Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə14/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

Jahon adabiyoti tarixiga Sofokl, asosan, Edip haqidagi rivoyatlar mavzuida yozilgan asarlari «Shoh Edip», «Edip Kolonda» va «Antigona» tragediyalari bilan kiradi.

Qadimgi Yunonistonda juda keng tarqalgan Edip afsonasi Sofokldan ilgari o’tgan bir qancha shoirlarning asarlariga ham mavzu bo’lgan, jumladan shu afsona asosida Esxil haq maxsus trilogiya yozganini yuqorida ko’rib o’tgan edik.



Fiva siklidagi Edip afsonasining qisqacha mazmuni tubandagicha, Fiva podshohi Lay qo’shni podshoh Pelopning uyida bir necha kun mehmon bo’lib, uning o’g’li Xrisippni olib qochadi. Mehmonning bu tariqa razil ko’rnamakligidan qattiq iztirob chekkan Pelop, ma’budlarga zor-zor yig’lab, dilozorni la’natlaydi. Oradan bir necha yillar o’tadi, Lay bola ko’rmaydi, bu ahvoldan tashvishlangan podshoh Delfadagi Apollon ibodatxonasiga borib, boshiga tushgan baxtsizlik sirlarini so’raganida, ibodatxona kohini Pelopning nola va iltixolari ma’budlar qoshida ijobat bo’lganini aytadi: Lay albatta bola ko’radi-yu, ammo bolasi o’z otasini o’ldirib, onasiga uylanadi...

Darhaqiqat ko’p o’tmay Layning xotini Iokasta o’g’il tug’adi. Kohinlarning bashoratidan qo’rqqan Lay, chaqaloqning tovoniga nishtar uradi-da, qullaridan biriga topshirib, Kiferon tog’iga eltib tashlashni buyuradi. Podshoh amin ediki, bu yerdagi yirtqich hayvonlar, albatta, bolani omon qoldirmagaylar. Biroq qul go’dakka achinib, uni shu tog’ etagida mol boqib yurgan Korinf podshohi Polipning cho’poniga beradi. CHo’pon esa bolani o’z podshohiga tortiq qiladi. Befarzand Polip behad sevinib, chaqaloqni o’g’il qilib oladi va unga Edip degan nom beradi. Oradan yillar o’tadi, Edipning o’zi ham Korinf taxtining vorisi, podshoh Polip va uning rafiqasi Meropaning farzandi ekanligiga zarracha shubha qilmasdan o’sadi. Ittifoqo bir bazmgohda jo’ralaridan biri kayf orasida uning asrandi o’g’il ekanligini aytib qo’yadi. Kutilmagan bu sir yosh yigitning dilida alamli shubhalarni uyg’otadi. Podshoh bilan malikaning so’zlari ham unga tasalli bermaydi. Boshiga tushgan mushkul masalani yechish niyatida Edip Delfa kohiniga maslahatga jo’naydi. Kohin Edipning qismati benihoyat og’ir ekanligini, ya’ni u o’z otasini o’ldirib, onasiga uylanajagini va bu nikoh natijasida bir qancha o’g’il- qizlar dunyoga kelishini, otaning kasofati bolalariga ham urishini aytadi. Biroq kohin mudhish sirni ochadi-yu, baxtiqaro Edipga uning haqiqiy ota-onalari kimligini aytmaydi. Chalkash muammodan Edip dahshatga keladi: endi bu yovuz ko’rgilikdan qanday qilib qutulsa ekan; axir kohin uning ota-onasi kimligini aytmadi-ku, bordi-yu, Polip bilan Meropa chindan ham uning ota-onasi bo’lsalar-chi?.. Nahotki, u ne-ne mehribonliklar ko’rsatgan podshohni o’ldirib, uning rafiqasi, o’zining sevimli onasiga uylansa! Yo’q, bundan buyon bevatan, benasl bo’lib dunyoda darbadar kezsa-kezadiki, Korinf tuprog’iga zinhor bazinhor qadam bosmaydi!.. SHunday mulohazalardan keyin Edip boshi oqqan tomonga qarab yo’l oladi. Biroq u og’ir qismat ta’qibidan qochishga qanchalar urinmasin, baribir taqdir uning izidan qolmaydi: Edip to’ppa-to’g’ri Fiva shahriga olib boradigan yo’lga tushadi. Uzoq yurib, ancha dovonlardan oshgandan keyin ikki tog’ o’rtasidagi chorraha yo’lda bir aravaga to’qnash keladi; aravaning ichida ulug’vor bir mo’ysafid o’tiribdi, orqada besh-olti odam uni kuzatib bormoqda. Aravaning oldidagi jarchi xayolga cho’mib parishonxotir kelayotgan yo’lovchiga o’dag’aylab, qamchi o’qtaladi. Bu nohaqlikdan g’azablangan Edip jarchini bir musht bilan ag’darib, o’tib ketayotganida arava ichidagi mo’ysafidni hassa bilan uning boshiga tushirib qoladi. Edip ilgarigidan battarroq tutaqib, qo’lidagi tayoq bilan cholning kallasiga chunon uradiki, u til tortmay dunyodan o’ladi. Keyin boshqalarga hamla qilib, ularni ham o’ldiradi, faqat bir odam arang qochib qutuladi. Shunday qilib taqdirning xohishi mustajob bo’ladi. Edip bilmasdan o’z otasi Layni o’ldirib qo’yadi.

Shu voqeadan keyin Edip yana yo’lga tushadi. U o’zini sira aybdor sanamas, hech qanday ruhiy notinchlik sezmas, vijdon azobidan xoli edi: axir, nimaga ham aybdor bo’lsin, birovga o’dag’aylamadi, nohaq so’kmadi, faqat o’zini himoya qildi, xolos. Edip shu taxlitda xayol surib, Fiva shaxriga yetib keladi va shahar aholisini nihoyatda og’ir qayg’u bosganini sezadi: bu yerda odambosh, arslon tana va kattakon ikkita qanotli bir mahluq – Sfinks paydo bo’libdi. U dengiz bo’yidagi yo’l ustida uzala yotib yo’lovchilarga topishmoq aytar, yecholmaganlarni temir changallarida ezg’ilab o’ldirar va keyin dengizga uloqtirar ekan, hozirgacha biron odam bu topishmoqni yecholmabdi, qancha- qancha azamatlar shaharni Sfinks balosidan qutqarmoqchi bo’lishibdi-yu, baribir maqsadlariga yetolmay, ne-ne qiynoqlarda o’lib ketishibdi. Buning ustiga jarchi podshohni, go’yo allaqanday qaroqchilar o’ldirib ketganligi to’g’risida xabar olib keladi. SHahar xalqining iztiroblarini ko’rgan Edip ularni Sfinks balosidan qutqarishga bel bog’lab, bahaybat mahluq huzuriga keladi, Sfinks topishmoqni aytadi:

Qanday jonivor ertalab to’rt oyoqlab, kunduzi ikki oyoqlab va kechqurun uch oyoqlab yuradi?


Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin