«ILIADA»
Qadimgi yunonlar Troya shahrini «Ilion» deb ham ataganlar. Binobarin, «Iliada» dostonining nomi ostida «Ilion qissasi», «Ilionnoma» degan ma’nolarni anglamoq lozim. Biroq bu nom asarning mazmuniga unchalik monand emas. Chunki dostonda asosan Yunon-Troya urushidagi kichik bir voqeagina bayon etiladi va ana shu yagona voqea atrofida mazkur urushning ba’zi hodisalariga yo’l-yo’lakay to’xtalib o’tiladi.
«Iliada» dostoni 15700 misradan iborat juda katta asar. Qadimgi olimlar, yunon alifbesining soniga qarab poemani 24 bobga qo’shimcha bo’lganlar.
Asar voqealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, o’z dostoninnng bosh mavzui Axill g’azablarini kuylashda undan madad tilaydi. Priamning birinchi qo’shig’i shu g’azabning sabablariga bag’ishlangan.
O’n yil bo’ladiki, Troya urushi hali bir tomonli bo’lgan emas. Shu davr ichida Ilion aholisi yunonlarga qarshi jiddiy kurashga otlanishdan cho’chib, faqat mudofaa yo’li bilan o’zini himoya qilib keladi, chunki Yunon lashkarlari orasida Fessaliya podshohi Peley va uning xotini – dengiz ma’budasi Fetidaning o’g’li Axill ham bor. Yunon pahlavonlaridan birontasi bahodirlikda Axill bilan tenglasha olmaydi. Axill tpoyaliklap
yuragiga shunchalar vahima solib qo’yganki, shahar darbozasini ochib tashqariga chiqishga ular jur’at etolmaydilar. Troya shahri ostonalarida lashkargoh qurgan yunonlar, tevarak-atrofdagi aholini talash, qiz-juvonlarni asir tushirish bilan ovora. Shunday bosqinchilik paytlarining birida yunonlar Apollon ibodatxonasining kohini Xrisning qizi Xpiseidani asir olib, bebaho o’ljani o’z sardorlari Agamemnonga tuhfa qiladilar. Ko’p o’tmay Xriseidaning otasi behad-behisob sovg’alar bilan o’z qizini ajratib olish niyatida yunonlar lashkargohiga keladi. Agamemnon Xrisning iltijolarini rad qilish bilan kifoyalanmasdan, keksa kohinni hatto haqoratlab jo’natadi. Agamemnonning tahqiridan qattiq ozor chekkan Xris Apollonga zor-zor iltijo qilib, dilozorning jazosini berishni so’raydi. Keksa kohinning nolalarini eshitgan Apollon Olimp tog’idan tushib, yunonlar lashkargohini kamalakdan o’qqa tutadi. Lashkarlar o’rtasida qirg’in boshlanadi. G’azab o’tida yongan Apollon bu bilan ham qanoatlanmasdan yunonlar ustiga o’lat yog’diradi, lashkargohni qabristonga aylantiradi. Og’ir musibatlarning sababini aniqlash niyatida Axill hamma qo’shinni yig’inga to’playdi. Kalxas degan kohin xaloyiqqa qarab, yunonlarning boshiga tushgan barcha ko’rguliklarning cababchisi Agamemnon ekanligini, alamdiyda Xrisning ko’z yoshlari tufayli begunohlar Apollon g’azabiga mubtalo bo’lganliklarini aytadi va Xriseida otasiga qaytarib berilmaguncha lashkargoh vabodan xalos bo’lolmamasligini uqtiradi. Bu so’zlarni eshitgan Agamemnon Kalxas bilan Axillni o’zining dushmanlari gumon qilib, ularga istehzoli so’zlar aytadi, biroq Apollonning qahridan qo’rqib, yig’in ahlining zo’ri bilan o’z asirasini otasiga qaytarishga rozi bo’ladi-yu, lekin uning badaliga Axillning asirasi Xriseidani talab etadi. Agamemnonning beorligidan qattiq g’azablangan ulug’ bahodir qilichini qindan sug’urib sarkardaga tashlanmoqchi bo’lib turganida, uning qarshisida Afina namoyon bo’lib, sevikli bahodirining qahrini qaytaradi. Axill noiloj taqdirga tan berib, qilichini qayta qiniga joylaydi-da, bundan buyon janglarda qatnashmasligini aytib, lashkarlari bilan o’z qarorgohiga jo’naydi. Or-nomusi, izzat-nafsi oyoq osti qilingan alamzada pahlavonning tun-kunlari shu soatdan boshlab qayg’u hasratda, iztirob qiynog’ida o’tadi. Bolasining ohu zorini ko’rgan Fetida Olimp tog’iga chiqib, Agamemnonning zulmidan Zevsga shikoyat qiladi va o’g’lini badnom etgan sardorning jazosini berishni so’raydi. Zevs Fetidaning iltimosini bajo keltirishni va’da qiladi.
Axill jangga qatnashishdan bosh tortgach, butun omad birdan troyaliklar tomoniga
og’ib ketadi. Ilion podshohi Priamning o’g’li Parisning akasi zabardast pahlavon Gektor boshchiligida Troya lashkarlari shahar darvozasini ochib tashqariga chiqadilar. Har ikkala tomonning bahodirlari o’rtasida yakkama-yakka jang boshlanadi. Birinchi bo’lib urushning bosh aybdorlari – Paris bilan Menelay maydonga chiqadilar. By jang urushni uzil-kesil bir yoqli qilishi kerak: kimda-kim g’olib chiqsa, go’zal yelena hamda Paris o’g’irlab kelgan qimmatbaho boyliklar o’shaniki bo’ladi. Raqibidan qasos olish alamida o’rtangan Menelayning nayzasi Parisning qalqonini parcha-parcha qilib yuboradi. Sparta podshohi Troya shahzodasining joniga qasd qilib, uni sudrab ketayotganida, Parisniig mehriboni Afrodita yetib keladi-da, o’z seviklisini qop-qora bulutlarga chulg’ab dast ko’targanicha Troya ichkarisiga, yelenaning yotog’iga qochirib keladi. Shuningdek, Gektor bilan Ayaks ham yakkama-yakka jangga chiqadilar, dahshatli kurashda Gektor yarador bo’ladi, Apollon uning jarohatini tuzatadi. yerdagi odam
bolalarining jang harorati Olimp tog’idagi ma’budlarning jazavasini ham qo’zitib yuborgan: Fetida va unga va’da bergan Zevs troyaliklar tomoniga, Afina bilan Gera yunonlar tarafiga o’tadilar. Axill jang maydonini tark etganida yunonlarning bir qancha pahlavonlari ajoyib bahodirliklar ko’rsatishadi. Diomed degan dovyurak botir dushmanga ayniqsa qaqshatqich zarba berib, behad-behisob troyaliklarni qiradi, shular jumlasida merganlikda tengi bo’lmagan Pandarni o’ldiradi, ikkinchi ulug’ Troya pahlavoni Eneyga xarsang tosh uloqtirib, uni qattiq yarador qiladi. Apollon Eneyni arang jang maydonidan olib qochib ketadi; qo’rquvni bilmaydigan Diomed hatto Afroditaga, urush ma’budi Aresga ham shikast yetkazadi. Bu jangda troyaliklar ham yunonlardan qolishmaydilar. Ularning sardori Gektor, ayniqsa mislsiz bahodirliklar ko’rsatadi. Kun bo’yi davom etgan qirg’in oqibatida jang maydoni o’liklarga to’lib ketadi. Murdalarni dafn qilish niyatida har ikkala tomon vaqtincha sulh tuzadilar. Dafndan so’ng jang yana avjiga chiqadi. Dushmanlarning g’azabi shu qadar kuchayib ketadiki, Olimp tog’ining x,ukmroni ma’budlarning yunonlar bilan troyaliklar mojarosiga aralashishlarini ta’qiqlab qo’yadi. Troyaliklarning mislsiz g’ayrat ko’rsatishlariga qaramay, yunonlar ularning madorini quritib, shahar devorlariga tomon qisib boradilar. Biroq taqdirning amriga, Zevsning Fetidaga bergan va’dasiga ko’ra yunonlarning yengilishi, troyaliklarning g’olib chiqishi lozim edi. Omad birdan Gektor tomoniga og’ib, troyaliklarning qo’li balandlashib ketadi. Yunonlar orqaga chekinib, sarosima ichida o’z kemalari tomon qochadilar; troyaliklar Gektor boshchiligida ularni izma-iz quvib boradilar, kech kirib, qorong’i tushishigina yunonlar joniga oro kiradi. Troyaliklar g’alaba gashtini surib, butun tunni shod-hurramlikda o’tkazadilar. Yunon lashkargohi ahllarining kayfiyati aksincha, juda parishon, juda tushkun. Bu mag’lubiyatlar, nihoyat o’ziga bino qo’ygan mag’rur Agamemnonning ko’zini ochadi. Qilmish xatolarini anglagan sardor, qimmatbaho tortiqlar bilan eng mo’’tabar kishilarni Axillga yuboradi. Ammo nafsoniyati qattiq ozor chekkan pahlavonni sardor bilan yarashtirishning aslo iloji yo’qligidan elchilar noiloj orqaga qaytadilar. Yunonlarning ahvoli borgan sari og’irlashadi. Troyaliklar tinchishni iltijo qiladilar. Biroq or-nomus, erkaklik hamiyati o’lim vahimasini yengib mardonavor kurashga undaydi-yu, ammo yurak bardosh bera olmaydi: ulug’ pahlavon bilan yuzma- yuz to’qnash kelganida Gektorni yana dahshat bosadi, raqibining oldiga tushib beixtiyor yana qochadi. Axill uning orqasidan izma-iz quvib ketadi. Shu tariqa ular shahar devorini uch marta aylanib chiqadilar. Olimp tog’i tepasidan bu daxshatli jangni tomosha qilib turgan Zevs har ikkala pahlavonning toleini tarozu pallasiga tashlaydi. Gektorning pallasi bosib tushadi. Apollon sevikli kahramonini taqdirning ixtiyoriga topshirib, jang maydonini tashlab ketishga majbur bo’ladi. Jangdan bo’yin tovlashga Gektorning endi iloji qolmaydi. Anchagina davom etgan shiddatli kurashdan keyin, Troyaning ulug’ bahodiri Axill qo’lida halok bo’ladi. Gektorni o’ldirish bilan yunon pahlavonining yuragi hamon taskin topgan emas, hatto raqibining o’ligini ham xo’rlash, tahqir etish niyatida Axill murdaning oyog’idan o’z aravasiga bog’lab, kun bo’yi jang maydonida sudrab yuradi. Troya devorlaridan qapa6 turgan Gektorning ota-onasi va butun Troya aholisi bahodirning xo’rlanishini ko’rib qon-qon yig’laydi, ularning faryodi marhumning sevikli rafiqasi Andromaxaning qulog’iga yetadi, u Troya gumbaziga
yuguradi va dahshatli fojiani ko’rib behush yiqiladi. O’ziga kelgach erini eslab fig’on qiladi.
Dushmandan qasos olib ko’ngli tinchigan Axill, birodari Patroklga shohona dafn uyushtiradi, marhumning arvohini tinchitish uchun Troyaning bir necha navqiron yigitlari qurbon keltiriladi, Patrokl sharafiga bazmlar quriladi, tomoshalar o’tkaziladi va har kuni Axillning o’zi Gektorning o’ligini aravasiga bog’lab, Patrokl qabri atrofida aylantirib yuradi. O’g’lining behad tahqir etilishini ko’rgan keksa Priam xatarli bir ishni jazm qilib, qimmatbaho in’om-ehsonlar bilan kechasi Axillning qarorgoxiga keladi va qotilning oyog’iga yiqilib, farzandining qonini to’kkan qo’llaridan o’pib, ko’z yoshlarini to’ka-to’ka, marhumning jasadini qaytarib berishini iltijo qiladi. Keksa g’amguzorning fig’onlari, ohi-zori pahlavonning ko’nglini ham buzib yuboradi, u ham o’z otasini eslab yig’laydi va raqibining o’ligini baxtsiz otaga qaytaradi. Doston Gektorning Troya shahridagi tantanali dafn marosimi bilan tugaydi.
Dostları ilə paylaş: |