarmoyalar, qimmatli qog`ozlar va ilmiy ishlanmalar bozorining shakllanishi darajasi; tabiiy boyliklarning mavjudligi va b.q
Ikkinchi guruhga esa quyidagilar kiradi; ma`lumot, malaka va kasbni egallanganlik darajasi; yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan shug`ullanuvchi o`quv yurtlarining holati; ish haqi va boshqa manbaalardan, ayniqsa shaxsiy yordamchi xo`jaliklardan olinadigan mehnat daromadlarinig darajasi; Ishsizning ijtimoiy va ruhiy holati; yollash bo`yicha ish taklif qiluvchi mehnat jamoasidagi ijtimoiy va ruhiy muhit; millatlararo munosabatlar va siyosiy ahvolning holati; milliy etnik an`analar va aholining mobilligi (safarbarligi) va boshqalar.
Mehnat bozori segmentlari. Mehnat bozori sig`imi va uning kontingentini o`rganish uchun segmentlarga bo`lish qo`llaniladi. Mehnat bozorini segmentlarga bo`lish- uni o`z chegaralari bilan xodimlar harakatini cheklaydigan barqaror alohidalangan segmentlarga (guruhlarga) ajratishdir. Odatada, sotuvchilar va xaridorlarni segmentlarga bo`lish ularni birlashtiruvchi belgilar, masalan, jug`rofiya joylashuvi, ijtimoiy demografik xususiyatlari (jinsi, yoshi), ma`lumot darajasi, malakasi, ish staji va hokazolarga qarab ro`y beradi.

1.2 Mehnat bozorini tartibga solishning nazariy-huquqiy asoslari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat aholini ish bilan ta`minlash, ishsizlikni bartaraf etish va mehnat bozorini tartibga solish bo`yicha izchil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib boradi. Chunki mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo`shilishning muhim manbasi bo`lib hisoblanadi.
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo`yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o`rtasidagi munosabatlar markaziy o`rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O`zbekiston
Respublikasining “Mehnat Kodeksi”, Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konventsiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konventsiyasida (54-bandida) ta`kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o`rtasida:
a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash;
b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
c) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi”.
Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo`llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo`ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma`muriy usullarga qiyoslab bo`lmaydi.
Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchisi uchun ancha foydalidir. Shaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga to`lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko`ra esa, bunday qilib bo`lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko`p hollarda mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarining kattagina qismidan mahrum etadi.
Mehnat munosabatlarini shaxsiy uslubda tartibga solish va bandlikning qayishqoq shakllarini joriy etish – mehnatkashlar kuchidan foydalanish (ekspluatatsiya xarakterida) kuchaytirish hamda doimiy ishlovchi shaxslar uchun ilgari mavjud bo`lgan ijtimoiy kafolatlardan voz kechilishidan tashqari yana bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to`liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo) bilan almashtirish qoida tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan.
Shu bois davlat ayniqsa, xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga o`tish sharoitlarida yollashning shaxsiy shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo`yicha ijtimoiy to`lovlarni ancha ko`paytirishga majbur bo`lib qoladi.
Bugungi kunda respublikamiz hududida aholining sezilarli qismi faqat mavsumiy yoki vaqtinchalik ish bilan ta`minlangan hisoblanadi. Bundan tashqari, respublikamiz aholisining ko`pligi tufayli mehnat resurslarining barchasini ish bilan ta`minlash anchayin mushkul masala hisoblanib, bunda davlatning chora tadbirlari va tadbirkorlikka yo`naltirilgan qo`llab-quvvatlovchi siyosati orqali yaratilgan ish o`rinlari ham barcha ishchi kuchi taklifini to`liq mehnat bilan qondirish uchun yetarli bo`lmayabdi.
Bularning barchasi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali hududiy usullarini, ularni mehnat resurslari ortiqcha va yetishmaydigan hududlarga bo`lgan holda, tadqiq etishni talab qilmoqda.
Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg`ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo`lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishini hisoblash zarur.
Mehnat bozori va aholi bandligi muammolarining tadqiq qilishning nazariy asoslaridan ma`lumki, A.Smit va D.Rikardolar18 fikrlaricha, mehnat bilan ta`minlash uning qiymati – ish haqi darajasi bilan belgilanadi. Stixiyali mazmunga ega bo`lgan mehnat bozorini tartibga solish jarayonlariga kelganda esa, ularning fikricha, talab va taklifning o`z-o`zidan tartiblashi yuz berib, mehnat bozori davlatning aralashuviga zaruriyat sezmaydi.
Butun dunyo iqtisodiyotida yuz bergan uzoq muddatli inqirozlar va ishsizlikning yuqori darajasi, aholi bandligining “keynscha nazariyasi”ni yaratishga olib keldi. J.Keyns ko`rsatib berdiki, yuz beradigan jarayonlar hamma vaqt ham o`z-o`zidan tartibga solinmaydi va hukumat uzoq muddatli inqirozlar ta`sirini yumshatishi, hamda valyuta va moliya siyosati orqali, ya`ni inqiroz paytida hukumat xarajatlarini oshirish va to`liq bandlik paytida xarajatlarni kamaytirish yo`llari bilan to`liq bandlikni kafolatlashi zarur bo`ladi19.
Mehnat bozorini tartibga solish va aholining himoyaga muhtoj qismlarini, shu jumladan yoshlarning bandligi muammolari, XX-asr 70-yillarida ikki bo`limdan: birlamchi va ikkilamchi bo`limlardan iborat bo`lgan mehnat bozorining ikki xillik modelini o`rganish ancha dolzarb bo`lgan edi.
Tadbirkorlar birlamchi sektorning zarur malakaga ega bo`lgan va firmaning har qanday texnologik o`zgarishlarga moslashishi yo`li bilan raqobatbardoshligini saqlab qolishda doimiy ishchi guruhlarini ushlab turish uchungina ularga yuqori ish haqi to`laganlar va mansabda ko`tarilish imkoniyatlarini taklif qilganlar. Aynan shuning uchun ham, birlamchi sektor texnologik yangiliklarni qo`llash orqali bozorda mavqeini saqlab qolish uchun kapital sarf qiluvchi yirik korporatsiyalarda mavjud bo`ladi. Ammo, birlamchi sektor ishchilari asosiy qismini ushlab turish qimmatga tushadi va korxonaning xayotiyligini saqlab qolish uchun boshqa guruhdagi ishchilarga ancha past ish haqi yoki bandlikning qulayligi kam sharoitlarini yaratishi kerak bo`ladi.
Ikkilamchi sektorda ish beruvchilar ishchi kuchi qo`nimsizligining yuqori darajasiga ham imkon berishlari mumkin, chunki ularning bajarayotgan ishi past malakali va ishlab chiqarish uchun unchalik muhim emas deb hisoblaydilar. Odatda, bu yirik korporatsiyalar bilan pudratchilik munosabatida bo`lgan kichik firmalar uchun xosdir.20
G`arb iqtisodiy nazariyalariga ko`ra (neoklassik yondashuv) mehnat bozori – bu resurslaridan biri foydalaniladigan bozordir. Bu yerda zamonaviy mehnat bozori amal qilishi tahliliga to`rtta asosiy kontseptual yondashuvni ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchi kontseptsiya asosida klassik siyosiy iqtisod nazariyalari yotadi. Bu qarashlar asosan neoklassiklarniki bo`lib (P.Samuel`son, M.Fel`dstay R.Xoll21 ), XX-asrning 80-yillarida uni taklif iqtisodi tarafdorlari ham yoqlab chiqdilar (D.Gilder, A.Laffer va b.). Bu kontseptsiya tarafdorlari fikricha, mehnat bozori, boshqa bozorlar kabi, narxlar muvozanati asosida faoliyat ko`rsatadi, ya`ni asosiy bozor regulyatori bo`lib narx – bu yerda ishchi kuchi narxi (ish haqi) xizmat qiladi.
Ularning fikricha, aynan ish haqi yordamida, ishchi kuchiga talab va uning taklifi tartibga solib turiladi, ularning muvozanati saqlab turiladi. Ta`lim va malaka uchun (inson kapitaliga) investitsiyalar – bu mashina va jihozlarga investitsiyalarga o`xshashdir. Marjinalizm kontseptsiyaga ko`ra, shaxs “malaka uchun investitsiyani” undan keladigan foyda normasi kamaymaguncha sarflab boraveradi. Neoklassik kontseptsiyaga ko`ra, ishchi kuchining bahosi bozor ehtiyojlariga moslashib, talab va taklifga qarab ko`payib yoki kamayib turadi, mehnat bozorida muvozanat bo`lishi mumkin emas. Talab va taklif o`zgarishiga qarab ish haqining aniq mos ravishda o`zgarishini, yana ishsizlikning bo`lmasligi to`g`risida jiddiy gapirib bo`lmaydiki, bu kontseptsiya tarafdorlari bozorning ayrim takomillashmagan tomonlari, ularning nazariyalari xayotga mos kelmay qolishiga olib keladi deydilar. Bu tomonlarga ular kasaba uyushmalarining ta`sirini, davlat omonidan minimal ish haqi belgilanib qo`yishini, axborotlarning yetishmasligi kabilarni kiritadilar.
Mehnat bozori faoliyat ko`rsatishini tushuntirishda keynschilar va monetaristlar boshqacha yondashuvga egalar. Ular neoklassiklardan farqli ravishda mehnat bozorini doimiy nomuvozanatli bozor deb hisoblaydilar. Keynscha model` (J.M.Keyns, keyinchalik R.Gordon va b.) bo`yicha, xususan ishchi kuchi bahosi (ish haqi) qat`iy belgilangan va amalda o`zgarmaydi (ayniqsa, kamayish tomonga). Modelning bu tushunchasi hech qanday izohlanmaydi, chunki u isbotlangan fakt hisoblanadi. Chunki baho (ish haqi), ushbu kontseptsiya bo`yicha bozor regulyatori hisoblanmaydi, regulyator tashqaridan kiritilishi kerak. Buni davlat bajaradi va jami talabni kamaytirib yoki ko`paytirib, yuzaga kelgan nomuvozanatlikni barataraf qila oladi. Xususan, soliqlarni kamaytirish orqali davlat ist`emol oshishini rag`batlantiradi. Bu esa, o`z navbatida ishlab chiqarishning va bandlikning o`sishiga olib keladi. Shunday qilib, ishchi kuchiga talab, bu model` bo`yicha, mehnatning bozor bahosining o`zgarishi bilan emas, balki jami talab bilan, boshqacha aytganda ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi.
Monetaristlar maktabining vakillari (avvalambor, M.Fridmen22) ish kuchi bahosining qat`iy tuzilishidan kelib chiqadilar va bir yo`nalishda oshib borishiga asoslanadilar. Monetaristlar tomonidan ishsizlikning tabiiy darajasi tushunchasi kiritiladi, u esa mehnat bahosining qat`iyligini belgilab, nomuvozanatlikni chuqurlashtiradi va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi mehnat bozorini tarkibiy mohiyatini aks ettiradi.
Mehnat bozoriga ta`sir qiluvchi omillarning turli-tumanligi va uning samarali amal qilishi ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega ekanligi tufayli unda davlatning optimal boshqaruvi va tartibga solishi talab etiladi. Ish bilan bandlik sohasida tartibga solishning bunday tizimini yaratish O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir.
Ish bilan bandlik siyosati O`zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning boshqa ustuvor yo`nalishlari bilan uzviy bog`liq, iqtisodiy islohotlar strategiyasi va istiqbol rejalaridan munosib o`rin egallagan23 .
O`zbekistonda aholini ish bilan ta`minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, mansab mavqei, dinga munosabati, e`tiqodi va jamoat birlashmalariga mansubligidan, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlari hamda ular mehnatining natijalariga bog`liq bo`lmagan boshqa holatlardan qat`iy nazar teng imkoniyatlarni ta`minlash;

  • kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta`minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko`maklashish;

-mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
-ish bilan ta`minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta`minlash;
-ijtimoiy himoyaga o`ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan va yangi ish joylarini yaratayotgan ish beruvchilarni rag`batlantirish;

  • ish bilan ta`minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirish;

  • aholini ish bilan ta`minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushmalari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o`zaro hamkorligi;

  • aholini ish bilan ta`minlash muammolarini hal qilishda davlatlararo hamkorlik24.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi hisoblangan ish bilan bandlik siyosati quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni nazarda tutadi:

  • tarkibiy qayta qurishni rag`batlantirish asosida bo`shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;

  • ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish; - ish qidirayotganlardan har birini ish bilan ta`minlash.

Davlat mehnat bozorida raqobatbardosh bo`lmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni ko`zda tutadi. Ya`ni, aholini ish bilan ta`minlashga ko`maklashish maqsadida tashkilotlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilanadi.
Respublikamizda aholi bandligini ta`minlash bo`yicha davlat tomonidan olib borilayotgan chora tadbirlar mehnat bozorini tartibga solishdagi asosiy vositalardan sanaladi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas`uliyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori respublikamizda mehnat bozorini tartibga solishda olib borilayotgan sa`y-harakatlarning yorqin namunasi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas`uliyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori yangi ish o`rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishda ularga amaliy yordam ko`rsatish bo`yicha aniq yo`naltirilgan va tizimli ishlar olib borishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirish, shu asosda band bo`lmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq 2017-yilning 1-iyulidan boshlab joylardagi rahbarlarni moddiy rag`batlantirish va ularning shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirishning prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlariga aholi bandligi o`sishining tasdiqlangan har chorak prognoz ko`rsatkichlarini bajarganligi yoki bajarmaganligi uchun lavozim maoshining 15 foizi miqdorida mos ravishda mukofot beriladi yoki jarima solinadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi o`rinbosarlariga hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga esa ular lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida huddi shunday mukofotlash yoki jarima solish choralari qo`llaniladi.
Qarorning muhim jihati shundan iboratki, unda aholi bandligi o`sishining mezoni sifatida aholini davlat ijtimoiy sug`urta hamda mehnat va pensiya qonunchiligi tizimlari bilan qamrab olingan doimiy, barqaror ishga joylashtirilishi belgilangan. Aynan shunday bandlik shakli mehnat kafolatlarini himoyalash, pensiya to`lovlarini amalga oshirish uchun mehnat stajini hisobga olish, uy-joy sotib olish va oliy ta`lim muassasalarida o`qish uchun olingan kreditlarni to`lashda soliq imtiyozlariga ega bo`lish hamda aholining kundalik hayotida zarur bo`ladigan boshqa amaldagi qonunchilik me`yorlaridan fuqarolarimiz to`laqonli foydalanishiga barcha imkoniyat yaratadi.
Shu munosabat bilan qarorda joylardagi rahbar xodimlarga mukofot berish yoki ularning lavozim maoshlaridan jarima undirish miqdorini aniqlashda
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallarini to`layotgan aholi bandligi o`sishining prognoz ko`rsatkichlari bajarilishi hisobga olinishi belgilab qo`yilgan.
Aholi bandligi o`sishining mamlakatimiz hududlari, tuman va shaharlari kesimida prognoz ko`rsatkichlari 2018-yildan boshlab har yili O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Aholi bandligi dasturi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan aholi bandligining manzilli hududiy dasturlari bilan belgilanadi. 2017-yilning uchinchi va to`rtinchi choraklarida aholi bandligi o`sishining O`zbekiston Respublikasi hududlari kesimida prognoz ko`rsatkichlari qabul qilingan mazkur qaror hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Qayd etish muhimki, mazkur qaror bilan Aholi bandligi o`sishining prognoz ko`rsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy rag`batlantirish va shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi va ushbu nizomda aniq va tasdiqlangan ma`lumotlarga asoslangan holda tegishli rahbarlarga nisbatan rag`batlantirish yoki intizomiy jazolash choralari qo`llashning aniq, ravshan va shaffof mexanizmini joriy etish ko`zda tutildi.
Shuningdek, nizomda band bo`lgan aholi soni va uning o`sishi to`g`risidagi
ma`lumotlar soliq xizmati organlari va byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining ma`lumotlar bazasidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallarini to`lovchi jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami (STIR) asosida shakllantiriladi.
Nizomga muvofiq mehnat hududiy boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi boshqarmasi aholi bandligi o`sishi prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishi to`g`risidagi ma`lumotlarni har chorakda shakllantirib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hamda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga taqdim etadilar.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari olingan ma`lumotlar asosida uch ish kuni davomida tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning birinchi o`rinbosarlarini mukofotlash yoki ularning lavozim maoshlaridan jarima undirish to`g`risida qaror qabul qilishlari lozim25.
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi olingan ma`lumotlar asosida uch ish kuni davomida aholi bandligi o`sishining prognoz ko`rsatkichlari bajarilishi to`g`risidagi axborotni har bir hudud bo`yicha shakllantirib, mazkur qaror bilan qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida maxsus tashkil etilgan Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy rag`batlantirish va shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish bo`yicha komissiyaga taqdim etishlari lozim.
Nizomga ko`ra Komissiya olingan ma`lumotlar asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini va ularning birinchi o`rinbosarlarini moddiy rag`batlantirish yoki ularning shaxsiy mas`uliyatini oshirish choralarini qo`llash masalasini ko`rib chiqadi.
Shuningdek, tasdiqlangan nizomga qo`shimcha ravishda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Markaziy bankga bir oy muddatda aholi bandligi o`sishini ta`minlash uchun iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy rag`batlantirish va ularning shaxsiy mas`uliyatini oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirig`i yuklatilgan.
Bunda iqtisodiy kompleksning tegishli hududiy organlari rahbarlari uchun aholi bandligi o`sishining ko`rsatkichlari va mezonlari sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalari, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo`l xaritalari” va to`g`ridanto`g`ri investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, shaxsiy tomorqa va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish bo`yicha ishga joylashtirilgan fuqarolar hamda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash, kasb-hunarga qayta o`qitish va jamoat ishlariga jalb etish hisobiga ishga joylashgan aholi soni qabul qilinishi lozim.
Alohida qayd etish lozimki, qarorda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi o`rinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari o`z ish faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlariga ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga to`sqinlik qilayotgan muammolarni, jumladan, joylarga chiqqan holda tizimli hal qilishda amaliy yordam ko`rsatish, shu asosda band bo`lmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilishga qat`iy va so`zsiz rioya etish to`g`risida topshiriqlar berilgan.
Shu bilan birga, qarorda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining aholini ish bilan ta`minlash bo`yicha shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirish to`g`risida me`yor ko`zda tutilgan bo`lib, unga ko`ra tasdiqlangan prognoz ko`rsatkichlari uzluksiz ikki chorak davomida yoki yil davomida uch chorakda bajarilmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimlariga noloyiqligi masalasi ko`rib chiqiladi.
Mazkur qarorning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga:

Yüklə 277,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin