1.3.2-rasm. 2017-yil Apreldan 2018-yil martgacha ishsizlik darajasi foizda30. Yaponiyada 2018-yil Mart oyida ishsizlar soni 1730 mingni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich fevral oyida 1690 mintani tashkil qilgan. Ishsizlar soni o`rtacha 1663,28 ming kishini tashkil qiladi. Yaponiyada boshqa ruvojlangan mamlakatlarga nisbatan ishsizlik darajasi pastroq hisoblanib, 1970-1990-yillarda
2,1% ni tashkil etgan bo`lib, o`sha paytda Amerikada ishsizlik darajasi 6,7% ni tashkil qilgan. Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek Yaponiya mehnat bozori modeli mohiyati asoslanga kafolatli “job for life”ga asoslangan, yuqori darajadagi ish xaqini ta`minlaydi. 1990-yildagi doimiy inqroz natijasida iqtisodiyot tanzulga yuz tuta boshladi, firmalar shu paytda ishchilar sonini va ish xaqini kapaytirishga intila boshladilar. Ishchilar uyushmasi haliham yaponiya mehnat bozori sturukturasi hisoblanadi, lekin hozirgi kunda ular kamchilikni tashkil qiladi.
Shvetsiya modeli.Mehnat bozorining Shvetsiya modeli faol bandlik siyosatini amalga oshirish bilan bog`liq. Shvetsiyada yaqin vaqtchgacha mehnatga layoqatli aholi bandlik darajasi yuqori bo`lib ishsizlik darajasi juda past ko`rsatkichda edi (1,4%). Shvetsiya modelining asosda davlatning faol bandlik siyosati yotadi. Jumladan, davlat ishchi kuchining raqobatbardoshligini uni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, ҳam davlat sektorida, ҳam xususiy sektorda yangi ish joylarini yaratish kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
Shvetsiyada davlatning mehnat bozoridagi siyosatida ishsizlarni ijtimoiy ҳimoya qilish alohida o`rin tutadi. Bunda davlat tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:31
ishsizlarga nafaqa berish;
ularga to`g`ri keladigan ish joylarini topishda ko`mak berish;
ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash;
yangi ish joyi, yashash joyini o`zgartirishni talab etsa, ko`chishda moddiy yordam berish;
jamoat ishlarini tashkil etish.
Davlat mehnat bozorini tartibga solish siyosatini amalga oshirish uchun byudjetning 8% miqdorida mablag` sarflaydi, bu mablag`ning 70% faol siyosatni amalga oshirish, 30% esa ishsizlik nafaqasini to`lashga sarflanadi.
Mehnat bozoridagi faol siyosatning quyidagi yo`nalishlarini ajratib ko`rsatish zarur: ishchi kuchi talabi va taklifini muvofiqlashtirish bo`yicha tadbirlar: keng axborot faoliyati, ishga joylashishda ko`maklashish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlari, nogironlar va uzoq vaqt davomida ishlamaydiganlarni kasbiy reabilitatsiya qilish, shuningdek, firmalarga zarur kadrlarni tanlashda yordam beradi;
ishchi kuchi taklifiga tahsiri, ishchi kuchi mobilligiga ta`sir, transport xarajatlariga subsidiyalar berish, ish qidirishda yordam berish, yoshlar va mehnatga layoqati cheklangan kishilarga kasbiy tayyorgarlikda yordam beradi;
mehnatga talabni rag`batlantirish, jamoat ishlarini tashkil etish, yopilishi kutilayotgan kompaniyalarga subsiyalar berish, yangi ish joylarini tashkil etayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar berish, soliq imtiyozlari berish; - mintaqalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan siyosat.
Shvetsiya tajribasi mehnat sohasida siyosatni amalga oshirishning eng samarali usuli – mehnat birjalari faolyatining samaradorligini oshirishdir. Uning asosiy maqsadi vakansiyalarning tez to`ldirish va ish qidiruvchilarni ish bilan ta`minlash. Shu sababli ҳam Shvetsiyada ish bilan ta`minlash xizmatlari mamlakatning butun mehnat bozorini qamrab oladi, jumladan, mavjud bo`sh ish o`rinlarining 90% va yangi ish joylarining 60% mehnat birjalari orqali rasmiylashtiriladi. Unda ishsizlarning 80% va ish qidirayotganlarning 30% ro`yxatga olinadi.32Lekin so`nggi yillarda Shvetsiyaning mehnat bozoridagi davlatning siyosatida isloxotlar o`tkazilishi ko`zda tutilmoqda. So`nggi yillardagi iqtisodiy o`sishning pasayishi, davlat xarajatlarini qisqartirish zaruriyatining vujudga kelishi Shvetsiyaning mehnat bozoridagi siyosatini o`zgartirish masalalasini qo`ydi.
Shvetsiya modelining ijtimoiy yo`nalishi quyidagidarni o`z ichiga qamrab oladi:33
Iqtisodiyotda davlatning YaMM ni qayta taqsimlovchilik roli: iqtisodiyotga soliq mexanizmi orqali ta`sir ko`rsatish, tadbirkorlar daromadlarining bir qismini “daromadlarni tenglashtirish” maqsadida yollanib ishlayotgan aholiga taqsimlash, aholini ijtimoiy muxofaza qilish;
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy yo`nalishda faolligi: amalda ishchilarning, kasaba uyushmalarning va tadbirkorlarning ijtimoiy ittifoqi;
davlatning iqtisodiy siyosati: birinchi navbatda ijtimoiy muammolarni bartaraf qilish, jumladan ishsizlarning sonini kamaytirish;
mehnat etikasining yuqori darajasi va tadbirkorlik madaniyati:
skandinaviya davlatlari aholisiningning juda yuqori darajadagi odob-ahloqi va madaniyati.
1.3.3-rasm. 2017-yil maydan 2018- yil yanvargacha ishsizlik darajasi foizda34
Shvetsiyada ishsizlik darajasi 2018-yil aprelda 2017- yil maydagiga nisbatan 0.4% ga tushgan. Ishsizlar soni o`tgan yildagiga nisbatan 20 mingga kamaygan va 346 mingtani tashkil etgan. Band aholi soni esa 77 mingga ko`payib, 5.043 milliontani tashkil etgan.
Shvetsiyada ishsizlik darajasi mehnat resurslari orasidagi faol tarzda ish qidirayotgan aholi soni bilan hisoblanadi. Shvetsiyada 1980-yildan buyon ishsizlikning eng yuqori darajasi 10.5% ni tashkil etgan bo`lsa, eng past darajasi esa, 1.3% ni tashkil etgan.