Berilgan yopiq struktur sxemadagi zvenolarning umumiy uzatish funksiyasi topilsin.
Sistemaning umumiy uzatish funksiyasini Gurvits turg’unlik mezoni asosida tahlil qilish.
Ushbu sistemaning xarakteristikalari MATLAB dasturidagi SIMULINK muhitida modelini yig’ish va analiz qilish.
1.2. Qisqacha uslubiy ko‘rsatmalar
Sistema aniqligiga qo‘yilgan talab asosida berilgan strukturaviy sxema uchun kuchaytirgichning kerakli uzatish koeffitsienti hamda berk sistema uchun uzatish funksiyalari aniqlansin. Turg‘unlikning algebraik mezoni yordamida berk sistemaninig turg‘unligi EHMda aniqlansin.
Hisoblarni tushuntirishda fikrni aniq ifodalashga alohida e’tibor berish zarur. Qisqartma nomlar birinchi marta ishlatilishida to‘liq yozilishi kerak. Rasmlar tagida ularning mazmunini aks ettiruvchi yozuvlar hamda ketma-ketlik tartibi bo‘lishi shart. Berk sistemaning o‘tkinchi jarayon grafigi. Adabiyotlarga ilova [1] tarzida beriladi.
Tushuntirish xatida materiallarni joylashtirish tartibi: Muqova (2-ilova), topshiriq (3-ilova), o‘qituvchi imzolagan kurs ishi vazifasi, kirish, hisob qismi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija.
1.3. Tushuntirish xatini qisqacha mazmuni Kirish
Chiziqli uzluksiz sistemani tahlili va hisoblash. EHMda hisoblashlarni natijasi. Hisoblashlarni mantiqiy ketma-ketligi va zaruriy tushunchalar.
Sistemaning umumiy uzatish funksiyasini hisoblash usullari haqida umumiy bayoni va hisoblash.
Gurvits turg’unlik mezoni asosida tahlil qilishning nazariy bayoni va berilgan topshiriqni hioblash ketma-ketligi.
MATLAB dasturining imkoniyatlari hamda SIMULINK paketi bilan ishlash.
Ushbu sistemaning xarakteristikalari MATLAB dasturidagi SIMULINK muhitida modelini yig’ish va analiz qilish.