Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə9/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • GOMER

Gomer dostonlari


Yuqorida aytganimizdek, qadimgi yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan yakkayu yagona yozma namunalari «Iliada» va «Odisseya» dostonlaridir. Gomer degan ulug’ shoirning nomi bilan bog’liq bo’lgan har ikkala poemaning mavzusi Troya afsonalaridan, ya’ni yunonlar bilan troyaliklar o’rtasida bo’lib o’tgan urush rivoyatlaridan olingan.

Troya shahri haqiqatan ham Kichik Osiyoda, Dardanel bo’g’ozining janubiy qirg’og’ida joylashgan ko’hna shaharlardan biri edi. Olimlarning bundan bir necha yillar muqaddam eski Troya shahri o’rnida olib borgan arxeologik izlashlari natijasida eramizdan qariyb uch ming yil ilgari gullab-yashnagan va keyinchalik turli falokatlar orqasida halok bo’lib ketgan aholigohning vayronalari topilgan. Ilm ahllarining aytishlaricha, yunonlarning troyaliklar ustiga bostirib kelishlari tarixiy voqea bo’lib, eramizdan taxminan XIII–XII asr ilgari yuz bergandir.

Rivoyatlarning hikoya qilishicha, Troya shahzodasi Paris Sparta podshohi Menelayning uyiga mehmon bo’lib keladi. Menelay Parisni izzat-ikrom bilan qarshi olib, uning sharafiga hashamatli ziyofatlar beradi, bazmlar uyushtiradi. SHu bazmlarning birida Paris mezbonning rafiqasi yelenani uchratib, uning husn-jamoliga shaydo bo’lib qoladi. Parisning qaddi-basti, ustidagi ajoyib sharq liboslari yelenani ham maftun etadi. Kunlardan birida Menelay uzoq safarga ketganida, Paris yelenani yo’ldan urib, allaqancha mol-dunyolar bilan birga uni o’z yurtiga olib qochadi. Safardan qaytib kelgan Menelay mehmonining ko’rnamakligidan, rafiqasining xiyonatidan nomus alamida, iztirob qiynog’ida azob chekadi va raqibidan qacoc olishga ahd qiladi. Menelayning murojaatiga ko’ra butun Yunon o’lkasidan to’plangan podshohlar, alamdiydaning akasi, Miken podshohi Agamemnonni sarkarda ko’tarib, bir qancha kemalarda Troya ustiga bostirib boradilar. Yunon lashkargohida zamonasining bir qancha ulug’ pahlavonlari va shular orasida Yunonistonning buyuk bahodir yunon

lashkarlari bilan uning ichiga kirib, ziyon yetkazadilar va shaharning jamiki boyliklarini talab qaytadilar. Biroq vatanga qaytishda g’oliblarning boshiga anchagina kulfatlar tushadi: ularning ba’zilari og’ir yo’l mashaqqatlaridan halok bo’ladilar, ba’zilari eson- omon yurtlariga qaytib kelganlarida xoinona o’ldiriladilar, yana ba’zilari uzoq yillar dengiz to’lqinlarida sarson-sargardonlik azobini tortadilar.


GOMER


Ana shu urush haqidagi rivoyatlar yig’indisidan yunon mifologiyasining «Troya urushi afsonalari» deb ataluvchi turkum yuzaga kelgan. «Iliada» hamda «Odisseya» dostonlarining mavzulari shu turkumdagi rivoyatlardan olingan. Ammo har ikkala dostonda mazkur afsonaning hammasi emas, ikkita kichik-kichik voqeasigina hikoya qilinadi. Chunonchi, «Iliada»da Troya urushining o’ninchi yilida bo’lib o’tgan muhim bir hodisa tasvir etilgan. Asarning bayoni hatto Troya shahrining yunonlar tomonidan zabt etilishi voqealariga qadar ham olib borilmasdan, Troyaning ulug’ pahlavoni Gektorning o’limi va uni dafn qilish marosimi bilan tugaydi. Ilgari bo’lib o’tgan va keyinchalik ro’y berishi lozim bo’lgan voqealar to’g’risida shoir yo’l-yo’lakay gapirib o’tadi. Xuddi shunday holni «Odisseya» dostonida ham ko’ramiz. Bu asarda Troya jangi qahramoni Odisseyning urushdan qaytishi, dengizlarda va begona yurtlarda uning boshidan kechgan sarguzashtlar va, nihoyat, o’z vatani Itaka oroliga yetib kelib, dushmanlaridan qasos olishi hikoya qilinadi.

Eslatib o’tish zarurki, Troya urushi haqidagi rivoyatlar, garchi bo’lib o’tgan tarixiy

voqealardan bahs etsalar-da, bu voqealar real tasvirlarda emas, balki mifologik liboslarga o’ralgan holda beriladi. Troya urushida va bu urush bilan aloqador bo’lgan hodisalarda odam bolalari bilan bir qatorda Olimp tog’ining ma’budlari, parizodlar, devlar va boshqa g’ayri tabiiy kuchlar ham bab-baravar qatnashadilar.

Troya urushi haqidagi afsona va rivoyatlar asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib juda ko’p o’zgarishlarga uchraydi, turli-tuman variantlarda tarqaladi va, nihoyat, Gomer dostonlarida muayyan va mustahkam adabiy shakl kasb etadi.



Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin