Ishchi kuchiga talab. Talab iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va boshqa sohalarning mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo`jaliklardan va boshqa hayotiy vositalar bilan ta`minlanga ishchi kuchi ehtiyojning tarkibi va hajmini aks ettiradi.
Ishchi kuchining taklifi. Taklif yollanma ishga ega bo`lishidan manfaatdor ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma`lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va booshqalar bo`yicha) tarkibini ifodalaydi.
Mehnat bozoridagi ishchi kuchining taklifi murakkab demografik tuzilishga ega. Avvalambor, aholining umumiy sonidan yollanib ishlashga qodir, ya`ni mehnat qobiliyatiga ega bo`lib, uning egasi- hodim mehnat bozoroda uni taklif qilishdan, tadbirkor esa uni o`z korxonasida belgilangan vaqt davomida foydalanish uchun yollanishidan manfaatdor qismini ajratish kerak.
Ishchi kuchining qiymati va ishchi kuchining bahosi. Aholining umumiy sonidan ikkita yirik ishchi kuchining qiymatini ajratish mumkin(qarang:1.1.7rasm);
1.1.7-rasm. Ishchi kuchining ikki yirik qiymati.17
Yollanib ishlashga qodir mehnatga layoqatli va undan yuqori yoshdagi aholi;
Yollanib ishlashga qodir bo`lmagan mehnatga layoqatli yoshdan kichik va kattaroq aholi.
Birinchi guruh quyidagi guruhlarga bo`linadi;
Iqtisodiyot sektorida yollanish bo`yicha band bo`lganlar;
Yollanish bo`yicha band bo`lmaganlar;
Ish qidirib erkin harakat qiluvchi shaxslar.
Ikkinchi guruh ham guruhchalarga bo`linadi;
Mehnatga qobilayli yoshdan kichik aholi, ya`ni 16 yoshgacha
bo`lgan o`smirlar;
Mehnatga layoqatli yoshdan keksaroq aholi, aholi yoshi va
nogironligi tufayli ishlamayotgan pensionerlar va nafaqaxo`rlarning asosiy qismi.
Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa uning iqtisodiy faol qismi mehnat bozorining shakllanishida asosiy demografik manbaa hisoblanadi.
Shunday qilib, shubhasizki, respublika mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining o`sishi ko`p jihatdan aholining iqtisodiy faol qismi holati bilan belgilanadi. U esa mazkur bozordagi raqobatga ham ko`p jihatdan bo`g`liq.
Yuqori unumli ishchi kuchini yollash, mehnatni ijtimoiy taqsimlash va bo`sh ish o`rinlarni egallashda hodimlar o`rtasidagi hamda mehnat shartnomalari asosida ish haqi shartlari uchun xodimlar bilan yollovchilar o`rtasidagi raqobat mehnat bozorini harakatlantiruvchi mexanizm hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklifning nisbati mehnat bozori kon`yukturasini ifodalaydi. U ko`p sonli omillar va sharoitlar ta`siri ostida shakllanadi handa mehnatga layoqatli qishloq aholisi turli xil guruhlarining yollanma xodimlar sifatida teng bo`lmagan holatini aks ettiradi. Amalda ishchi kuchiga talab va taklifning umumiy va tarkibiy muvozanatiga erishish qiyin. Mehnat bozorining konyukturasi ishchi kuchi narxiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. U o`z navbatida, amaldagi bozor narxiga muvofiq o`zgarib turadi, mehnat resusrlarining muomala sohasida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq ma`lum yo`nalishini shakllantiradi. O`z navbatida ishchi kuchi narxini uning qiymatidan farqlanishi ishlab chiqarishning samaradorligiga, taqsimot munosabatlariga, ish haqi va shaxsiy yordamchi xo`jaliklardan daromadlar darajalariga, iste`mol savatining o`sishiga, tovarlar va xizmatlarning amaldagi narxlariga, ularning mavjudligiga, tabiiy boyliklarning holatiga hamda boshqa omillar va sharoitlarga bog`liq.