Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə28/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
амалиёт

NORDON MAGMATIC TOG’ JINSLARI
Granit - liparit guruhi
Granit-liparit guruhiga kiruvchi tog’ jinslari granodioritlar bilan birga keng tarqalgan bo'lib, yer yo’zida rivojlangan hamma magmatik jinslarning 60 foizini tashqil qiladi. Bu guruhga mansub Intruziv jinslar effuziv jinslarga nisbatan to'rt marta keng tarqalgan.
GRANITLAR - o'rta va katta donali qizg’ish, kulrang jins. Uning strukturasi no, granit xiliga kiradi, ayrim hollarda porfirsimon strukturalar ham uchraydi. Granitlar bir xil teksturali
granitlarda kvars ko'p (25-30 foiz), rangli minerallar (10 foiz) oz miqdorda va ortoklaz (35- 40 foiz) plagioklazga (oligoklaz 20-25 foiz) nisbatan ko'proq uchrashi bilan ajralib turadi.
Rangli minerallar asosan biotit, kamroq rogovaya obmanka va piroksendan (gipersten, gedenbergit) tashqil topgan. Ular temirga boyligi bilan ajralib turadi. Aksessor minerallardan apatit, kassiterit, sfen, granat, turmalin va flyuorit uchraydi.
ALYASKIT leykokratli granit bo'lib, unda rangli minerallarning miqdori 2-5 foiz, ishqorli dala shpatlari 60-65 foiz, kvars 40 foizni tashqil qiladi. Alyaskitlar ko'pincha granit massivining so'nggi Intruziv fazasini tashqil qiladi, ayrim paytlarda esa alohida Intruziv kompleksi holida uchraydi.
MIKROGRANIT granitdan jinsni tashqil qiluvchi mineral donachalarining maydaligi bilan farq qiladi. Granit - porfir esa granitdan porfir strukturasi bilan ajralib turadi. Porfirlarni kvars va kaliyli dala shpati tashqil qiladi. Ayrim hollarda plagioklaz, shoh aldamchisi, biotit va piroksen uchrashi mumkin.
LIPARIT-PORFIR liparitdan birlamchi minerallar va vulqon shishasimon massa hisobiga ikkilamchi minerallar - seritsit, xlorit, epidot, kalsit va boshqa minerallarni rivojlanishi bilan farq qiladi.
Shishasimon jinslar rangiga va ularning tarkibidagi suv miqdoriga qarab bir necha turlarga bo'linadi. Jinsning tarkibida suv miqdori 1 foizdan kam bo'lsa, obsidian deb ataladi. Agar suvning miqdori 3 - 4 foiz va perlitsimon darzliklar bo'lsa, jins perlit deb nomlanadi. Shishasimon tog’ jinsi tarkibida suvning miqdori 10 foizga yetsa va saqichsimon yaltirasa, pexshteyn deyiladi. Shishasimon jinsning tarkibida suv miqdori o'zgaruvchan bo'lib, pufaksimon tuzlgan (shaffof bo'lmagan) va ipaksimon yaltiroq bo'lsa, pemza deb ataladi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin