Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


O‘zbekiston iqtisodiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə43/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

9.6.O‘zbekiston iqtisodiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni

Erkin iqtisodiy zonalar, odatda, geografik jihatdan ma’lum darajada alohida hududdir. Erkin iqtisodiy zonalarga ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida qaraladi. Ularning ishlashi tashqi iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish va erkinlashtirish bilan bog‘liq. Erkin iqtisodiy zonalarning bojxona, soliq va investitsion rejimi esa tashqi va ichki investitsiyalar uchun qulay hisoblanadi.


Erkin iqtisodiy zonalarning mamlakat ichidagi iqtisodiy jarayonlarni faollashtirishda foydalanish uchun xorijiy kapitalni jalb qilishdan tashqari, quyidagi yana uch vazifasini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
  • sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari eksportini rag‘batlantirish va shu orqali valyuta mablag‘larini jalb qilish;


  • hudud aholisining ish bilan bandlik darajasini oshirish;


  • hududlarni xo‘jalik yuritishning yangi usullarini sinash maydoniga, milliy iqtisodiyot rivojlanishining asosiga aylantirish.


Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ular faoliyatining jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jahon bozori bilan integratsiyani chuqurlashtirish, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan hududlar (erkin savdo hududi, eksport uchun mahsulot ishlab chiqarilishi) bilan birga ma’lum bir faoliyat shakli va ishlab chiqarish sohasini rag‘batlantirish uchun tashkil qilingan alohida tartibli maxsus zonalar ham mavjud bo‘ladi. Masalan, qoloq tumanlarni rivojlantirishni, sanoatlashtirishni rag‘batlantiruvchi maxsus hudud. Shu bois, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishning sabablari va maqsadlari har bir holatda o‘zgacha bo‘lib, bir-biriga o‘xshamasligi mumkin.


Erkin iqtisodiy zonalar nafaqat rivojlanib kelayotgan davlatlar territoriyasida, balki sanoati rivojlangan mamlakatlarda, yangi industrial mamlakatlarda hamda o‘tish iqtisodiyoti davrida bo‘lgan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularning boy tajribasidan to‘g‘ri foydalanish hozirgi zamon davr talabiga mos keldi.
O‘zbekiston “Erkin iqtisodiy zonalar” qonuniga asosan, Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli^
) erkin savdo zonalar;
2) sanoat zonalari;
3) texnologik zonalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin