Pirit - FeS2. Uning kristallari ko'pincha kub shaklida bo'ladi, rangi oq , jez-sariq, chizig'i yaltiroq, qora. Kubning yonlarida qirralariga parallel bo'lgan chiziqlar (shtrixlar) bo'ladi. Ular bir yondan ikkinchisiga o'tmaydilar. Metalldek yaltiraydi. U hamma tog’' jinslarida uchraydi, qattiqligi 6-6,5, solishtirma ogirligi 4,95-5,1 g/sm3. Sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.
Xalkopirit - CuFeS2 (mis kolchedani). Uning singoniyasi tetragonal, kristallari juda kam, odatda yaxlit massalar, xol-xol donalar ko'rinishida uchraydi. Rangi jez-sariq, chizig'ining rangi och-yashil, qora. Qattiqligi 3,5-4,0, solishtirma og'irligi 4,1-4,3 g/sm3. Gidrotermal tomir jinslarda pirit, sfalerit, galenit va kvars bilan birga uchraydi. Xalkopirit misning eng muhim ma'dan mineralidir. Uning konlari O'zbekistonda, Uralda, Qozog'istonda bor.
Kinovar – HgS (nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ularda qizil smola, kinovar «ajdarho qoni» deyiladi). Rangi qizil, ba`zan qo`rg`oshindek kulrang bo`lib tovlanadi. U kuchli yarim metall kabi yaltiraydi. Uning qattiqligi – 2-2,5 mo`rt mineral. Ulanish tekisligi ba`zi yo`nalishi bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 8, u elektrni yomon o`tkazadi. Kinovar va metasenobarit–past haroratli gidrotermal (teletermal) jarayonda yuzaga keladi. Ba`zan vulqo’n jinslari natijasida ham ro`yobga keladi.
Simob oltinni amal’gamalashda, kimyoviy tayyorlashda, fizik asboblarda va portlovchi simob Hg(CNO) detonatorlar uchun portlovchi modda tayyorlashda ishlatiladi.
Galenit - PbS. Nomi yunoncha "Galena" qo`rg`oshin ma`dani so`zidan kelib chiqqan. U kubik singoniyada kristallanadi. Rangi qo`rg`oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2-3, u ancha mo`rt mineral, ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal. Solishtirma og`irligi 7,4-7,6. U kuchsiz elektr o`tkazadi.
Galenit asosan gidrotermal jarayonda vujudga keladi. Nurash jarayonida oksidlanib serussitga – PbCO3 va anglezitga – PbSO4 aylanadi. Galenit qo`rg`oshin olishda muhim asosiy manba hisoblanadi. Respublikamizda polimetall deb ataluvchi gidrotermal konlar yetarli darajada, ular Uchkulach (Sh.Nurota) va Olmaliq konlaridir.
Nazorat savollari:
1. Sulfidlarga misol keltiring.
2. Sulfidlarni ta'riflab bering.