Kirish I bob. Mehnat bozori tuzilishining nazariy asoslari



Yüklə 277,68 Kb.
səhifə10/16
tarix07.01.2024
ölçüsü277,68 Kb.
#205347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Хужакулов Илхомбек

Birinchidan, aholining barqaror bandligini ta`minlashda tizimli va aniq yo`naltirilgan ishlarni amalga oshirish uchun mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlariga kerakli rag`batlantirish choralarini yaratish va ularning shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirishga;
Ikkinchidan, davlat ijtimoiy sug`urtasi, mehnat va pensiya qonunchiligi tizimining barcha afzalliklari bilan to`liq qamrab olingan doimiy ish o`rinlari hisobiga aholi bandligi o`sishiga;
Uchinchidan, barqaror bandlikni rag`batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish orqali aholi daromadlari oshishiga va turmush darajasi sifati yaxshilanishiga, soliq tushumlari va pensiya ajratmalari bazasini kengaytirishga imkon yaratiladi.




1.3 Mehnat bozorini takomillashtirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi.


Respublikamiz mehnat bozorini takomillashtirish uchun xorijiy mamlakatlar tajribalarini o`rganish foydadan holi bo`lmaydi, shuning uchun biz rivojlangan mamlakatlar mehnat bozori modellarini o`rganishni maqsad qilib qo`ydik.
Rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorini o`rganish ularning o`ziga xos uchta guruh yoki modelga ajratish imkonini beradi. Bu AQSh modeli, Yaponiya va G`arbiy Yevropa modeli. Shu bilan birga Yevropa mamlakatlarining mehnat bozorlari ham bir-biridan tuzilishi va tartibga solish yo`nalishlari bo`yicha farqlanishini ta`kidlash zarur. Jumladan, Buyuk Britaniyada shakllangan mehnat bozori va uni tartibga solish mehanizmi ko`proq AQSh modeliga yaqin.
Skandinaviya mamlakatlari mehnat bozori esa davlatning aralashuvi ko`lami bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorlarini uchta yirik guruh yoki mehnat bozorlari modellariga ajratsak bo`ladi:
AQSh, Yaponiya va Shvetsiya modeli.
AQSh liberal modeli. Mehnat bozorining AQSh modeliga xos xususiyat – bozorda raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik erkinligi uchun sharoit yaratishdan iborat. Amerika bandlik siyosatiga xos xususiyat yuqori hududiy, korxonalar o`rtasidagi mobillikni rag`batlantirishdir. Amerika modeliga tashqi bozor xususiyatlari xos, ya`ni kadrlarni tayyorlash firmadan tashqarida yuz berib, firmalar kadrlarni tayyorlashga xarajatlarini minimallashtirishga intiladilar. Bunday firmalarda ish haqi shartnoma asosida, talab va taklif, ishning murakkabligi, mehnat unumdorligi, korxonalar imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishsizlikdan sug`urtalash federal-shtat tartibida amalga oshiriladi. Korxona va ishlovchilarning har biri alohida ishsizlikdan sug`urtalashning shtat va federal fondiga badal to`laydilar. Fondlarining mablag`lari asosan to`langan ish haqiga proportsional soliqlar hisobidan tashkil topadi. Bunday siyosat natijasida nisbatan yuqori xududiy va kasbiy mobillik, ishsizlik darajasi shakllangan26. Shu bilan birga ba`zi yirik kompaniyalar o`z ishlovchilariga bandlikni umrbod kafolatlaydilar.
Amerikacha modelning o`ziga xos xususiyatlari orasida u tadbirkorlar faolligini butun choralar bilan rag`batlantirishga va aholining eng faol qismini boyitishga yo`naltirilganligi bilan ajratib ko`rsatiladi. Kam ta`minlangan guruhlar uchun qisman imtiyoz va nafaqalar hisobidan birmuncha maqbul turmush darajasi yaratib beriladi.
Davlat boshqaruvi va ijtimoiy siyosatga nisbatan qoldiq printsipi amalga oshiriladi. Ya`ni erkin raqobat asosida samarali ish olib borishga qodir bo`lmagan sektorlar va sohalar boshqariladi. Ijtimoiy siyosat zimmasiga esa eng muhim ehtiyojlarni qondirish uchun bozor va oila amalga oshira olmaydigan ishlarni bajarish vazifasi yuklatilgan.
Amerikacha soliq siyosati daromadlarni qayta taqsimlash maqsadida emas, balki narx-navo darajasi hamda taklif va talab tarkibiga ta`sir ko`rsatish uchun amalga oshiriladi. Undan tashqari, amerikacha modelda davlatning sikllilikka va inflyatsiyaga qarshi aralashuvi aniq ko`rinib turadi.
AQSHda qo`llaniladigan model iqtisodiyotni o`z-o`zini boshqarishning bozor mexanizmi asosida qurilgan, davlat mulkchiligining kichik ulushi va tovar (maxsulot va xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonida davlatning sezilarli bo`lmagan to`g`ridan-to`g`ri aralashuvi bilan tavsiflanadi. Ushbu modelning asosiy afzalligi quyidagilardan iborat:27

  • o`zgarib turadigan bozor konyukturasiga tez moslashadigan iqtisodiy mexanizmning mavjudligi;

  • tadbirkorlik faolligining yuqori darajadaligi va kapitalni foydali qo`llashning yanada keng imkoniyatlariga asoslangan yangiliklarga yo`naltirilganligi.

Ayniqsa, ushbu model ishlab chiqarish kuchlarining yuqori darajada rivojlanganligi, katta xajmdagi ichki va tashki bozorlar hamda aholining yuqori turmush darajasiga egaligi sharoitlarida samaralidir.
XXI asrning dastlabki 10 yilligida AQSH dunyoning eng yetakchi iqtisodiy mamlakati bo`lib kelmoqda. Shuningdek tez rivojlanayotgan Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarnnnng (Xitoy. Xindnston, Braziliya) yuqori sur`atlarda iqtisodiy rivojlanishiga qaramay AQSH dunyoda sifat, jahon xo`jalik aloqalaridagi o`rni va ta`sir darajasi kabi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha yetakchilikni saqlab kelmoqda.
AQSH, odatda, kapitalistik tizim deb ta`riflanuvchi tuzumga ega, biroq kapitalizm - Karl Marks tomonidan yaratilgan bo`lib iqtisodiyotning eng muhim sohalari ustidan nazorat kapitalistlarning kichik guruhi qo`lida markazlashuvini anglatgan. Bundan farqli o`laroq aksariyat amerikaliklar kapitalizmni bir to`da shaxslar emas, balki millionlab insonlarga foyda keltiruvchi “erkin ishbilarmonlik tashabbusi” tizimi ma`nosida tushunishadi. 80-yillargacha ishchi kuchi arzon bo`lganligi sababli barcha sanoat tarmoqlarida aholi yalpi ish bilan ta`minlandi. Kеyinchalik, yuqori malakali mеhnat rеsurslarining ko`pligi tufayli, ular asosan industrial tarmoqlarning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda 2018 aprel holatiga ko`ra jami 155 mln.dan ortiq ishchi kuchi mavjud (bundan taxminan 20 mln.dan ortiq ishchi kuchi norasmiy tarzda, fuqarolik olmaganlarni tashkil qilar ekan). Masalan, “qora ishchilar” dеb ataladigan norasmiy xorijiy fuqarolardan birgina Lotin Amеrika va Osiyo mamlakatlaridan 11 mln.dan ortiq ishchilar mavjud ekan. AQSHda ishchining ish vaqti haftasiga 34.50 soatni tashkil qiladi. AQShda iqtisodiy faol aholi asosan sanoat va xizmatlar sohasida band.
Aholining juda ozchiligi qishloq xo`jaligida faoliyat ko`rsatadi. Shularning ham 0.7% qismi fermerchilik, o`rmonchilik, va baliqchilik sohalarida faol ishchi kuchi bo`lib xizmat qiladi. Aholining sinfiy tarkibi taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos. Uncha katta bo`lmagan burjuaziya (taxminan 250 milliarderlar va millionerlar oilasi, bir qancha yirik va o`rta burjuaziya qatlamlari) millionlab ishchilar, xizmatchilar va mayda fermerlar mehnatidan foydalanadilar.
Amerikaliklarning o`ndan to`qqiz (9/10) qismi yollanib ishlaydi, ularning 1/3 qismi ishchilar. Qishloq xo`jaligida band kishilar soni sanoatdagilarga qaraganda 7 marta kam.28
Mamlakat boy tabiiy resurslar va qulay tabiiy sharoitga ega. Ammo uzoq vaqt nooqilona foydalanish oqibatida mamlakatda bir qator eng yaxshi konlar qashshoqlashib qoldi. Biroq ilmiy texnika progressi uncha boy bo`lmagan va sifatli konlarni ochishiga imkon yaratdi. Bu esa AQShning xom ashyo bazasini sezilarli to`ldirdi. Jumladan, ko`mir zaxiralari, molibden, oltingugurt, fosforitlar va kaliy tuzlari qazib olish ko`paydi. Milliy ishlab chiqarish talabini temir va mis rudasi bir necha kam darajada qo`rg`oshin-ruh, uran rudalari qondirishi mumkin.

1.3.1-rasm. 2017yil maydan 2018 yil aprelgacha ishsizlik darajasi foizda. 29


AQSh da ishsizlik darajasi 2017 yilda o`rtacha 4.1% ni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2018 yilning apreliga kelib 3.9% gacha tushgan. 1948 yildan buyon ishsizlikning eng yuqori darajasi 10.8% ni tashkil etgan bo`lsa, eng past darajasi 2.5% ni tashkil etgan.
Yaponiya modeli. Mehnat bozorining Yaponiya modeliga xos xususiyat “umrbod yollash” tamoyilidir. Bu tamoyilga asosan ishlovchilar ma`lum yoshga yetgunga qadar bandlik kafolatlanadi. “Umrbod yollash” tizimi ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy to`lovlar ko`rinishidagi moddiy boyliklarning miqdori oshib borishini ko`zda tutadi. Umrbod yollash bilan kadrlarni korxonada ko`p yillar davomida qolishi ta`minlanadi, shu bilan birga malaka firma ichida oshiriladi, bu esa texnika va texnologiya rivojlanishiga mos ravishda qisqa davr ichida kadrlar malakasini oshirish imkonini beradi.30
Yaponiyada “umrbod yollash” tamoyiliga kiritilayotgan yangi elementlardan biri ishlovchining real qo`shgan hissasiga bog`liq ravishda haq to`lashdir. Shu bilan birga bu modelda ishchilarni bir korxona tomonidan boshqasiga ijaraga berish ham xosdir. Odatda ijara subpudrat asosida ishlovchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Yaponiya modeli ishsizlik darajasining nisbatan kamligi bilan ajralib turadi. Shuni tahkidlash kerakki, agar rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 70 – yillari o`rtalarida yuz bergan iqtisodiy inqiroz natijasida Yaponiyada ishsizlik darajasi uncha ortmadi. Lekin, 1997-1998 yillardagi Osiyo inqirozi Yaponiya mehnat bozorining ayrim jihatlariga o`zgartirish kiritish kerakligini ko`rsatdi. Jumladan, bankrotlik arafasidagi korxonalarda ortiqcha ishlovchilarni qisqartirish masalasi ko`ndalang bo`ldi.
Ishlovchilarning “mehnat falsafasining” o`zgarishi ham bunda muhim omil bo`lib xizmat qildi, ularning ko`pchiligi, ayniqsa, yoshlar shaxsiy muvaffaqiyatga intilish kuchaydi.
Yapon menejmenti uslubining amerikanikidan tubdan farqlanishiga misol bo`lib, ishga oid masalalarni sekin, ularning mohiyatiga asta-sekin yaqinlashib, muhokama qiluvchi yapon biznesmenlarining muzokaralar o`tkazish odatini keltirish mumkin. Shu bilan birga munosib sheriklar o`rtasidagi muzokaralarga huquqshunoslar jalb qilinmaydi.
Ishsizlik Yaponiyada oxirgi paytlarda oshayotganiga qaramasdan, xalqaro standartlardan anchagina past hisoblanadi. Ishsizlik darajasi 2018 yilda 2.5% ni tashkil qilgan bo`lsa, 2002-yilda eng yuqori 5.50% darajasiga erishgan.
Ishsizlikning eng past ko`rsatkichi 1% ni tashkil etgan bo`lib, u 1968 yil noyabr holatiga to`g`ri kelgan. 2001-yilda mamlakatda barcha ishchi kuchi 67 mln kishini tashkiletdi. 2008-yilda boshlangan jaxon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi boshqa mamlakatlarga ta`siri kabi Yaponiyani ham chetlab o`tmadi. «Yaponiya modeli» deyarli 150 yil davomida o`z xususiyatiga ega bo`lib tashkil topgan. Yaponiya modelining Yevropa mamlakatlari va AQSH modellaridan farqi - jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida davlatning yuqori darajada qatnashuvidir. Yapon modeli - vatanparvarlik tuyg`usi asosida yaratilib, eng avvalo, sanoat mahsulotlarini eksport qilinishi evaziga xorijiy valyutasini tushirish va tushgan valyuta evaziga yetakchi xorijiy mamlakatlardan eng zamonaviy texnologiyalarni sotib olish, yuqori mehnat unumdorligiga erishish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash kabilarni o`z ichiga oladi.

“Yaponiya modeli”ning xususiyatlari quyidagilardan iborat:32


  1. Mamlakatda bir xil sohada faoliyat ko`rsatayotgan ishlab-chiqaruvchi korxona va kompaniyalarning birlashuvi, ya`ni “keyretsu”, va buning natijasida moliya-sanoat guruhlarini tashkil qilinishi. Lekin ko`plab “keyrettsu”lar urushdan oldingi monopol kompaniyalar – “dzaybatsu”lardan kelib chiqqan. Bu guruhlar yirik banklar, savdo va sanoat kompaniyalar tomonidan boshqariladi;

  2. Mamlakatda mehnat munosabatlari tizimini shakllanuvi, ya`ni:

  • yapon milliy urf-odatlaridan kelib chiqqan holda ishxona rahbariyatining ishchilarni doimiy mehnat faoliyatini kafolatlash;

  • fuqarolarni butun umrga ish bilan ta`minlash;

  • ishchi o`rinlarga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;

  • ishchilarning doimiy ravishda ish faoliyatlarini almashtirib turishlari;

  • kompaniya va firmalar rahbarlari tomonidan ishchi-xizmatchilarni doimiy ravishda har tomonlama rag`batlantirib turishi;

  • ishchilarning “ishxona-bu bizning uyimiz” shiori ostida faoliyat ko`rsatishi; - ishxonalarda ishchilarlarning mehnat intizomiga qattiq rioya qilininishi.

3. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida Hukumatning ahamiyati va uning kuchli nazorati. Hukumat mamlakatdagi barcha iqtisodiy muammolarni “Moliyasanoat guruhlari” rahbarlari bilan hamkorlikda hal qiladi.
Oylik maoshlarini yanada ko`tarilishi bois, korxona va tashkilotlarda bo`sh o`rinlar qolmadi, qolaversa ishchi kuchi ko`p ishlab-chiqarish sohalarda bo`sh o`rinlarga ishchilarni jalb qilish borasida talab ham kuchaydi.
Ishsizlikning ko`rsatkichi o`rtacha 0,5%ni tashkil qildi. 2015-yil Feveral oyida ishsizlik darajsi 3,6% dan 3,5% ga tushgan. Yaponiya mehnat bozori boshqa mamlakatlar mehnat bozoridan yuqori ish xaqi bilan tubdan farq qiladi. 1920-yilda Yaponiya modeli rivojlana boshladi va “job for life” degan yuqori ish xaqiga asoslangan re`jali dasturi jadallasha boshladi. Bu dastur yuqori malakali kasbga o`rgatish, foydani yetarlicha firma ichida taqsimlash va ishchilarning firma xayotida faol qatnashishi qaratilgan va ishchilarning har biriga sadoqat bilan qilgan ishiga yuqori ish xaqini to`lash dasturi joriy qilingan.


Yüklə 277,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin