Umuman, erkin iqtisodiy zonalarni joriy etishdan maqsad quyidagilar hisoblanadi:
·milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish;
·milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuv darajasini oshirish;
·mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash;
·samarali aholi bandligini ta’minlash;
·muayyan hudud aholisining turmush darajasini oshirish asosida butun mamlakat aholisining turmush darajasini yaxshilash;
·yopiq turdagi iqtisodiyotdan ochiq turdagi iqtisodiyotga o‘tish;
·hududning innovatsiyaviy imkoniyatlarini oshirish.
Jaxon amaliyotidan ma’lumki, EIZ turli maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi .
Birinchidan, EIZ tashkil etishdan maqsad milliy iqti-sodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti jarayoniga chuqur integ-ratsiyalashuvini ta’minlash hisoblanadi. Raqobatbardosh eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali valyuta tushumlarini ko‘paytirishga erishiladi. Agar mamlakat qandaydir sabablarga ko‘ra xorijiy tadbirkorlik kapitali uchun iqtisodiyotning erkinlashuvini ta’minlay olmasa, unda erkin iqtisodiy zona tashkil etish orqali xorijiy investorlarga qulay investitsiya muhitini yaratishi mumkin.
Ikkinchidan, EIZ birinchi navbatda import o‘rnini qoplovchi mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsu-lotlar bilan to‘ldirish uchun tashkil etiladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun hududda xorijiy kapital yordamida import o‘rnini qoplovchi ishlab chiqarish barpo etiladi.
Uchinchidan, EIZni maxsus tashkil etishda xalqaro mehnat taqsimotiga tovar ishlab chiqarish tarmoqlari bilan birgalikda turizm, madaniyat va sanatoriya-kurort sohalarining integra-siyalashuvi ham ko‘zda tutiladi.
To‘rtinchidan, EIZ ishlab chiqarishga xorijiy texnologiyalar va milliy ilmiy-texnik yangiliklarini tatbiq etish orqali bugun milliy iqtisodiyotda undan foydalanishni nazarda tutadi.