Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə2/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

MIF VA BADIIY IJOD

Reja:


  1. Mif va jahon adabiyoti.

  2. Mifning jahon adabiyoti tadrijidagi o’rni.

  3. Mifologiya va mif poetikasi jahon adabiyotini o’rganishda adabiy-nazariy, falsafiy- estetik asos sifatida.

  4. Mifologik maktab: tarixi, vakillari.

  5. Mif va falsafa

  6. Mifning shakllari: tabiat, jamiyat, inson, o’tmish, kelajak, yaratilish va inqiroz haqidagi miflar.

Adabiyotlar ro’yxati:

  1. “Jahon adabiyoti” jurnali. 1997-2018. // www.jahonadabiyoti.uz

  2. A.Abdurahmonov. Qadimgi turkiy adabiyot. Toshkent, 2008.

  3. N.Rahmon. O’zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirish. Toshkent, 2016.

  4. Sh. Sirojiddinov. O’zbek mumtoz adabiyotining falsafiy sarchashmalari. Toshkent, 2014




    1. Folklorning yozma adabiyotga ta’siri masalalari Alisher Navoiy zamonida qanday dolzarb ahamiyatga ega bo’lsa, bugun ham xuddi shunday. Alisher Navoiyning barcha asarlarida biz folklorga ijodiy yondoshuvni, milliylikka suyanib, umumbashariy qadriyatlar ulug’langanini kuzatamiz. Bu an’ana Navoiy, Bobur zamonidan so’ng Abdulla Qodiriydan to bugungi kunda ijod etayotgan adiblarimizgacha, Cho’lpondan to zamonamiz shoirlarining izlanishlarida ham u yoki bu darajada davom etayapti. Faqat bizda emas, dunyo adabiyotida ham shu hol kuzatilmoqda. Aytish mumkinki, so’nggi yuz yillikda adabiyotda folklorga qayta yuzlanish davri boshlandi. Joys, Borxes, Markes, Kafka, Kavabata kabi adiblar ijodi buning misolidir. XXI asrda dunyo miflariga qaytadan murojaat, yangicha talqin qilish davri, neomifologizm davri boshlandi.

Folklor har bir ijodkorga o’z yo’li, uslubi, o’zligini, o’q tomir ildizini topishga yordam beradi.

Lotin Amerikalik ulug’ adiblardan biri Xorxe Luis Borxes: «Adabiyot mif bilan boshlanib, mif bilan tugaydi», – deydi. Buni boshqacharoq qilib aytadigan bo’lsak, har qanday san’at, jumladan, badiiy so’z san’ati ham folklor bilan boshlanib, folklor bilan birga taraqqiy etadi.




Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin