1.2. Rivojlangan urugʻ jamoasi turmush tarzi yashash sharoiti. Ilk va o‘rta paleolit davri insoniyatning ibtidoyi to‘da davri bo‘lib, so‘nggi paleolit davridan (40-12 ming yillik) urug‘chilik jamoasi davri boshlangan. Urug‘chilik jamoasida ayollar yetakchilikni egallaganliklari sababli, bu davrdan matriarxat (ona urug‘i) hukmronligi davri boshlanadi. So‘nggi paleolit davrida hozirgi zamon turidagi odam shakllangan. Bu davrda ilk diniy tasavvurlar- animizm,fetishizm, totemizm vujudga kelgan. Bu esa san’atning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan. So‘nggi paleolit davrida yevropoid, negroid, mongoloid – irqlari shakllangan. Pichoqlar paydo bo‘lgan. Suyakdan garpun, igna, bigiz ishlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlari uchun chayla, yarim yerto‘la va yerto‘lalarni qurib yashay boshlaganlar.
So‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklar kam topilganiga qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanishi so‘nggi paleolit davri taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlarini ochishga imkon berdi. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda 30 ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan bo‘lsa, shulardan 10 tasi O‘zbekistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, Siyobcha, Xo‘jamazgil makonlari yaxshi o‘rganilgan.
Markaziy Osiyo xududidan topilgan tosh qurollari G‘arbiy Osiyo xududlaridagilarga o‘xshash bo‘lganligi, ular o‘rtasida madaniy aloqalar borligini ko‘rsatadi. Janubiy O‘zbekistondagi Teshik tosh makonidan topilgan odamning ko‘mish marosimi buning yorqin misolidir.1 This phenomenon,which is established in the eastern Mediterranean, probably occurred in CentralAsia as well. The types of stone tools clearly indicate cultural links with regions of westernAsia. The determination of a Neanderthal population, known from the discovery of theburial in the Teshik-Tash Cave in southern Uzbekistan, is of great significance.
Toshkent viloyatida ulkan mamont qoldiqlari topildi Mahalliy Paleontologlar O‘zbekiston hududida ilk bora janubiy mamont qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘ldi. Topilma Toshkent viloyati Ohangaron vohasidagi Ovjazsoy hududida kashf qilingan. 2013 bahor oyida sodir bo‘lgan kuchli sel oqimi natijasida janubiy mamont tishlari yer yuzasida ko‘rinib qolgan. Tanasining qolgan qismi soy o‘zani yaqinidagi jarlik tagida joylashgan. Hozircha jonivorning faqat tishlari kovlab olingan bo‘lib, tanasini chiqarib olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi ko‘zda tutilgan. Qoldiqlardan paleontologlar ushbu jonivorning 1 million 200 — 1 million 800 yoshdagi ancha yirik turdagi mamontligini aniqlashdi. Uning dandon tishlari 100 kilogramm og‘irlikda bo‘lib, uzunligi 4 metrni tashkil etadi. Mutaxassislar fikricha, janubiy mamont tabiatda ro‘y bergan iqlim o‘zgarishlari natijasida bundan o‘n ikki ming yillar avval qirilib ketgan. Uning qoldiqlarini topish va ilmiy jihatdan o‘rganish sayyoramizdagi jo‘g‘rofiy, geologik, ekologik holatlarni tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ovjazsoydan topilgan fil suyagi ham ana shunday noyob va muhim ashyo hisoblanadi.
O‘zbekistonda Urug‘chilik jamoasi bundan 40 ming yil avval to milodiy 4 asrlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr arxeologik jihatdan so‘nggi paleolit, mezolit (o‘rta tosh davri), neolit (yangi tosh davri), eneolit (mis-tosh davri), bronza va ilk temir davrlari deb ataladi, tarixiy nuqtai nazardan esa, matriarxat, patriarxat va harbiy demokratiya bosqichlariga bo‘lib o‘rganiladi.
Mil. avv. 40-12 ming yilliklar davomida, ya’ni so‘nggi paleolit davri, matriarxat tuzumining ilk bosqichida, kishilik tarixida qator ixtirolar yuz berdi. Bu kromon’on odamlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi bilan bog‘liq. Sun’iy olov ixtiro qilinadi, onalar jamoani sardoriga, urug‘ni davom ettiruvchi iloh sifatida qarash paydo bo‘ladi. Bu davrda birinchi bor onalarning siymolarini chizish, haykallarini yasay boshlash, ya’ni ibtidoiy san’at kashf etildi; birinchi bor o‘ziga kulba qurishni o‘rganadilar, insoniyatning uch irqi shakllanadi. Demak, «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» deb atalgan kishilik jamiyati tarixi boshlanadi.
Matriarxatda mulk ijtimoiy xarakterda, urug‘ jamoasiniki edi. Chunki, jamoaning iqtisodiy asosini o‘zlashtiruvchi xo‘jalik tashkil etgan Qachonkim, ibtidoiy ajdodlarimiz dehqonchilik va chorvachilik hamda hunarmandchilikni kashf etishgach, jamoani iqtisodiy asosini ishlab chiqaruvchi xo‘jalik tashkil etadigan bo‘ldi, xususiy mulkchilikning kelib chiqishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Endi onalarning jamoada tutgan mavqei sekin-asta pasayib, jamoaga barqaror, mo‘may daromat keltiruvchi otalar bosh bo‘lib qoldi. «Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» zaminida yuz bergan birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti (dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi) va undan keyin yuz bergan ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti (hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajrab chiqishi), ota urug‘ining (patriarxatning) uzil-kesil qaror topishiga olib keldi. Patriarxatda mulk matriarxatning qator ijtimoiy huquqiy normalarini saqlagan holda, xususiylasha boshladi.
Xususiy mulkning kurtaklari dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarining kashf etilishi, jamiyatning iqtisodiy asosi o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tishi bilan bog‘liq edi. O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy mintaqalarida ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilik neolit davridan (Joytun madaniyati) boshlandi. Mintaqaning markaziy va shimoli-g‘arbiy hududlarida neolit davrida hali o‘zlashtiruvchi xo‘jalik hamon davom etar edi (Kaltaminor madaniyati).
Eneolit davrida ibtidoiy jamoalar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yuz bergan tub o‘zgarishlar tufayli mulkchilikning avvalgi ijtimoiy xarakteri o‘zgarib, birinchi navbatda, yerga va chorvaga bo‘lgan xususiy mulkchilik kelib chiqadi. Yerga xususiy egalik qilishning kelib chiqishi dastlab, bronza davrida, qadimgi dehqonchilik mintaqalarida, chorvaga xususiy mulk egaligining kelib chiqishi esa, dastlab dasht mintaqalarida yuz berdi.
Neolit yunoncha so’z bo’lib "neo" - yangi va "lit" - tosh, ya’ni yangi tosh degan ma’noni anglatadi. Bu so’z ibtidoiy jamoa tarixiga oid manbalarda birinchi bor Ovrupa arxeologlari tomonidan ishlatildi. Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash, zarralash va parmalash usullarining ixtiro etilishi tufayli kelib chiqdi. Toshni ishlash texnikasida bunday yangi usullarning kashf etilishi ibtidoiy ishlab chiqruvchi kuchlarning oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi.
Pardozlash texnikasining dastlabki elementlari mezolitda, hatto uning ilk izlari yuqori paleolitning so’nggi bosqichida ham ba’zan uchrab turadi. Ammo ular faqat nisbatan yumshoq toshlardan qurol ishlashda qo’llanilgan. Neolit davrining muhim xususiyatlaridan biri hisoblangan toshni pardozlash usuli tosh qurollarning barcha turlarini ishlab chiqishda qo’llanilavermas edi.
Hali ko’pgina qurollarni yasashda paleolit davrining kertma texnikasi keng qo’llanilar edi. Neolit davrida toshni ishlashda uchirma va yorma texnika usullaridan ham foydalanildi. CHunki bu texnika yordamida o’tkir tig’ beruvchi tosh pichoqlar, tosh teshgichlar, sanchqilar, qirg’ichlar yasash qulay edi. SHuning uchun ham ezib o’chirish texnikasi faqat neolit davridagina o’z taraqqiyotining eng yuqori cho’qqsiga ko’tarildi.
Tosh xom ashyosining xususiyatini yaxshi bilgan sinchkov ustalar shakl va vazifa doirasi har xil bo’lgan yangidan-yangi mehnat qurollari ishlashga jiddiy e’tibor berdilar. qurollarning turi kengaydi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ldi. hatto bir vaqtlar Ovrupa olimlari neolit davrini "boltalar asri" deb atashni taklif etganlar.
Pardozlangan tosh boltalar o’rmon kesishda, uy qurilishi ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovar qurol ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar orqali bajarilar edi. Masalan; Daniyada chaqmoqtoshdan yasalgan oybolta yordamida o’n soat ichida 26 ta diametri 20-25 sm li archa kesilib, ularning shoxlari butalgan, qobig’i archilgan va to’rt tomonlama yo’nilgan. SHu vaqt ichida bolta biron marta ham o’tkirlanmagan.
Mehnat qurollari takomillashgan neolit davri jamoalari uchun endi yuqori paleolit, ayniqsa mezolit davridagidek daydi hayot kechirishga zaruriyat qolmaydi. Endi ular o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga barham beriladi. Endi doimiy yerto’lalar, kulbalar yasash, loydan, guvaladan uy qurish, qishloqlarda yashash neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib bordi. SHunday qilib, doimiy utroqlik xo’jaligi paydo bo’ldi.
O’troq turmush tarzi, o’troq xo’jalik janubiy subtropik rayonlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli mintaqalarda, azim daryo va ko’l buylarida o’troq ovchilik xo’jaligining qaror topishiga olib keldi. O’troq xo’jalik yuritishning qaror topishi o’z navbatida chorvachilikning ham paydo bo’lishiga olib keldi.
Neolit davri jamoalari hayotida o’troq xo’jalikning yorqin belgisi sifatida yana bir xo’jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu-bulajak xunarmandchilik xo’jaligining muhim tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar (keramika) ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi. Keramikaning paydo bo’lishi neolit davrining ulkan kashfiyoti bo’lib, ayrim arxeologlar hatto neolit davrini "keramika asri" deb atashni taklif qilganlar.
To’qimachilik xunarmandchilikning vujudga kelishi ham neolit davrining buyuk kashfiyoti hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki uning yungidan hamda o’simliklar tolasidan to’qo’gan matolardan ham kiyim-kechak tuqib kiyadigan bo’ldilar.
To’qimachilik xunarmandchiligi maxsulotlari matriarxat jamoa a’zolarini faqat kiyim-bosh bilan ta’minlab qolmay, balki baliq ovi xo’jaligida ham keskin o’zgarishlarga olib keldi. Yig’ilgan ipdan to’r tuqish, u yordamida baliq ovlash ovchilik xo’jaligining keskin darajada rivojlanishiga olib keldi.