Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:Hozirgi kunda umumiy o„rta ta‟limning biror o„quv fanini to„liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o„tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo„llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta`sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko`p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo`lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia ositalari, darsliklar va o`quv qo`llanmalari o`g`il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o`tayotir. Darsliklarning electron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo`lgaqo„ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta‟limiy o„yinlar va boshqa ta‟lim resurslari, metodik qo„llanmalardan ayni vaqtda ko`plab ta‟lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta‟lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o`quv-trening vazifasini o`tovchi elektron axborot-ta`lim resurslari – dasturlar yaratilgan.
Bu o`qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o`z samarasini bermoqda. Ta`lim maskanlarida o`quvchilar to`g`ridan to`g`ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ta`lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o`z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.
Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.
Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi
texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‟lgan
yoshlarni yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog
xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib
borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala
hisoblanadi.[2]
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va ma`naviy
yetuk bo‟lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara
oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning
asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor
iqtisodiyotiga o‟tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog‟liq bo‟ladi”, deb ta`kidlagan edilar.
Mustaqil rivojlanish yo‟lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy
sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan,
ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va
texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng
qo‟llanilayotganligi, o‟quvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilimlar ko‟lamining
tobora oshib borayotganligi, ta`limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‟yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta`limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Ta`lim to‟g‟risida”gi
qonunda ta`limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida
ta`limni umumiy o‟rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar
kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‟yilgan bo‟lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning