Kirish Ish haqi hisoblashga asos bo‘lib xodimlarning tasdiqlangan shtatlar jadvali, tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo‘shatganlik va ish haqi stavkalariga muvofiq joydan joyga ko‘chirish haqidagi buyruqlari, 421


Ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llanilishi



Yüklə 60,18 Kb.
səhifə2/5
tarix17.04.2023
ölçüsü60,18 Kb.
#99311
1   2   3   4   5
ish haqi turlari hamda ularning darajasini belgilovchi omillar

Ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llanilishi

Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi to’lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo’yicha tarif stavkasidan kam bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi holda korxona rejali avans to’lashning o’rniga oyning birinchi yarmi bo’yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo’yicha ish haqi hisoblaydi.1
Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so’ng, 40-50 foizi miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat bo’lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi:
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi (bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani va shu kabilar uchun to’lanadigan haq);
- ish haqini yig’ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun;
- barcha turdagi qo’shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani bo’yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti;
- o’tgan oy bo’yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini hisoblash uchun;
- ijro varaqalari bo’yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari;
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo’yicha to’lov qaydnomaslari;
- rejasiz avanslar berish bo’yicha kassa-chiqim orderlari va h. k.
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo’lib hisoblanadi, chunki u har bir tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, to’lov va ushlanmalar turlari bo’yicha tuziladi. Тo’lov qaydnomasi quyidagi ko’rsatkichlardan iborat:
- to’lov turlari bo’yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti bo’yicha;
- to’lov va zachet turlari bo’yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 schyotning debet oboroti;
- qo’liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning kredit saldosi.
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko’rsatkichi pirovard hisoblashish bo’yicha to’lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha variantlar qo’llaniladi:
- hisoblashish-to’lov qaydnomaslarini tuzish yo’li bilan. Bunda ikki registr birlashtirilgan: hisoblash va to’lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o’zida to’lashga tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to’lanadi);
- hisoblash qaydnomasini tuzish yo’li bilan, to’lash esa to’lov qaydnomasi bilan amalga oshiriladi;
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo’liga tegadigani) «Ish haqi hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo’li bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun to’lov qaydnomasi tuziladi.
Moliyalash manbaidan qat’iy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari tarkibiga mehnatga haq to’lash bo’yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun bo’yicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o’rtacha ish haqi, rag’batlantiruvchi to’lovlar, kompensatsiya to’lovlari kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan mehnatga haq to’lash bo’yicha qilingan xarajatlarning barchasi xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o’tkazilib, keyin har oyda hisobot davri foydasini kamaytirishga yo’naltiriladi. Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi.
2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o’z navbatida mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo’yicha yig’ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo’yicha yig’ma» ishlov berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomaslariga asosan tuziladi2.
Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma’lumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1 jurnal-orderlariga, 7-qaydnomasga soliq ushlanmalari bo’yicha ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig’ini bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. Chunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi to’g’risidagi ma’lumotnoma 6410-schyotning kredit ma’lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning debeti bo’yicha; 7-qaydnomasga – 4710-schyotning krediti bo’yicha, 6990-schyotning krediti bo’yicha yoziladi.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi
Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi.
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:

  • xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;

  • kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;

  • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusdagi to’lovlar, shu jumladan:

  • texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq;

  • smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;

  • hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;

  • aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar xodimlarining va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to’lanadigan yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;

  • qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun ustama;

  • doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga ularning shaxtada ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;

  • mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to’lovlar;

  • xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to’lanadigan summalar;

  • ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to’lash;

  • ishlamagan vaqt uchun haq to’lash:

  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha ta’tillar, navbatdagi foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;

  • majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to’lash;

  • donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;

  • davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to’lash;

  • xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;

  • belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.

Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha aks ettirilib: 2020-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi3.
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.
Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi.
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyota ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim.




  1. Yüklə 60,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin