Zanjirsimon silikatlar strukturasida kremniy-kislorodli tetraedrlar [Si2O6]4- radikali bilan uzluksiz zanjirli bog'lanishda bo'ladi.
Zanjirsimon silikatlarga piroksen guruhlaridagi monoklin va rombsimon minerallar kiradi. Monoklin piroksenga kimyoviy tarkibi murakkab bo'lgan avgit kiradi.
Avgitlar qirqimi sakkiz burchakli kalta ustunsimon shaklda bo'lib, ulanish tekisligi 87° burchak ostida kesishadi. Avgitning umumiy formulasi Ca(Mg, Fe, Ti, A1)[(SiA1)2O6].
Avgit strukturasida alyuminiy, kislorod tetraedrining markazida kremniyning o'rnini egallaydi. Agar mineralning tarkibida Na2O va Fe2O3 bo'lsa, uni egirin - avgit deb yuritiladi. Avgit uchun kalta ustunsimon, yonlarining yaltiroq ligi; yaltiroq qora rang va sakkiz burchakli kristallar xarakterlidir. Uni alyuminiyli piroksen deb ham yuritiladi.
Yaxshi o'sgan kristallar rombik piroksenlarda kam uchraydi. Ular odatda donador massa ko'rinishida bo'ladi. Rombik piroksenlar (enstatit, bronzit, gipersten) chekka hadlari Mg2[Si2O6] va Fe2[SiO6] bilan izomorfik qator hosil qiladi. Ularni mikroskopik monoklinal piroksendan ajratish qiyin.
Lentasimon silikatlarga amfibol guruhidagi minerallar kiradi. Amfibollarda [Si4O11] lentasidan kislorod atomiga yana OH guruhlari qo'shiladi. Ba'zi amfibollarda ayniqsa alyuminiyli, radikaldagi kremniyning bir qismi alyuminiy bilan almashadi (masalan: rogovaya obmankada [A12Si6O22] alyumosilikatli qatorni hosil qiladi).
Kristallografiya belgilariga qarab, ular rombik va monoklinal amfibollarga bo'linadi.
Amfibollarning murakkabligini ko'rsatish uchun rogovaya obmankaning to'liq formulasini keltiramiz: NaCa2(Mg,Fe)4(A1,Fe)(OH,F) [A12Si6O22]. Formuladan uning alyumosilikatligi ko'rinib turibdi.
Rogovaya obmankaning kristallari prizma ustunsimon ko'rinishda bo'lib, rangi och-yashil, to'q-yashil yoki qo'ng'ir tusli bo'ladi. Kristallarning ko'ndalang kesimi olti burchaklidir. U avgitdan kristallarining ipakdek yaltiroq ligi va tolaliligi bilan farq qiladi. Oddiy "rogovaya obmanka"dan tashqari metamorflashgan yo'l bilan hosil bo'lgan tog’' jinslari uchun och-yashil rangdagi shu'lasimon rogovaya obmanka-aktinolit xarakterlidir. Bu mineralning shakli ignaga o'xshaydi. Tarkibi Ca2(Mg,Fe)5(OH)2[Si4O11]2. Amfibolni oddiy ko'z bilan piroksendan ajratish qiyin. Uni faqat mikroskop ostida aniqlash mumkin.