Malaxit-Cu2[CO3] [OH], yoki CuO3·Cu[OH]2 Singoniyasi monoklin, kristallari prizma shaklida bo'lib, kam uchraydi. Odatda ayrim tolalari radial shu'la kabi tuzilgan oq iq shakldagi massalar holida uchraydi. Yirik buyraksimonlari uchun konsentrik - zona tuzilishi juda xarakterlidir. Tuproq simon xillari ham uchraydi.
Rangi yashil, shishadek yaltiraydi. Chizig'i yashil. Qattiqligi 3,5-4,0, solishtirma og'irligi 3,9-4 g/sm3. Mo'rt. Ulanish tekisligi mukammal.
Malaxit faqat mis sulfid konlarining oksidlanish zonasida hosil bo'ladi. Uning katta massalar holida topiladigan oq iq xillari har xil bezaklar tayyorlashda qo'llaniladi va ulardan hashamdor buyumlar - vazalar, qutichalar, stollar va boshqalar ishlanadi.
Fosfatlar Fosfatlar-fosfat kislota H3PO4 ning tuzlaridir. Bu guruhga tog’' jinslarini hosil qiluvchi minerallardan apatit va fosforitkiradi.
Apatit- Ca3[PO4]3[F,C1]. Grekcha «aldayman» (apateo) demakdir. Singoniyasi geksagonal. Ko'pincha olti yonli prizma, igna shaklida bo'lib, ba'zan kalta ustunsimon yoki tabletkasimon kristallar holida uchraydi. Donador, zich, mayda donador, ba'zan tomirsimon va tuproq simon massalar shaklida uchraydi.
Cho'kindi jinslarda konkretsiya shaklida va tarkibida juda ko’p minerallar aralashgan uyumlari fosforit deb aytiladi. Fosforitlar tarkibida P2O510% dan ko’p bo'lib, dengiz cho'kindilarida uchraydi. Fosforitlar radial shu'lasimon, yoki yashirin kristallangan bo'lib, ko'pincha qum, ba'zan kremniy yoki gilsimon jinslarga yopishgan holatda uchraydi.
Apatit rangsiz, shaffof, oq , ko'pincha och yashildan zumrad yashilgacha va havorang bo'ladi, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi - 5. Ulanish tekisligi mukammal emas. Solishtirma og'irligi 3,18-3,21 g/sm3. Fosforitlardan o'g'itlar tayyorlanadi.
2. Sulfatlar deganda nimani tushunasiz?
3. Sulfatlarga misollar keltiring.
4. Fosfatlar qanday tarkibli bo'ladi?
5. “Baros” – qanday ma’noni bildiradi?
6. Apatit va boshqa fosfor minerallaridan nimalar tayyorlanadi?
Silikatlar Tabiatda ma'lum bo'lgan mineral turlarining uchdan bir qismi silikatlarga to'g'ri keladi. A.Е.Fersmanning hisobiga ko'ra silikatlar Yer qobig'ining 57 %ini tashqil qiladi. Bularga 12% kvars va opalni qo'shib hisoblasak, silikatlar miqdori 80% ga yetib boradi. Juda ko'p silikat minerallar hamma magmatik, cho'kindi (asosan, gil va gilli slaneslarda, qum, qumtoshlarda) va nihoyat slaneslarda ham eng muhim jins hosil qiluvchi mineral bo'lib qoladi. Ko'p silikatlarning o'zi metallmas konlarni hosil qiladi. Masalan: asbest, kaolinit, dala shpatlari, qurilish materiallari, qimmatbaho hamda bezak toshlari (zumrad, topaz, rodonit, nefrit va boshqalar).
Silikatlar hozirda asosiy struktura turiga qarab tasnif qilinadi. Silikatlarning strukturasi ularning kimyoviy tarkibi bilan chambarchas bog'liqdir. Shuningdek, minerallarning muhim fizik xossalarini va hatto ma'lum darajada genezisini ham aks ettiradi.
Hozir silikatlar strukturasini rentgenoskopiya usuli bilan tekshirish natijasiga qarab quyidagi beshta kichik sinflarga bo'linadi: 1) orolsimon, 2) zanjirsimon, 3) lentasimon, 4) varaqsimon, 5) to'qimasimon silikatlar.