4.2. Ishlab chiqarish samaradorlignning mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlari. Harajatlarning umumiy va qiyosiy samaradorligi
Samaradorlik, bu ‒ foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda harajat qilish kerak.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan harajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir.
natija natija
S = _________________ = ____________________________________________________________ .
harajatlar mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va sotsial samaradorligini farqlaydilar. Samaradorlikni iqtisodiy va sotsial turlarga bo‘lish shartli bo‘linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat harajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin.
Bu yerda: shuni eslatib o‘tish kerakki, iqtisodiy va sotsial tushunchalarning sun’iy bo‘lishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisodiyot sotsial hayotdan tashqarida bo‘lmagani kabi, sotsial hayot ham iqtisodsiz bo‘lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham sotsial samara keltiradi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish — boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara — material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. U vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash ish vaqtining zoye ketishini kamaytirish, mablag‘lar oborotini tezlashtirish, mahsulot yetishtirish hajmini o‘stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.
Sotsial samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, sanoat tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo‘yicha harajatlarning o‘sishi bilan tavsiflanadi.
Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o‘zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o‘rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni sotsial-iqtisodiy samara deb atasak bo‘ladi.
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko‘rsatkichlar tizimida aks etadi.
Dostları ilə paylaş: |