Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə6/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

Ey, dunyodagi har narsani bilguvchi,

Ey, dengizlarni anglovchi, tog’lardan o’ta olguvchi. Ey, yovlarni yenguvchi do’stlari bilan,

Ey, aql-zakovat, bilimi bilan Siru asrorlarni ko’ra bilguvchi!

Bizga to’fongacha bo’lgan kunlardan xabarni berdi, Uzoq safarga chiqdi, lekin xorib qaytdi u.

Turmush mashaqqatin yozdi toshlarga. Unugni devorlar bilan o’radi.Muqaddas Ennaning nurli ombori

Devor qo’ng’iralarin ko’r, misdan yasalgan go’yo. Ko’tarmaga qara tengi yo’q uning……

Hamma insonlardan buyuk inson u.

Bu ta’rif qahramon chindan bilguvchi – Gilgamish ekanligiga shubha tug’dirmaydi.



    1. Doston qahramonining asl ismi Bilgadir. Mish esa o’sha davrdagi bobil, xett, ossuriy xalqi o’rtasida taniqli kishilar va afsonaviy qahramonlarga nisbatan keng qo’llanilgan bir belgi. Mish ko’proq turli janglarda g’olib kelgan, umuman, bahodir, pahlavon kishilarning nomidan keyin ishlatilgan. Mish turkiy xalqlar o’rtasida yaratilgan ayrim qahramonlik eposlarida, masalan, «Alpomish», «Kuntug’mish» dostonlarida yoki Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida o’z qadimiyligini to’la saqlagan (O’gdilmish, O’zg’urmish). Bizning milodimizda ham turk xoqonlari orasida Bilga va mish nomi bilan atalganlari bor. Masalan, VII-VIII asrlarda yashagan turk xoqonlaridan birining nomi Bilgadir. U 732 yilda vafot ettan va turkiylarning mamlakatiga 20 yil xoqonlik qilgan. Yoki Oltin O’rda xoni To’xtamish nomida shunday belgi mavjud.

    2. Doston qahramonining nomi Gilgamish hamda Bilgamis shaklida qo’llanilgan.

«s» va «sh» harflarining almashinuvi turkiy xalqlar tilida saqlangan. Masalan, qirg’izlarning «Manas» eposi «Manash» deb ham yuritilgan. «s» va «sh» almashinuvi, xususan, hozirgi qozoq tilida keng ishlatiladigan hodisadir.

    1. «Gilgamish» dostonida xudolar obrazi yaratilgan. Gilgamish madad so’raydigan Quyosh xudosining nomi O’tu. Gilgamish o’rmonga jo’nash oldidan osmonga qo’llarini cho’zib, unga iltijo qiladi:

O’tu, men toqqa ketyapman, sen mening yordamchim bo’l! Toqqa kedr kesmoqqa boryapman, sen mening yordamchim bo’l!

Dostonning akkad nusxasida Quyosh xudosi Shamash nomi bilan berilgan. O’tuning turkiy tilga yaqin tomonlari bor. Birinchidan, O’tu ma’lum ma’noda o’tni, issiqlikni, haroratni anglatadi. Quyosh shunday xususiyatga ega. Ikkinchidan, turkiylar islom diniga qadar ko’kka, osmon jismlariga sig’inishgan. Ya’ni, Ko’k tangri turkiylarning muqaddas dinidir yoki massagetlarning yagona xudosi quyoshdir. Shu sababli Quyosh turkiylar uchun muqaddasdir. Eng qadimgi davrlardan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarigacha Quyosh turkiy xalqlarning adabiyotida (so’nggi davr adabiyotlarida ham) yaxshilik, ezgulikning muqaddas obrazi sifatida ko’rindi.

Ko’kni ulug’lash, ko’kni tangri deb tushunish barcha turkiy xalqlarga xos xususiyatdir. Masalan, qadimgi buryat va mo’g’ul mifologiyasida ham boqiy Ko’k osmon

– Xuxe Munxen tengri insonni qo’riqlaydigan kuch sifatida tasvirlangan. Bu esa shumer mifologiyasidagi osmon xudosi An, Oy xudosi Nannar va boshqa sayyoralar to’g’risida berilgan tasvirlarga mushtarakdir.

«Gilgamish» dostonida va shumer mifologiyasida O’tnapishtim obrazi uchraydi. Rivoyat qilishlaricha, dunyoni to’fon bosganida faqat diyonatli O’tnapishtimdan boshqa odamlar halok bo’ladi. U xudo Enkining maslahati asosida hamma joyi bekitilgan quti yasab, oilasi va xizmatkorlari bilan omon qoladi (bu rivoyat turkiylar otasi Nuhning kemasini ham eslatadi). Dunyoda bir kishi ham sog’-salomat qolmagan to’fondan jon saqlash balo-qazolardan toblanish belgisidir. Bunday odamlarga nisbatan hozirda ham

«o’tta yonmas», «olovda pishgan» iboralari qo’llaniladi. O’tna pishdim nomi o’zbek tilidagi «o’tta pishmoq»ning ma’nosiga yaqin anglashiladiki, bu qahramon harakatiga mos tushadi.

Shumerlar osmon davlatida yashaydigan xudolarni sut, non, kiyim–bosh bilan ta’minlash zarur deb tushunadi. Shu sababli donishmandlik xudosi Enki loydan odam yasaydi. Bu shumerlar edi. Gilgamish ham loydan yasalgan. Odamlar osmondagi o’z

rahnamolariga sig’inishi, ularga zaruriy narsalarni tayyorlab berishi va buning uchun mehnat qilishi kerak edi. Shumer xalqining mifologiyasidagi bu ta’limot Ko’k tangri dini haqidagi tushunchadan uzoq emas.

Shumerlarning «Gilgamish» ruhidagi yana bir qahramonlik eposi Etana nomi bilan bog’lanadi. Etana ham Gilgamish singari inson umrini yashartiradigan mo’jizaviy o’tni qidiradi. U o’tni axtarib, burgutning bo’yniga minadi, osmonning o’n to’rtinchi qavatiga ko’tariladi. Etana pastga qaraydiyu, yuragi uvishib ketadi. Yer sira ko’rinmas edi. Shunda vahimaga tushib, qo’lini burgutning bo’ynidan olib yuboradi va yerga qulaganicha, halok bo’ladi. O’zbek tilida «etana polvon», «etanasi chiqib» kabi birikmalar, kinoyali gaplar yo’q emas. Bu so’zlarning ma’nosi shumeriylar qahramoni Etana polvon harakatiga yaqinligi bilan e’tiborni tortadi.

Etana haqidagi dostonning asosiy voqyeasi insonning burgutga minib uchishidir. Qushlar yordamida osmonga parvoz etish voqyealari qadimgi turkiy eposlarda, jumladan, «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlarda, «Semurg’» afsonasida yoki Nosiriddin Rabg’uziyning «Qissasi Rabg’uziy» asarida tasvirlangan.

Shumer xalqi jahon antik adabiyotining birinchi asoschisidir. Bu xalqdan bizgacha ko’plab lirik she’rlar, masallar, xudolar sha’niga bitilgan qasidalar yetib kelgan.

Shunday qilib, shumer adabiyoti tilini, asarlarida aks etgan diniy ta’limot, urf – odatlarni keyingi asrlarda yashagan turkiy xalqlarga o’xshashlik tomonlar bor deb hisoblash mumkin.




Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin