Birinchidan, rivojlangan mamlakatlar ilg`or tajribalaridan samarali foydalanishni yanada yaxshiroq yo`lga qo`yish ushun “Kadrlar almashinuvi” dasturi orqali kadrlarimizni chet elda to`g`ridan to`g`ri malaka oshirib kelishlari foydadan xoli bolmaydi.
Ikkinchidan, respublikamizning ko`plab viloyatlarida bandlikka ko`maklashish markazlari tomonidan aholini ish bilan ta`minlanayotganda ko`pchilik hollarda faqat mavjud bo`sh ish o`rinlaridan kelib chiqqan holda vaziyatga yechim topishga harakat qilinmoqda va bazi hollarda buish bilan ta`minlangan aholining bir qancha vaqt o`tib yana ish qidirayotganlar safida bo`lishiga olib kelmoqda. Buning asosiy sababi sifatida kishilarga qiziqishlari, imkoniyatlari va qobilyatlaridan kelib chiqib ish topishga yordam berishga alohida e`tibor qaratilmayotganini keltirib o`tishimiz mumkin. Ikkinchi taklif sifatida shuni keltirib o`tmoqchimizki, ish so`rab murojaat qilgan aholiga ish topishga ko`maklashishda ularning qiziqish, qobilyat va imkoniyatlarini ham inobatga olgan holda yondashish yaxshiroq samara beradi deb hisoblaymiz.
Uchinchidan, korxona va tashkilotlarda mavjud ish o`rinlari haqida ma`lumotning to`g`ridan to`g`ri bandlikka ko`maklashish markazlariga uzatilishi va bu jarayonda ishsiz aholining bevosita ishtirok etishini ta`minlashda ulkan samara berishiga shubhamiz yo`q. Buning uchun viloyat hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar hamda bandlikka ko`maklashish markazlarini bitta tarmoqli tizimda birlashtirish talab etiladi. Bu tizimda har bir korxona va tashkilotlarning o`z bo`limi mavjud bo`lib, u yerga o`zlarida mavjud bo`sh ish o`rinlari haqidagi ma`lumotni yuklab boradilar va bu ma`lumotlar bandlikka ko`maklashish markazlari rasmiy web sahifasida bevosita aks etadi. Ishga muhtoj aholi bu sayt orqali bo`sh ish o`rinlari haqidagi ma`lumotni bevosita shoffof tarzda bilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.