OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX YO’NALISHI
TARIX ARXEOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
2-KURS TALABASI
USMONOV ABDULAZIZNING
INSON EVOLUTSIYASI VA OLD TARIXI FANIDAN
RIVOJLANGAN URUG’ JAMOASINING MODDIY MADANIYATI
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Topshirdi: Usmonov. A
Qabul qildi: Abduzohirov. R
Reja:
Kirish
I.Bob. Rivojlangan urugʻ jamoasining moddiy madaniyatidagi oʻzgarishlar. 1.1. Rivojlangan urug’ jamoasidagi chorvachilikning o’rni.
1.2. Rivojlangan urugʻ jamoasi turmush tarzi yashash sharoiti.
II.Bob. Rivojlangan urugʻ jamoasining moddiy madaniyati. 2.1. Rivojlangan urugʻ jamoalarining madaniy xususiyatlari.
2.2. Rivojlangan urugʻ jamoalarining madaniy yashash sharoitidagi farqlar.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Doimiy yerto’la,loy,guvaladan qurilgan kulbalarda yashaganlar.O’troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga,cho’l mintaqalarida esa,o’troq ovchilik xo’jaligining qaror topishiga olib kelgan. Keyinchalik ovchilik xo’jaligi zamirida chorvachilik paydo bo’lgan. Neolit davrining eng katta yutug’i ham dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi edi. Ibtidoiy qabilalar ishlab chiquvchi xo’jalikka o’tishdi. Bu uzoq va mashaqqatli davom etgan jarayon bo’lgan. Termachilik zamirida dehqonchilik yotgan,ovchilining zamirida esa,chorvachilik yotgan.Tadqiqotchilarning fikricha, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo’lishiga ayollarning mehnati va sinchikovligi sabab bo’lgan. Neolit davrida toshni ishlash texnikasida yangi usullar-silliqlash,arralash, va parmalash usullari ixtiro etiladi. Bu esa ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni yanada tezroq rivojlanishiga olib keladi. Bu usullar hamma qurollarga nisbatan qo’llanilmagan. O’tkir tig’ beruvchi qurollar yasashda kertma va yorma uslubidan foydalanganlar. Neolit davrida qurollarning turi ko’paygan: tosh boltalar,ponalar,tosh teshalar,iskanalar, og’ir cho’qmorlar paydo bo’lgan. Tosh boltalar neolit davrida barcha og’ir yumushlarni bajargan. O’rta Osiyoda neolit davri jamoasi rivojlanishining 2 xil ko’rinishi bo’lgan: 1. Janubi-g’arbiy hududlarida, hozirgi Turkmanistonning Kopettog’ tog’i oldi daryo havzalarida ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan.2.Markaziy va shimoliy hududlarida esa, neolit davri jamoalari ovchilik va baliqchilik xo’jaligi bilan shug’ullanganlar. Mintaqalararo rivojlanishning o’ziga xos jihatlari tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan. Shuningdek, O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklarini bir necha yirik territorial-xo’jalik shakllarga ajratilgan: masalan, Joytun madaniyati,Kaltaminor madaniyati,Hisor madaniyati va Sazag’on madaniyati shular jumlasidandir.
manbalardan foydalanish.