Kirish jarayonning fizik-kimyoviy asoslari



Yüklə 381,89 Kb.
səhifə7/9
tarix01.02.2023
ölçüsü381,89 Kb.
#82223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
OOT8019

Gaz maksimal temperaturaga yetganda 603 qizdirgichidan oldin TRAH-615 orqali signal beriladi. Suvning maksimal temperaturagacha qizib ketishi ham TRAH-625 orqali signal berishga olib keladi.Suvning berilishi MBPdan HCVI-607 klapini orqali rostlab turiladi.

603 suv qizdirgichiva 601 sitez kolonnasiga kirish oralig`ida sintez kolonnsining qarshiligini harakterlovchi sirkulyatsion gazning bosimlar farqi PDRSAH-602 uskunasi bilan o`lchanadi. Maksimal qiymati 1,8MPabo`lib, me`yordan oshsa signal beriladi va bosim 1,9 MPa gacha yetsa, kompressor avtomatik tarzda ortga ishlab, baypas rejimiga o`tadi 606 suyuq ammiak bug`latgichida ammiak sathi LIRCALH-610 rostlagich orqali avtomatik tarzda ammiakni tashlash bilan rostlab turiladi. Tasodifiy maksimum-minimum sathlar uchun signalizatsiya tizimi o`rnatilgan.

610 suyuq ammiak yig`gichda sath avtomatik rostlagich LIRCSALH-605 orqali rostlab turiladi.

605 kondensatsion kolonnada va 621 separatorda suyuq ammiakning doimiy sathi avtomatik rostlagichlar: LIRCSALH-601, LIRCSALH-602, LIRCSALH-603 иLIRCSALH-604 bilan rostlab turiladi. Bundan tashqari maksimum oldi, minimum oldi signalizatsiyalari va avariya holati signalizatsiyalari ham o`rnatilgan.

Tank gazlari va haydash gazlari bug`latgichlarida (613, 612) suyuq ammiak sathi avtomatiktarzda LIRCALH-608, LIRCALH-609 rostlagichlari bilan rostlanadi. Sath normadan ko`tarilganda signalizatsiya ishga tushadi.

Qizdirgichning avtomatik xavfsizlik choralari ko`rilgan bo`lib, tabiiy gazning qizdirgichga kirishida HCVI-605 klapinining avtomatik berkitilishi, sintez gazning azot-vodorod bilan minimal sarfi FRSAL-601 bilan, tabiiy gazning minimal bosimi PISAL-609 bilan, asosiy gaz gorelkalarida yoqish (qizdirgichda) KAS-601 bilan avtomatik tarzda rostlanadi. Yuqorida ko`rsatilgan parametrlarning qiymati o`zgarganda MBP ga avtomatik signalizatsiya beriladi.





Yüklə 381,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin