Kirish I. Bob. Rivojlangan urugʻ jamoasining moddiy madaniyatidagi oʻzgarishlar


Rivojlangan urugʻ jamoalarining madaniy yashash sharoitidagi farqlar



Yüklə 75,2 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü75,2 Kb.
#207127
1   2   3   4   5   6
kurs ishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Uchtut
2.2. Rivojlangan urugʻ jamoalarining madaniy yashash sharoitidagi farqlar.
Ishlab chiqarish kuchlaming rivojlana borishi mehnatning birinchi va uchinchi taqsimoti va boshqa qator sabablar jamiyat ichida katta o‘zgarishlar sodir boiishiga olib keldi. Bu hoi oqibat natijada ibtidoiy tuzumning inqirozga yuz tutishiga sabab boidi. Bu jarayon partiarxal jamiyatning asosiy negizini tashkil etgan katta oilalarga ta’sir etib, ular kichik-kichik mustaqil oila bo‘lib ajralib chiqaboshladilar. Mustaqil xo‘jalikyurita boshladilar. Katta patriarxal oilalaming mayda oilalarga bo‘linib ketishi, xo‘jalik jihatidan mustaqillikka va erkinlikka intilishlari xususiy mulkning vujudga kelishi uchun zamin hozirladi va oqibat natijada uni vujudga keltirdi. Xususiy mulkning vujudga kelishi masalasi ibtidoiy jamiyat, umuman, bashariyat tarixi bilan shug‘ullanuvchi barcha olimlar oldida turgan eng muhim masalalardan biridir. Xususiy mulkning kelib chiqishi masalasida Yevropa olimlari qator “nazariya”lami ilgari suradilar. Ularning fikricha xususiy mulk azaliy va tabiiy emish. Eng avval qaysi narsalar, nimalar xususiy mulkka aylangan degan masala olimlami qiziqtirgan. Bu masalada hali olimlaming fikr-mulohazalari bir xil emas. Ba’zilar chorvani eng dastlabki xususiy mulk desalar, boshqalar yemi va bo‘lak narsalami eng dastlabki xususiy mulk bo‘lgan deydilar. Shuni aytish kerakki, qayerda xo‘jalikning qaysi tarmogT rivojlangan bo‘lsa, mazkur xo‘jalik yetishtirgan mahsulot shu joyda xususiy mulkning ramzi bo‘ladi. Chorvachilik rivojlangan rayonlarda dastlab chorva mollarining xususiy mulkka aylanganligi shak-shubhasizdir. Xo‘jalikning asosini dehqonchilik, bog‘dorchilik tashkil etar ekan, demak, u joylarda yer xususiy mulkning manbai bo‘lib qolgan. Demak, ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi yirik patriarxal oilalar 222 yemirilib uning ohniga kichik oilalar maydonga keldi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida kichik oilalar jamiyatining asosiy xo‘jalik va ijtimoiy tashkilotiga aylandi. Mol-mulk, chorva, yer va boshqa narsalar kichik oilalar ixtiyoridagi xususiy mulkka aylandi. Oila boshlig‘i esa oila ixtiyoridagi yer, suv, chorva, o‘z xotini, bolalari ustidan ayni vaqtda ularning mehnati ustidan cheksiz huquqqa ega ega bo‘lgan hukumron shaxsga aylandi. Shunday qilib xususiy mulkchilik kelib chiqdi. Kichik oilada ishlab chiqarishning ham dehqonchilik, chorvachilik ayirboshlash va boshqa sohalaming yuksala borishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talab kuchaya bordi. Kichik oila katta xo‘jalik yurita boshlash natijasida oilada kishilaming ish kuchi kifoya qilmay qoldi. Endilikda xo‘jalik ishlarini olib borish uchun tashqaridan qo‘shimcha yangi ishchi kuchi kerak bo‘lib qoldi. Bunday ishchi kuchni o‘zga qabilalar bilan olib borilgan urushlar vaqtida asr olingan kishilar tashkil etib, ular qullarga aylantirilgan, ular mehnatidan turli xo'jalikning turli sohalarida foydalanilgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, harbiy asrlar qo‘shimcha ishchi kuchi, qulning yagona manbai emas. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilayotgan so‘nggi bosqichiga kelib, iste’mol buyumlari taqsimoti o‘zgarib, ba’zi kishilar nochor ahvolga tushib qoladi. Natijada qarz olish paydo bo‘lib, qarzni o‘z vaqtida yoki umuman to‘lay olmaslik qaramlik va asoratga olib keladi. Shunday qilib qul va qulchilik vujudga keldi. Qulchilik ba’zi joylarda matriarxatning so‘nggi bosqichlaridayoq vujudga keldi, ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlariga kelib, uning tanazzulga yuz tutgan davrida biroz rivoj topdi. Lekin bu davrdagi qulchilikni klassik qulchilikka taqqoslab bo‘lmas edi. Chunki u hali xo'jalik sistemasiga ishlab chiqarishning alohida vositasiga aylanmagan edi. Ular o‘z mulklariga ega bo‘lish bilan birga, ba’zi shaxsiy huquqlarga ham ega edilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan bir sharoitda hamma oilalar boylik jihatidan bir xil emas edilar. Ba’zi oilalar sermulk, badavlat, ba’zilari o‘rtahol, ayrimlari esa kambag‘alroq edilar. Ko‘rinib turibdiki, bu davrga kelib oilalar urug'lar va qabilalar jamoasi ichida ham mulkiy tengsizlik vujadga 223 keldi. Mulkiy tengsizlikda esa jamiyatni boy va kambag‘al tabaqalarga bo‘lib yuborib, ular orasida qator ziddiyatlami vujudga keltirdi. Bu ziddiyatlar esa ular orasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi xususiy mulkning vujudga kelishi bilan chambarchas bog‘liq. Mulkiy tengsizlikning vujudga keUshi bilan jamiyatning bir necha qarama-qarshi toifalarga bo'linishi ibtidoiy jamoa tuzumining negizida dastlabki quldorlik davlatlarini vujudga kelishi uchun asos yaratdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi so‘nggi davrda urug‘ jamoalari tarqalib qo‘shni jamoalar vujudga kela boshlaydi. Urug‘ jamoalarining ko‘chishi boshlanadi. Yoki ular borib o‘mashgan yerga o‘zga joylardan o‘zga uruqqa mansub odamlar guruhi kelib o‘rnasha boshlaydi. Bu ko‘chishlaming urug‘laming dastlabki teritorial birligini buzib yuborib, turli urug‘lardan tashkil topgan aralash qishloqlami vujudga keltiradi. Bu qo‘shni jamoalar edi. Shu tariqa qon-qarindosh urug‘chiligiga buzilib qo‘shni jamoalar paydo bo‘ladi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi xalqlarda bu jamoa, chorvadarlarda esa ko‘chmanchilar jamoasi nomini oladi. Qishloq jamoasi ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Qishloq jamoasi dualism - ikki tomonlama xarakterga ega edi. Bu ikkiyoqlik qishloq jamoasida ayni bir vaqtning o‘zida ham xususiy, ham ijtimoiy mulkning mavjud ekanligi bilan xarakterlanadi. Yemi yakka-yakka ishlash undan hosilni xususiy o‘zlashtirish hayvonlar qishloq xo'jalik buyumlari qullar, “uy va uning qo‘shimcha qismi - xovli” xususiy mulk hsoblanib ekiladigan yer, o‘tzorlar, o'tloq, yaylovlar, o‘rmonlar, tog‘-toshlar va suvlar umumiy mulk, hammaga tegishli bo‘lgan. Lekin qishloq jamosi ham barqaror bo‘lmay, ham keyinchalik o‘zgarishga uchragan. Qo‘shni qishloq jamoasidan dualizm uning umumiy mulkdan xususiy mulkka o ‘tish formasi bilan izohlandi. Lekin qadimgi sharqning sug‘orma dehqonchiligi rivojlangan mamlakatlarida qishloq jamoalari nisbatan barqaror bo‘lib, uzoq yashaganlar. Chunki sug‘orma dehqonchilikka asoslangan mamlakatlarda 224 kanallar, qazish sug‘orish inshootlarini qurish va ulami tartibga solib turish hamishd, hamma vaqt birgalikda mehnat qilishni taqazo etar edi. Shuning uchun ham bunday mamlakatlar uchun qo‘shni qishloq jamoasining ahamiyati katta edi. Talonchilik urushlari va harbiy demokratiya Xususiy mulk va mulkiy tengsizlikning vujudga kelib kuchaya borishi qator o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Bu hoi urug1 jamoa va qabilalar orasidagi munosabatlami ular orasida qator-qator kelishmovchiliklami vujudga keltirdi. Bu kelishmovchiliklar esa qabilalararo urushlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ilgari chegarani himoya qilish, o‘ldirilgan qabilalar, urug‘ a’zolarning xunini olish uchun urushlar olib borilgan bo‘Isa, endilikda urush talonchilik, boylik orttirish va qo‘lga kiritishning asosiy manbaiga aylandi. Urushda g‘olib chiqqan qabilalar, qo‘lga tushurgan xazina, qurol, chorva va boshqa qimmatbaho buyumlami o‘lja qilib olar, erkin aholini esa qul qilib haydab ketar edilar. Aholi sonning orta borishi bilan esa yengilgan qabilalaming ekin yerlarini, ajoyib o‘tIoqlarini, hayvonot olamiga boy bo‘lgan ov qilish maydonlarini ham tortib olar edilar. Talonchilik, bosqinchi qabilalarga mashaqqatli mehnatdan ko‘ra osonroq va hatto sharafliroq bo‘lib ko‘rinadi. Demak o‘sha davrdagi harbiy yurishlar, harbiy texnika va harbiy tashkilotlami qayta-qayta ko‘rishni talab etardi. Jangovar va mudofaa ahamiyatga ega boigan nayza, oybolta, cho‘qmor, qilich, dubulg‘a, qalqon, xanjar kabi qurollar o‘sha vaqtlarda paydo boldi va takomillasha bordi. Dushman hujumidan saqlanish uchun qishloqlaming atrofi qalin devor, ko‘tarma va xandaq kabi mudofaa inshoatlari bilan ihota qilina boshladi. Shunga muvofiq urush haraktlari, uning taktika va strategiyasi o‘zgarib murakkablashaboshladi. Aholining borgan sari zieh boiib yashashi talonchilik umshlari, o‘z-o‘zini mudofaa qilish, qator ichki va tashqi sabablar hamma yerda qarindosh qabilalar ittifoqini tuzish zamriyatini taqazo etdi. Qabilalar ittifoqi, ular orasidagi 225 iqtisodiy-siyosiy va madaniy munosabatlar esa turli qabilalaming bir-biriga qo‘shilib, aralashib ketishi natijasida jamiyatda yangi ijtimoiy shakl - xalqlar vujudga keldi. Dastlab, harbiy yurishlar vaqtida qabila boshlig‘ining o ‘zi barcha ishlarga rahbarlik qilgan. Lekin urush harakatlarining kuchayishi va urush texnikasining takomillashuvi natijasida alohida harbiy boshliqlar ajralib chiqa boshlaydi. Bu harbiy boshliq yoki lashkar boshi atrofida esa kuchli, botir, epchil va sadoqatli jangchilardan tashkil topgan askarlari bo‘lgan. Qabilani tashqi dushmanlardan muvaffaqiyatli ravishda mudofaa qilish va talonchilik urushlari va harbiy sohada olib borilgan boshqa ishlar lashkarboshilarning obro‘-e’tiborini oshirib yuboradi. Qo'shni qabilalar ustiga bosib borish, talonchilik urushlari natijasida hisobsiz o‘ljalar va asirlar qo‘lga kiritilgan. Shubhasiz, bu o ija va asirlar g‘oliblar orasida taqsimlanib, boylik va asirlaming katta qismi harbiy boshliqqa tekkan. Shunday qilib g‘olib kelgan lashkarboshilar va askarlar o‘zga qabila va xalqlami talash yo'li bilan boyib keta boshlaganlar. Endilikda ilgarigi xalq lashkaboshisi qabila uchun zarur boMgan mansabdor kishiga aylana boshlaydi. Xalq majlisi boMmagan joyda xalq majlislari paydo bo‘lib, xalq majlisi, lashkarboshi, oqsoqollar kengashi harbiy demokratiya deb atalmish tashkilotni tashkil etadilar. Xalq yig‘inida 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, ya’ni harbiy yoshdagi kishilar qatnashar edi. Unda yo‘lboshchini, demokratik muassasa hisoblangan xalq yig‘ilishi va oqsoqollar kengashi saylab qo‘yar edi. Harbiy demokratiyaning demokratik deyilishining sababi ham shundadir. Xalq yig‘ilishi harbiylar yig‘ilishi ham edi. Unda xalq lashkarboshisining ta’siri kuchli bo'lib, endilikda urushning o‘zi va urush olib borish uchun uyushish xalq turmushining muntazam funksiyalariga aylandiki, shuning uchun ham u harbiydir. Harbiy demokratik tushunchasini tarix faniga olib kirgan kishi L. G. Morgan bo‘lib, u rug‘chilik tuzumining so‘nggi bosqichi davridagi jamiyatni boshqarish tashkilotini “harbiy demokratiya” deb atagan. 226 Normanlar, qadimgi germanlar, keltlar, skiflar, jamiyatni qadimgi Rim podsholik davri va Gomer davridagi grek jamiyati harbiy demokratiyaning yorqin namunasi hisoblanadi. Shunday qilib, harbiy demokratiyaning vujudga kelishi talonchilik urushlari, qabilalararo munosabatlar, savdo-sotiq, ayirboshlashning kuchayishi xususiy mulkchilik, mulkiy tengsizlik, ijtimoiy tabaqalar va davlatning vujudga kelishi uchun zaruriy shart-sharoitlami yaratdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi о‘mi da, tabaqasiz jamiyat o‘miga tabaqali jamiyat va yuqori ijtimoiy toifalaming manfaatlarini himoya qiluvchi davlat vujudga keldi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Rivojlangan urug’ davri Kaltaminor madaniyati O’rta Osiyo huduida yangi manzilgohlarning shakllanishiga,aholi xo’jaligining takomillashuviga va yangi mashg’ulotlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Neolit davrida O’rta Osiyoda ko’plab madaniaytlar shakllangan. Neolitdavri yodgorliklari Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’ida ham o’rganilgan. Sazag’on jamoalari tog’ oldi buloq suvlari yoqalarida ovchilik ho’jaligi bilan shug’ullangan.Zarafshon vodiysida yashagan neolit davri qabilalari shaxta yo’li bilan xom-ashyo qazib chiqarish usulini ixtiro qiladilar. Neolit davri odamlari toshning xususiyatlarini o’rganishga e’tibor bergan. Ular ma’lum darajada nam tortgan (chaqmoqtosh qancha ko’p nam tortsa, undan istalgan shaklda yuqori sifatli qurol yasash oson bo’lgan) chaqmoqtosh topish ustida harakat qilgan. Chaqmoqtosh sirlarini yaxshi bilgan neolit davri ustalari ana shu chaqmoqtoshni izlash natijasida yangi kashfiyotlar qildilar. Ya’ni ular shaxta yo’li bilan xom-ashyo olish usulini ixtiro qiladilar. 1960 yilda arxeolog Ya.G’ulomov Navoiy viloyatining Uchtut degan joyida mehnat qurollari yasash uchun juda boy xom-ashyo markazini ochdi. Arxeologlar M.Qosimov va T.Mirsoatov Uchtut yodgorligini tadqiq qildilar. Uchtutda Chaqmoqtosh xom-ashyosi olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlangan. Kerakli xom ashyoni olish uchun esa o’raning har tomoniga qo’shimcha yo’laklar ochilgan. Uchtutda 100 dan ortiq shaxtaning o’rni ochib o’rganilgan.Neolit davrida dastlabki shaxtalar Angliya, Frantsiya, Daniya, Shimoliy Germaniya hududlarida ham ko’plab mavjud edi. Bu davrda xom ashyoni ixtisoslashgan tarzda qazib olish keng ko’lamda bo’lib, u san’at darajasiga ko’tarilgan. Ibtidoiy san’atning rivojlanish bosqichi ham neolit davriga to’g’ri keladi. Yuqorida keltirib o’tganimiz madaniyat yodgorliklaridan topilgan idishlarga, kulolchilik buyumlariga har xil rangdagi bo’yoqlardan naqshlar, odam va hayvon suratlari chizilgan. Shu bilan birga loydan yasalib pishirilgan ayol haykalchalari ham neolit davri moddiy topilmalari hisoblanadi.
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – dehqonchilik va chorvachilikni kashf etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz olimi G.Chayld fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nik-malarni paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish, o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod rivojlanish sari katta qadam tashladi. Aholining ko'payishi va qishloq xo'jaligi, chorvachilik, to'qimachilik yoki kulolchilik kabi ishlarga ko'proq berilish mehnat taqsimotining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan ba'zi omillar edi.Jamiyat erni ishlovchilar, hosilni yig'ib oluvchilar, toshlarni silliqlaganlar yoki dastgohlardan foydalanadiganlar va boshqa kasblar orasida bo'linishni boshladi. Ortiqcha narsalar bilan bir qatorda, tovar ayirboshlash yo'li bilan almashinish boshlandi, bu birinchi savdo turi.Bu omillarning barchasi, shuningdek xususiy mulkning kelib chiqishi va vaqt o'tishi bilan sinflar farqlanishining asoslari bo'lgan. Qishloq xo'jaligining joriy etilishi barcha sohalarda bir vaqtning o'zida sodir bo'lmagan, ammo juda xronologik farqlarga ega bo'lgan sekin jarayon edi. Shunday qilib, uzoq vaqt davomida qishloq xo'jaligi va kamharakat jamiyatlari paleolit ​​hayot tarzini saqlab qolgan boshqalar bilan birga yashab kelgan. Zig'ir va jun bilan tikilgan kiyimlarning qoldiqlari mutaxassislarni uy hayvonlari nafaqat oziq-ovqat uchun mo'ljallanganligini tasdiqlashlariga olib keldi. Neolit ​​davri inqilobi paytida, qo'shimcha ravishda to'qimachilik mahsulotlarini takomillashtirish uchun dastgohlar ixtiro qilindi.


Yüklə 75,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin