Evripid
Qadimgi yunon tragediyasining uchinchi ulug’ vakili Evripid, rivoyatlarning naql qilishiga ko’ra, eramizdan oldingi 480-yilda, xuddi yunonlar Eron ustidan g’alaba qozongan kuni Afina yaqinidagi Salamin orolida o’rtahol oilada dunyoga keladi, yaxshigina bilim oladi. Shu davrning atoqli faylasuflari Sokrat, Anaksagor, Arxelay, sofistlardan Protagor hamda Prodik Evripidning yaqin do’stlari bo’lganlar. Zamondoshlarining aytishlariga qaraganda shoir, o’z davridagi kundalik ijtimoiy- siyosiy harakatlarga qotishmasdan, ilm, fan, san’at, adabiyet va falsafa bilan shug’ullanib tinchgina umr kechirishni afzal ko’rgan. Biroq shoirning xilvatnishin tabiati zamonasining ilg’or g’oyalari bilan barobar qadam tashlashiga, asarlarida shu g’oyalarni yorqin aks ettirishiga va demokratiyani mustahkamlash yo’lida qalam bilan astoydil kurashuviga xalaqit bergan emas. Evripidning tragediyalaridagi progressiv fikrlarga, dramaturgiyaga kiritgan yangiliklariga Afina jamiyatining konservativ guruhlari tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko’rsatdilar, V asrning oxiridagi komediyanavislar shoirga, ayniqsa ko’proq ta’na va malomatlar yog’diradilar, behayolik bilan uni masxara qiladilar. Masalan, Aristofan, Evripidning otasi chakana boqqol, onasi rezavorchi, xotini buzuq bo’lgan, deb shoirga ko’p dashnom bergan. Ehtimol, ana shu og’ir sharoitlarda Afinada yashashning ortiq iloji qolmaganligidandirki, Evripid o’lmasidan bir oz ilgari Makedoniyaga ko’chib ketadi va 406-yilda shu yerda dunyodan o’tadi. Keyingi vaqtlarda Evripidning tarjimai xolini yozgan ba’zi kimsalar fikricha, shoirni go’yo itlar talab o’ldirgan, ikkinchilarining fikricha u necha bora teatr musobaqalariga qatnashgan bo’lsa ham, faqat uch martagina birinchi o’rinni egallashga muyassar bo’lgan. Biroq yunon tarixining keyingi asrlari, ellinizm davrida Evripid o’z xalqining eng sevimli tragik shoiriga aylanadi. Hatto Esxil, Sofokl ham uning dovrug’i soyasida qolib ketadilar. Bu ahvol shoirning adabiy merosi taqdiriga ham kuchli ta’sir
ko’rsatib, 92 ta asaridan bizga qadar 17 ta tragediya hamda bitta satir dramasining to’la holda yetib kelishini ta’minlaydi. Bular tubandagilar: «Alkestida», «Medeya»,
«Geraklidlar», «Ipollit», «Gekuba», «Gerakl», «Iltijogo’ylar», «Troyalik ayollar»,
«Elektra», «Ion», «Ifigeniya Tavridada», «Elena», «Andromaxa», «Finikiyali qizlar»,
«Orest», «Vakx qizlar», «Ifigeniya Avlidada» va «Kiklop» nomli bitta satir dramasi. Bu asarlarning hammasi yunon taomiliga ko’ra Esxil hamda Sofoklning tragediyalari singari mifologik afsonalar mavzuida yozilgandir.
Shoir ijodining dastlabki davrlarida yaratilgani «Alkestida» tragediyasi hisoblanadi. Fessaliya podshohi Admet bir gunohi uchun ma’buda Artemidaning g’azabiga uchrab, umri qisqartirilgan. Bir mahallar podshohdan yaxshilik ko’rgan Apollon o’rtaga tushib uning gunohini so’rab oladi; Admetning umri bitgan kuni uning o’rniga, basharti, boshqa bironta odam o’limga ko’nsa, podshohning umrini uzaytirishga taqdir ma’budalari rozi bo’ladilar. Nihoyat, Admetning paymonasi to’lib, o’lim soatlari yetib keladi. Hech kimsa, hatto lodshohning keksayib qolgan ota-onalari ham uning o’rniga go’rga kirishni istamaydilar. Bunchalik og’ir fidokorlikka faqat Admetning yoshgina rafiqasi Alkestida rozi bo’ladi. Malika o’lim oldida hamma bilan g’amgin- g’amgin vidolashadi, bolalarini bag’riga bosib-bosib yuzlaridan o’padi, qon-qon yig’laydi, eri bilan rozi-rizolik tilashar ekan, uning baxt-saodati yo’lida beqiyos og’ir qurbonlarga rozi bo’lganini eslatadi: axir Alkestida o’lmasdan omon qolishi, eridan keyin istagan kimsasiga tegib, koshona qasrlarda nash’u namo surishi, farog’atda umr kechirishi mumkin edi-ku!.. Hatto munkillab qolgan, oshini oshab, yoshini yashagan ota-onalari ham qolgan besh kunlik umrlarini bitta-yu bitta navqiron o’g’illariga hadya qilishni istamadilar-ku!.. Ana shu qurbonlar badaliga Alkestida erining bundan keyin uylanmasligini, bolalarini o’gay ona zulmiga giriftor qilmasligini o’tinib-o’tinib so’raydi- da, ohistagina dunyodan o’tadi. Podshoh sevimli rafiqasidan ayrilib yolg’iz qoladi, iztiroblarining aslo chegarasi yo’q. Huvillagan saroylar, onasidan judo bo’lgan yetimchalarning ko’z yoshlari Admetning dardiga yana dard qo’shadi. Podshoh endi qanday qilib ham odamlarning ko’ziga ko’rinsin!.. O’zining jonini o’ylab xotinini o’limga mahkum qilgan nomard erdan bundan buyon hamma hazar qilmaydimi?.. Admetning boshiga tushgan shunday og’ir musibatlar ustiga uning jonajon do’sti, yunon elining ulug’ bahodiri Gerakl kelib qoladi. Birodarining diliga ozor bermaslik uchun oilada ro’y bergan musibatni podshoh mehmondan yashiradi va ochiq chehra bilan uni qarshi olib, quyuq dasturxon yozadi-da, bir bahona bilan xotinini dafn qilishga ketadi. Yolg’iz o’zi may ichib, kayfu safo surib o’tirgan pahlavon tasodifan bu oilada sodir bo’lgan kulfatni payqab qoladi va shunchalik og’ir musibatlarga qaramay, mehmonga ko’rsatilgan iltifotlarga, mezbonning oliy himmatiga tasannolar aytadi va azaxonada qilgan yengiltakliklarini yuvish, do’stidan ko’rgan bu tariqa muruvvat va noyob odamgarchilik qarzlarini qaytarish niyatida. darhol o’rnidan turib marhumaning maqbarasiga yuguradi, u yerda ajal ma’budi bilan uzoq olishib, malikani o’lim changalidan qaytarib oladi. Admet xonadoniga yana shodlik kiradi.
By tragediyada Evripid ijodining ba’zi xususiyatlari ko’zga yaqqol tashlanadi.
Asarda, avvalo, Esxil hamda Sofokl tragediyalariga xos ko’tarinki salobatni, ma’budvash qahramonlarni ko’rmaymiz. Ko’z oldimizdan o’tadigan shaxslar hayotning ikir-
chikirlari bilan yashaydigan, xudbin manfaatlar, mayda-chuyda ehtiroslardan holi bo’lmagan, oddiy, to’pori odamlardir. Bu muhitning kishilari odob-ahloq qoidalariga rioya qilib, mehmonga hurmat ko’rsatsalar-da, lekin o’z manfaatlari yo’lida ota- onalarini va sevikli rafiqalarini qurbon qilishdan qaytmaydilar; o’g’lining o’rniga o’lishni istamagan ota kelini janozasiga hadyalar bilan keladi. Bir o’rinda xor shunday deydi: Elladada qolgandir ortiq, Na nomus, na ahdu paymon. YUrtimizni tark etib insof, Uchib ketmish falakka tomon.
Darhaqiqat, qulchilik asosiga qurilgan demokratiyaning chirib borayotgan davridagi jamiki manfiy xislatlar – aldamchilik, munofiqlik, xoinlik, shuhrat va davlatparastlik kayfiyatlari Yazon qiyofasida yuksak mahorat bilan ko’rsatilgan. Bu odam o’zining xudbin maqsadlariga erishish yo’lida inson uchun aziz bo’lgan sevgi, vafodorlik, himmat, oila baxti, bola-chaqa mehri va shu kabi barcha olijanob tuyg’u va tushunchalarni barbod etadi, o’zining jirkanch va razil manfaatlariga qurbon qiladi. Bu odam, zotan, bir paytlar bahodirlikda nom chiqargan bo’lsa-da, aslida o’taketgan manfur va qallob ta’magirdan uning hech qanday farqi yo’q. Yazon xotinining yordami bilan shuhrat qozonadi, shu xotin uni necha bora o’limlardan qutqarib qoladi, nihoyat Medeyadan boshqa manfaat ko’rishga ishonchi qolmagach, yangi obro’, yangi davlat orzusida vafodor rafiqasini, bolalarini tashlab, podshohning qiziga uylanmoqchi bo’ladi. Yazon bu ishlarning hammasi go’yo, bolalarining baxti, ularning istiqboli yo’lida qilinayotgan bir chora ekanligini aytib, xotinini tinchitmoqchi bo’ladi, ko’z ochib ko’rganini aslo unutmasligini, unga har doim yordam ko’rsatib turajagini aytadi. Behis, besharm bu mahdud bilmaydiki, sevgini bozorda sotmaydilar, diyonatni ayirbosh qilmaydilar.
Dostları ilə paylaş: |