Kirish I bob. Mehnat bozori tuzilishining nazariy asoslari



Yüklə 277,68 Kb.
səhifə12/16
tarix07.01.2024
ölçüsü277,68 Kb.
#205347
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Хужакулов Илхомбек

XULOSA VA TAKLIFLAR


Mehnat bozori tuzilishi, uning asosiy sub`ektlari va ularning funksiyalarini chuqur tahlil qilgan holda va mehnat bozorini tartibga solishning yo`nalishlarini tahlil qilib chiqqanimizdan keyin quyidagi xulosalarni chiqarish imkoniyati yuzaga keldi:

  1. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda mehnat bozorining ahamiyatini yoritib berishda yaqin istiqbolda mamlakatimiz mehnat salohiyati oshib borar ekan, ushbu tendensiya mazkur salohiyatdan samarali foydalanish va ularni iqtisodiyotning turli jabhalariga safarbar etish choralarini ko`rishni talab etadi.

Bunda davlat o`rta va uzoq muddatga mo`ljallangan maqsadli dasturlar ishlab chiqishi lozim bo`ladi. Chunki maqsadli kompleks dastur mehnat bozorining kelajakdagi faoliyatida asosiy tadbirlarni ishlab chiqishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mehnat bozori faoliyatining maqsadli kompleks dasturini amalga oshirishga alohida ahamiyat berish kerak. U qishloq xo`jaligi tarmoqlarida ishchi kuchiga talab va taklifni kamaytirish; sanoat, xizmat ko`rsatish va boshqa tarmoqlarda jonli mehnat va ish joylariga o`sib borayotgan talablarni qanoatlantirish; ishchi kuchiga talab va taklif o`rtasidagi bozor muvozanatiga erishish; ishsizlikni kamaytirish; yuqori malakali xodimlarni shakllantirish; mehnat bozori infratuzilmasi ob`ektlarini samarali rivojlantirish; ish bilan band bo`lmagan shaxslarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta`minlashni nazarda tutadi.

  1. Mehnat bozorini tartibga solishning nazariy-huquqiy asoslari ko`rsatib berish bilan birgalikda shuni aytib o`tish kerakki, mamlakatimizda aholining 60 foizga yaqinini mehnat resurslari tashkil etadi. Mehnat resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo`lib, mehnat jarayonida moddiy ne`matlar va xizmatlarni yaratadilar. Mehnat resurslari tarkibiga kiritilgan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat zahiralarini tashkil etadi. Chunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo`shilishlari mumkin.

  2. Mehnat bozorini tartibga solishda xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish yo`nalishlari ochib berilar ekan, rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorini o`rganish ularning o`ziga xos uchta guruh yoki modelga ajratish imkonini beradi. Bu AQSh modeli, Yaponiya va G`arbiy Yevropa modeli. Shu bilan birga Yevropa mamlakatlarining mehnat bozorlari ham bir-biridan tuzilishi va tartibga solish yo`nalishlari bo`yicha farqlanishini ta`kidlash zarur. Jumladan, Buyuk Britaniyada shakllangan mehnat bozori va uni tartibga solish mehanizmi ko`proq AQSh modeliga yaqin. Skandinaviya mamlakatlari mehnat bozori esa davlatning aralashuvi ko`lami bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorlarini uchta yirik guruh yoki mehnat bozorlari modellariga ajratsak bo`ladi: AQSh, Yaponiya va Shvetsiya modeli.

  3. Mehnat bozorining shakllanishi xususiyatlari yoritishda mehnat resurslari balansiga ko`ra, ish bilan band aholi tarkibi iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar, iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslardan iborat ekanligi aniqlandi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, yuqoridagi uch toifadagi bandlar soni ortib bormoqda.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, iqtisodiyotning rasmiy sektorida band aholi tarkibida yuridik shaxs bo`lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro`yxatga olingan fuqarolar, dehqon xo`jaliklarida ish bilan bandlar soni ortgan, aksincha yirik biznesda, kichik korxonalar va fermer xo`jaliklarida ish bilan bandlar bandlar soni kamaygan. Fermer xo`jaliklarida ularning er maydonlarini optimallashtirish bo`yicha olib borilgan tadbirlar tufayli ushbu xo`jaliklar soni kamaydi

  1. Viloyat mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga bo`lgan talabning muvozanatiga erishish yo`llarini aniqlashda bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish – to`la va samarali ishbilan ta`minlashga ko`maklashuvchi eng muhim omillardan biri bo`lib, unga aholini ijtimoiy himoya qilish choralarining bir turi sifatida qaralishiga e`tibor qaratildi. Yangi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda kadrlardan yuksak saviya, ijodiy tashabbus, zamonaviy iqtisodiy fikrlash, ishning yangi uslub va ko`nikmalarini egallash talab qilinadi.

Ish o`rinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari – iqtisodiyotning ayrim korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlarini qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladigan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg`armalar mablag`lari, muhim investitsiya loyihalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lari, chet el investitsiyalari, tijorat banklari kreditlari, korxonalar mablag`lari, aholining yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va yuritishga mo`ljallangan mablag`laridan iborat.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, mehnat resurslarining soni yuqori sur`atlarda oshib borishi bilan birgalikda, ularning ish bilan bandligi ham oshib bormoqda. Butun mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy nofaol aholi hissasining oshib borishi sharoitida viloyatda mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholining hissasi oshib, iqtisodiy nofaol aholining hissasi esa kamayib borishi yuz bermoqda. Bunga mehnat bozorini davlat tomonidan oqilona tartibga solish borasida olib borilgan faoliyat tufayli erishilmoqda.
Kurs ishi mavzusini chuqur tahlil qilish natijasida quyidagi takliflarni berib o`tishni joiz deb topdik:

Yüklə 277,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin