Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org
Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon, bu ‒ asosiy o‘lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizning ob’ektiv haqiqatligini, to‘g‘riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish kerak. Demak, samarani o‘lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda, harajatlar va resuralarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi harajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi va umuman, xalq xo‘jaligi bo‘yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash harajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig‘imlarini aks ettiruvchi differensiyalangan ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi, kapital sig‘imi kiradi.
Mehnat sig‘imi milliy daromad, sof, yalpi, tovar mahsulotning yoki natural shaklda ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan harajat miqdorini tavsiflaydi.
Mahsulotning sermehnatliligi - muayyan turdagi mahsulotni (masalan, bitta traktorni, kostyumni yoki ko‘ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan ish vaqti miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.
Mehnat sig‘imining uch turi bo‘ladi: texnologik, to‘la va xalq xo‘jaligi mehnat sig‘imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab, u yana uch turga: rejali mehnat, normativ mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig‘imlariga bo‘linadi.
Mehnat sig‘imi bevosita sarf (asosiy hodimlar sarf qilgan mehnat) bo‘yicha, to‘la sarf (yordamchi hodimlar sarf qilgan mehnat) bo‘yicha hamda umumiy ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Ayrim komplekslar va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa, moddiy sarflar miqdorining qiymatiga nisbatan belgilanadi:
Mx Ms = ----------- Tmx Ko‘pincha amaliyotda mehnat sig‘imining boshqacha ma’nosini bildiruvchi mehnat unumdorligi (Mu) ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Tmx Mu = ---------- Mx Mehnat unumdorligi - inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
Ishlab chiqarishning material sig‘imi — mahsulot (ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish) birligiga ketadigan va unda ifodalanadigan moddiy resurslar (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, sotib olinadigan butlovchi buyumlar va yarimfabrikatlar, yoqilg‘i va energiya) yalpi sarfini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. U quyidagi formula yordamida ifodalanadi:
Mr Ms = ----- Tmx Ishlab chiqarishning fond talabligi mahsulot birligiga (natural yoki qiymat doirasida) to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. Fond sig‘imi (Fs) asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning samaradorligini ko‘rsatadi va bu fondlar o‘rtacha yillik qiymatining (F) mahsulot hajmiga (Mx) nisbatini ifodalaydi:
F Fs =----------- Mx Bu miqdorning teskarisi fond samarasi (natijasi) yoki fond qaytimi (Fk) deb yuritiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Mx
fk =---------- F Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini baholashda kapital qo‘yilmalardan foydalanish ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish fondlarini qayta takror ishlab chiqarishning yangi asosiy va aylanma fondlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan jamg‘arma fondlari samaradorligini tavsiflaydi. Bunday ko‘rsatkichlardan eng muhimi kapitaltalablik yoki kapital sig‘imi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich (Ks) kapital mablag‘lar (K) yordami bilan tayyorlangan mahsulotning ko‘paygan qismiga nisbati bilan ifodalanadi: