Kirish I. Bob. Rivojlangan urugʻ jamoasining moddiy madaniyatidagi oʻzgarishlar



Yüklə 75,2 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü75,2 Kb.
#207127
1   2   3   4   5   6
kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

1.1. Rivojlangan urug’ jamoasidagi chorvachilik
Chorvachilikning vujudga kelishi ishlab chiquvchi kuchlar tarqqiyotidagi boshqa o ‘zgarishlar bilan bir qatorda kechdi. Avvalo, toshdan mehnat qurollari yasash texnikasi ahamiyatli darajada o‘sdi. Siqib retushlash texnikasi yanada takomillashdi. Ayrim joylarda mezolit davridayoq toshlami silliqlash yoki sayqallash, shuningdek, neolitda tomorqa uchun o‘rmonlami tozalash va daraxtlami kesish uchun nisbatan samarali bolta va teshalarga boigan zaruriyat toshlari arralash va parmalash kabi usullar keng tarqala boshladi. Mehnat ov qurollarini yasashda yangi nisbatan qattiq minerallar turi: nefrit, jedent, obsidianlardan foydalanilaboshlandi. Yerosti toshlarga ishlovberish (ya’ni kovlab olish) boshlandi. Dehqonchilik ehtiyoji nafaqat bolta va yana boshqa mehnat qurollarini ham takomillashtirishni talab etgan. Termachilar foydalangan kovlovchi - tayoq va sodda kesuvchi tosh pichoqlar taraqqiy etib, haqiqiy motiga va o‘roqlarga aylandi, g'alla yanchgich hovonchalar xo‘jalik hayotiga keng kirib keldi. Joylarda yemi oddiy memortsiya usullaridan foydalanila boshlangan, masalan, Old Osiyodagi irrigatsiya yoki Yangi Gvineyadagi drenajlar misol boia oladi. Yuqori ixtisoslashgan ovchi, baliqchi, termachi xo‘jaliklardagi mehnat qurollaming takomillashib borishi natijasida ulaming ko‘rinishi ham o‘zgarib borgan. Quriqlikdagi ovda tuzoq, qopqonlardan, dengiz ovchiligi va baliqchilikda nisbatan taraqqiy qilgan garpun, to‘r, qarmoqlardan foydalanilgan. Mazkur davrdan 188 o‘yma - qayiq, sudratma turlardan foydalanish keng ko‘lamda iste’molga kira boshlagan. Ishlab chiqaruvchi yoki yuqori darajada ixtisoslashgan o‘zlashtirma xo‘jalikka o‘tish jarayoni qayerdaki o‘troq turmush tarziga o'tgan jamoalarda o‘z nihoyasiga yetdi. Shuning uchun endi ibtidoiy kulbalar o‘z o‘mini nisbatan uzoq muddatli yerto‘la yoki yarim yerto‘la, keyinroq yer ustidagi mustahkam uylarga bo‘shatib berdi. Neolit davrida kashf etilgan to'quvchilik va oddiy to‘qimachilik o'simlik tolasidan tayyorlangan kiyimlardan aks eta boshladi keyinchalik teridan ham kiyimlar tayyorlana boshladi. Uy-ro‘zg‘or buyumlari muhim bir kashfiyot, ya’ni sopolda yasala boshlandi. Sopol buyumlar, asosan, ikki usulda spiralsimon tasma va aylana shaklda loyni bir-biriga yopishtirish orqali yasalgan. So‘nggi urug‘ jamoasining asosiy ishlab chiqarish yutug‘i sifatida - dehqonchilik va chorvalikning shakllanishi, toshga ishlov berish texnikasining takomillashuvi, sopolning kashf etilishi, to‘qimachilik va boshqalar aynan mazkur davrda insoniyatning tajriba va bilimining ahamiyatli darajada o‘sganligidan guvohlik beradi. Shu bilan birgalikda mazkur davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti ham yuzaga keladi(l va II). Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. So‘nggi ibtidoiy jamoa bosqichida ham ilk ibtidoiy jamoa bosqichida bo‘lgani kabi jamoaviy mehnatning roli katta boigan. 0 ‘rmonlami tozalash, chorvani boqish samarali ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish, albatta, bir oilaning qoMidan kelmagan, shu sababli jamoaviy mehnat va yerga jamoaviy egalik o‘z ta’sirini saqlab turgan. Keyinchalik so‘nggi urug‘ jamoasi bosqichi oxirlariga kelib ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi mazkur prinsiplarning buzilishiga olib keldi. Yer uzoq vaqt jamoa mulki sifatida saqlanib kelinganligi Yangi Gvineya papuaslari misolida ham o‘z aksini topgan. Ularda yer avloddan avlodga o‘tish shart hisoblangan. Jamoadagi to‘plangan oziq-ovqatlar taqsimotida har doim ham tenglikka e’tibor berilmagan bir-biriga qondosh yaqin qarindoshlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 189 Ammo ayrim holatlarda bulling aksi ham bo‘lgan. Masalan, yaxshi hosil olgan yoki chorvadan yaxshi nasi olgan yoki ovda omadi yurishgan ovchi mazkur mahsulotlarni o‘zida qoldirgan yoki kim bilan xohlasa o‘sha bilan boiishgan hollari ham uchragan. Etnologik maiumotlaming guvohlik berishicha, papuaslarda och qolgan papuas qarzini qaytarishni aytgan holda o‘ziga qo‘shni boigan yaqin qarindoshining tomorqasidan yamini erkin olishi mumkin boigan boisa, Janubiy Amerika kubeo qabilasida bu o‘g‘rilik hisoblangan. Oila va nikoh So‘nggi urug‘ jamoasida juft nikoh ustuvorlik qilishda davom etgan. Avval boiganidek guruhiy munosabatlar davrasida bu ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgan.
Dastlab ibtidoiy jamoa rivojlanishining ilk bosqichlarida mehnatning eng oddiy, ya’ni tabiiy taqsimoti shakllangan. Mehnat taqsimotining ushbu shakli asosan ayollar bilan erkaklar, yoshlar, kattalar va qariyalar o’rtasida bo’lgan. Ayollar, erkaklar, yoshlar, kattalar, qariyalar ma’lum mehnat turi bilan shug’ullanishgan.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan oddiy yoki tabiiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotiga aylangan. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga jamiyatning ichidagi mehnat taqsimoti, tarmoqlar orasidagi, korxonalar o’rtasidagi, korxona ichidagi va korxonadagi ayrim ishchilar orasidagi mehnat taqsimoti kiradi.
Mehnatni ijtimoiy taqsimlanishining asosiy tarkibiy qismi bu mehnatning geografik (xududiy) taqsimotidir.
Mehnatning geografik taqsimoti, bu ijtimoiy mehnat taqsimotining xududiy shaklidir, ya’ni mamlakat miqyosidagi rayonlar (ichki davlat) va turli mamlakatlar (xalqaro) orasidagi mehnat taqsimotidir. Bunda mamlakatlar va rayonlar ma’lum bir maxsulotni ishlab chiqarishga, uni ayirboshlashga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarilgan maxsulotning rayonlar va davlatlar o’rtasida taqsimlanishi mehnatni xududiy taqsimlanishining asosi bo’ladi. Mehnatning xududiy taqsimoti iqtisodiy geografiya fanining asosiy tushunchalaridan biridir.
Xududiy mehnat taqsimotining ancha takomilashgan shakllari kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan ayrim mamlakatlar va rayonlar doirasida yuz bera boshlagan. Ishlab chiqarishning mashinalashuvi mehnatning xududiy taqsimotini chuqurlashtirib yubordi. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin yangi yerlar ochilib, mustamlakalarning vujudga kelishi mehnat taqsimotining xududiy chegaralarini kengaytirib yubordi, natijada milliy xo’jaliklar u yoki bu darajada xalqaro bozor bilan bog’lik bo’lib qoldi.
Demak, mehnatning geografik taqsimoti deganda ayrim xududlarni ma’lum bir maxsulotlarni ishlab chiqarishga va ularni ayirboshlashga hamda ma’lum bir xizmatlarni ko’rsatishga ixtisoslashuvi tushuniladi.
Geografik mehnat taqsimotining eng yuqori shakli bu xalqaro mehnat taqsimotidir.
Xalqaro mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarni muayyan maxsulot turlarini ishlab chiqarishida, muayyan xizmatlarni bajarishga ixtisoslashuvida va ularni ayirboshlashida namoyon bo’ladi.
Har qanday davlatning xo’jalik qiyofasini uning xalqaro ixtisoslashgan sohasi belgilab beradi.
Har qanday davlatda xalqaro ixtisoslashgan soha bo’lishi uchun quyidagi sharoitlar bo’lishi shart:
— mazkur mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan alohida ma’lum bir tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak;
— mazkur mamlakat ishlab chiqargan maxsulotga haridor bo’lishi kerak;
— maxsulotni xalqaro bozorga olib chiqish uchun ketgan transport harajatlari kam bo’lishi kerak.
Xalqaro mehnat taqsimotining shakllanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadimgi davrlarda uning ba’zi bir elementlari bo’lgan. Kadimgi Rim imperiyasi, Karfagen va Arab xalifaliklari orasida keng maxsulot ayirboshlash bo’lgan. Eramizgacha II asrdan, eramizning XV—XVI asrlarigacha Sharq bilan G’arb davlatlari o’rtasidagi maxsulot ayirboshlash «Buyuk ipak yo’li» orqali amalga oshirilgan.
Mehnat xalqaro-geografik taqsimotining yanada chuqurlashishi natijasida ayrim mamlakatlar milliy xo’jaliklarining uzviy jixatdan yaqinlashib ketishi sodir bo’ldi. Oqibatda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar vujudga keldi.
Mashhur tarixchi olimlarning aytganidek, biz uchun hamma narsadan ham muhim va yuksak bo’lgan tarix fani kishilik jamiyati, uning rivojlanish qonuniyati haqida bahs etadi. Jahon xalqlari tarixi muqarrar ravishda biri ikkinchisi bilan almashinuvi beshta tarixiy davrga bo’linadi. Ular ibtidoiy jamoa, qadimgi, o’rta, yangi va eng yangi tarixiy davrlardir. Ularning eng dastlabkisi ibtidoiy jamoa tuzumi hisoblanadi. U er kurrasida odamzod paydo bo’la boshlagan vaqtdan boshlab ibtidoiy gala, urug’ urug’chilik tuzumining vujudga kelishi, urug’chilik tuzumining emirilishi, mulkiy tengsizlik tabaqalar va davlatning kelib chiqishigacha bo’lgan katta tarixiy davrni o’z ichiga qamrab oladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi o’zidan keyingi barcha davrlarga nisbatan mehnat qurollarining soddaligi, binobarin ishlab chiqarish kuchlarining nihoyat darajada past bo’lishi bilan belgilanadi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ayniqsa urug’chilik tuzumigacha bo’lgan davrda odamlar tosh, yog’och, suyak va boshqa buyumlardan yasalgan juda sodda qurollarga ega edilar. Ular erda mavjud bo’lgan narsalarni terib eb ovchilik va termachilik bilan tirikchilik qilganlar.
Keyingi 40-50 yil ichida arxeolog olimlar Afrika, Osiyo, Evropa va er kurrasining boshqa joylaridan ibtidoiy kishilarning juda ko’p makon va manzillarini kavlab ochishga muvaffaq bo’ldilar. Arxeologik qazishlar natijasida mazkur manzilgohlardan kishilikning eng qadimgi tosh asriga mansub bo’lgan ko’plab tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan oddiy, sodda qurollar, hamda ularning ayrim siniq parchalari topilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, ayniqsa uning dastlabki bosqichlarida odamlar yasab foydalangan mehnat qurollari shunchalik sodda ekan, bu ularning mehnat malakasi, ishlab chiqarish tajribasining nihoyat darajada past bo’lganligidan darak beradi.
Demak, mehnat qurollari xilining ozligi, ularning soddaligi, qurol yasash texnikasining rivojlanmaganligi, o’z imkoniyatlarini bilmaslik ibtidoiy kishilarni tabiat oldida, unda ro’y beradigan turli tuman dahshatli tabiiy hodisalar oldida ojiz va himoyasiz qilib qo’ygan edi. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi odamlarning yakka tartibda yashab kun kechirishlariga, binobarin tabiatdagi xilma-xil hodisalarga qarshi ayrim-ayrim holda kurashlariga sira ham imkon bermas edi. Insonni bu dahshatli kuchlardan, azob uqubatlardan faqat mehnat, shunda ham umumlashib qilingan ijtimoiy mehnat qutqara olar edi, xolos. Ibtidoiy kishilar birgalashib mehnat kilishlari natijasidagina qadam-baqadam tabiatning dahshatli kuchlarini enga boradilar. Ibtidoiy davr kishilari o’sha vaqtlarda birgalashib mehnat qilmaganlarida, umumlashib vahshiy hayvonlarga qarshi kurashmaganlarida, ular qurshovida yashay olmay mazkur hayvonlarga emish bo’lib, yuzidan yo’q bo’lib ketar edilar. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek ular umumlashib yashash va mehnat qilishlari tufayligina yovuz kuchlardan g’olib chiqdilar.
Demak, o’sha davrdagi shart-sharoit ibtidoiy kishilarni birgalashib mehnat qilish va yashashga majbur etdi.
Birgalashib mehnat qilish, yashash ishlab chiqarish vositalari, hamda iste’mol mahsulotlarini hamma uchun umumiy mulkka aylantirgan edi.
Umum mehnati natijasida qo’lga kiritilgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol buyumlari u yoki bu guruhda yashagan barcha katta-kichik kishilar orasida barobar taqsimlanar edi.
Ibtidoiy kishilar tomonidan qo’lga kiritilgan iste’mol buyumlari o’rtada bo’lib hammaga barobar taqsimlanar edi. Lekin umumiy mulk bilan bir qatorda kishilarning shaxsiy buyumlari ham bo’lgan. Kiyim-bosh, jangovar, ov va ba’zi ishlab chiqarish qurollari shular jumlasidandir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nozi-ne’matga hammaning egalik qilishi, tengliylik mavjud ekan, unda xususiy mulk ham, kishini kishi tomonidan ekspluatastiya qilish ham qabiladan alohida ajralib turuvchi zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat ham yo’q edi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi tabaqasiz va davlatsiz jamiyat edi. XIX va XX asrning mashhur tarixchilari bu eng dastlabki davriga baho berib, uni hamma barobar, teng bo’lgan ibtidoiy davr deb ta’riflagan edilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumining xuddi shu eng muhim xususiyati ham bilish ham dunyoqarash jihatdan juda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Ibtidoiy jamiyat tarixining dalillari xususiy mulk, ijtimoiy tengsizlik va davlat hokimiyatining kelib chiqishining tub mohiyatini bilib olishga imkon yaratib berdi. Darhaqiqat tabaqalar davlat hokimiyati tizimi va qismlari hech qachon azaldan mavjud bo’lgan emas, u ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi natijasida vujudga kelganligini olimlar tomonidan isbotlangan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik tarixining eng dastlabki, eng oddiy shakli edi dedik. Lekin u bir erda qotib qolmadi, oddiylikdan murakkablik sari qadam qo’ya borib, keyingi davr uchun olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan juda ko’p kashfiyotlarning poydevor toshini yaratdi. Insoniyatning iqtisodiy hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan xo’jalik shakllari - dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, arxitektura, savdo va dastlabki almashuv munosabatlari ibtidoiy jamiyat tarixi zaminida shakllandi va rivojlana borgan.
Bu hol ibtidoiy davrdan so’ng yashagan avlod uchun benihoya katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ibtidoiy jamiyat tarixi haqidagi ma’lumotlarini bilish nazariy jihatdan tashqari amaliy ahamiyatga ham egadir.
Xususiy mulk, tabaqalar, davlat va dinni vujudga keltirgan tarixiy sharoitlar va sabablarni bilish ularni tugatishga aniq yo’l ochib beradi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyati tarixining juda katta davrini tashkil etar ekan ibtidoiy jamiyat tarixi fanining vazifasi mazkur qadimiy davr tarixini har tomonlama chuqur o’rgana borishdan iboratdir.

Ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan shug‘utlanuvchilar orasida poliginya, xususan, sororat tartibidagi ko‘p xotinlilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalarda esa liverat tartibidagi poliendriya - ko‘p ertihk keng tarqalgan edi.




Yüklə 75,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin