Tayanch iboralar: milliy, iqtisodiyot, siyosat, bozor, xo‘jalik, sanoat, korxona, mehnat, boshqaruv, tuzilma, samaradorlik, iqtisodiy barqarorlik, raqobatchilik kurashi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat sohalari qanday shakllanadi?
2. Davlatning iqtisodiyot, jumladan, sanoat sohasidagi tarkibiy o‘zgarishlarga tegishli siyosatining mohiyati nimada?
3. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash deganda nimalar tushuniladi?
4. Tarmoq va tarmoq tuzilmasi tushunchasi nimani anglatadi?
5. Tarmoqlarning iqtisodiy guruhlanishi.
6. Tarmoqning rivojlanish sur’atlarini aniqlanishing qanday usullari mavjud?
7. Tarmoq strukturasi va uni belgilovchi omillar.
8. O‘zbekiston Rsspublikasi sanoati tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy yo‘nalishlari (tendensiyasi) nimalardan iborat?
9. Bu to‘g‘rida inqirozga taaluqli dasturda qanday fikr va mulohazalar bayon etiladi?
4-mavzu. Sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi.
Reja:
4.1. Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning o‘rni va ahamiyati
4.2.Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlari.Harajatlarning umumiy va qiyosiy samaradorligi
4.3.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning omillari va yo‘llari
4.1. Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning o‘rni va ahamiyati.
O‘zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, kalajakda esa, ularni mo‘l-ko‘l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir.
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo‘r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo‘ladi; agar yana ham ko‘proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo‘llaniladigan bo‘lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi.
O‘zbekiston sanoatida ana shu ikki yo‘ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda.
Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining «ko‘zgusi» hisoblanadi. Bu «ko‘zguda» ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o‘z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum harajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan harajatlar o‘rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining «ko‘zgusi» bo‘lgan samaradorlikda ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish harajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.
Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o‘rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqazo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko‘p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo‘ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo‘nalishlari Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlarida ko‘rsatib berilgan. Ular to‘g‘risida shu mavzuning 3 paragrafida batafsil so‘z yuritilgan.
Dostları ilə paylaş: |