Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə48/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

Hudud chegaralari va faoliyat yurmtish tartibiga qarab erkin' iqtisodiy zonalar ikki turga bo‘linadi: anklav (yopiq) va integratsion. Anklav EIZda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot eksportga chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, maqsadi erkin almashinadigan valyutada daromad olishga qaratilgan bo‘ladi.

Integratsion zonalar — milliy va jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, erkin faoliyat yuritish tartibiga ega. Xalqaro mehnat taqsimotita keng jalb qilingan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lgan hudud hisoblanadi.

O‘zbekistonda EIZni tashkil etish iqtisodiyotni modernishsiyalash va texnologik jihatdan qayta qurish jarayonidagi quyidagi muhim ustuvor vazifalarni amalga oshmrish imkonini beradi:

· hududlarni rivojlantirish;

· yangi ishchi o‘rinlarini yaratish;

· iqtisodiyotning noan’anaviy tarmoqyaarini rivojlan-tirish;

· ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy ishlanmalarni joriy etish;

· xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida raqobat-bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish.

Mamlakatimizda erkin iktisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’qullangan «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risvda»gi O‘zbekiston Respub-likasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni esa amaldagi Qonunning erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tartibi, ularning turlari, mazkur zonalar ishtirokchilariga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish mexanizmini o‘zida aks ettiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi Farmoniga asosoan Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona, 2012 yil 13 apreldagi Farmoniga asosan «Angren» maxsus industrial zonasi hamda 2013 yil 18 martdagi Farmoniga asosan «Jizzax» maxsus industrial zonasi tashkil etilgan.


Respublikamizda erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgandir. Xorijiy investorlar uchun xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib chiqadigan huquqiy qoidalar va normativlar yaratildi.
Respublikaning Jizzax, Navoiy viloyatlarini iqtisodiy salohiyatini tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu mintaqalar o‘zining ham qishloq xo‘jalik, ham sanoat ishlab chiqarish darajasi bilan hududida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, erkin tadbirkorlik va erkin savdo zonalarini tashkil etish uchun qulay hisoblanadi. Har bir region o‘zining hududida u yoki bu tarmoqni rivojlanish darajasi va mavjudligi bilan farq qiladi. Bu omil Erkin iqtisodiy zonaning malum yo‘nalishdagi modelini tanlashda rivojlanishi strategiyasini ishlab chiqarishda va infratuzilmasini yaratishda muhim hisoblanadi.
Respublika Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ana shu kabi kamchiliklarni bartaraf qilishda muhim o‘rin tutadi. Jumladan, mazkur qarorga binoan, Erkin iqtisodiy zonalar hududida klaster yondashuvlardan samarali foydalangan holda, ishtirokchilar o‘rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilib, mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatdosh tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali ilg‘or korxonalar tashkil etiladi. Bu jarayonda ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport hamda sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash kabi chora-tadbirlar qo‘llaniladi. “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 2016 yil 26 oktyabrda «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekdi. Hujjatda «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalar deb atash belgilandi.
Farmonda qayd etilishicha, mazkur hujjat mamlakatda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Quyidagilar «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari (keyingi o‘rinlarda — erkin iqtisodiy zonalar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;


  • mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo‘llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;


  • erkin iqtisodiy zonalarda «yagona darcha» tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich o‘tish;


  • ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;


  • oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo‘lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish.


Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari quyidagi to‘lovlardan ozod qilindi:


  • er solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalaridan;


  • o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, xomashyo, material va butlovchi buyumlar, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari).


Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar 3 yildan 10 yilgacha muddatni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bunda kiritilgan sarmoyalar miqdori inobatga olinadi:


  • 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga;


  • 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga;


  • 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7 yil muddatga;


  • 10 million va undan ko‘p AQSH dollari hajmidagi investitsiyalar so‘nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi stavkalari qo‘llangan holda — 10 yil muddatga beriladi.


«Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari ishtirokchilari qo‘shimcha ravishda:


  • erkin iqtisodiy zonalar faoliyati davomida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyo, material va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi;


  • erkin iqtisodiy zonalar doirasida ishtirokchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijiy valyutada hisob-kitob qilish va to‘lash;


  • O‘zbekiston Respublikasining boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari — rezidentlari tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) uchun xorijiy valyutada to‘lash, shuningdek, eksport va import qilinadigan tovarlar uchun o‘zlariga qulay bo‘lgan to‘lash hamda hisob-kitob qilish shart va shakllaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.


Farmon bilan erkin iqtisodiy zonalarning Ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning o‘rniga erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi tashkil etiladigan bo‘ldi.


Bir oy muddatda erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kengaytirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini va ushbu zonalarni rivojlantirishning boshqa masalalariga taalluqli aniq tadbirlar ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin