Feldshpatoidlar kimyoviy tarkibi jihatidan dala shpatitlariga o'xshaydi, lekin ularda silikat kislota kamroq bo'ladi. Feldshpatoidlar ishqoriy magma jinslar tarkibida muhim o'rin to’tadi. Ulardan nefelin - Na[A1SiO4], albitga (natriyli dala shpatiga) mos keladi. Nefelinning och rangli yirik kristallangan yoki yaxlit xillari ko'pincha eleolit deyiladi. Kaliyli dala shpati yaxlit xillari (ortoklaz va mikroklin) leytsitga K[A1Si2O6] to'g'ri keladi. Bu juda kam uchraydigan mineral bo'lib, rangining oq va kristallarining ko'p yonli izometrik shaklda bo'lishi bilan xarakterlanadi.
Nazorat savollari:
1. Yer qobig'ida silikatlarning miqdori qancha?
2. Silikatlar tarkibiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
3. Silikatlarning qanday kristall strukturalari mavjud?
4. Zanjirsimon silikatlarga nimalar kiradi?
7-AMALIY MASHG’ULOT
GEOXRONOLOGIK JADVAL
Mаqsаd: Mаvzu bo‘yichа umumiy tushunchа bеrish; geoxronologik jadval orqali era va davrlarni o’ganish, bilimlаrni kеngаytirish vа chuqurlаshtirish.
Nazariy asoslar: 1881 yilda Baloniya shahrida bo’lib o’tgan 2-Xalqaro geologik kongressda asosiy stratigrafik bo’limlar tasdiqlangan. Bu geohronologik jadvalda Yer tarihi to’rtta eraga bo’lindi va ularni quyidagi nomlar bilan atash taklif qilindi: Arxey, Paleozoy, Mezazoy, Kaynazoy. Keyinchalik 1887 yilda Arxey erasi tarkibidan Proterazoy erasi ajratildi. Xozirgi vaqtda geoxronolik jadval quyida keltirilgan jadval ko’rinishiga ega. Davrlarning nomi aniqlangan joyning nomi bilan atalgan. Masalan: Kembriy davri Uels yarim orolining qadimgi nomi; Ordovik va Silur davrlari Angliyada yashagan qabilalarning nomi; Perm davri Rossiyaning Perm guberniyasining nomi; Юra davri Shvesariyadagi toғning nomidan olingan. Faqat Toshko’mir va Bor davrlari topilgan foydali qazilmalar nomidan olingan. Ma’lum bir era davomida xosil bo’lgan cho’kindilar qatlami esa sistema (davr) deyiladi. Geohronologik birlik sifatida era va eraning bo’laklari qilib davrlar qabul qilingan. Davr o’z navbatida bir necha mayda bo’limlarga, ular yaruslarga bo’linadi. Geohronologik jadvalning yarusgacha bo’lgan qismi umumjahon axamiyatiga ega bo’lib, xamma erda bir hil nomlanadi. Eralar tubandagilardan iborat:
Arxey erasi - bu erada yerda xam xayvon organizmlari xam, o’simlik organizmlari xam bo’lmagan.
Proterozoy erasi- bu erada noaniq qoldiqlar va bevosita belgilar buyicha boshlanғich organizmlar yashagan bo’lishi mumkin.
Paleozoy erasi - unda xozirgilardan juda kam farq qiladigan, lekin ancha юqori tuzilgan o’simlik va hayvonlar bo’lgan.
Mezozoy erasi - unda mukammal tuzilgan o’simlik va xayvonlar bo’lgan.
Kaynozoy erasi - bu erada o’simlik va hayvonlar xozirgilarga borgan sari o’xshab boradi.
Arxey, proterozoy eralari to'liq o'rganilmaganligi uchun biz paleozoy erasidan boshlab davrlarni o'rganamiz. Bu era olti davrdan iborat: 1.Kembriy, 2.Ordovik, 3.Silur, 4.Devon, 5.Toshko'mir ,6. Perm.
Mezozoy erasida davrlar uchga bo'lingan: 1.Trias, 2.Yura, 3.Bo'r.
Kaynozoy erasida ham uchta: 1. Paleogen, 2.Neogen, 3.Antropogen.
Paleozoy erasidagi kembriy, silur, devon va perm davrlarining nomlari shu davrlarga xarakterli bo'lgan qatlamlar va organizmlar birinchi marta ta'riflangan joylarning nomlaridan kelib chiqqan. Toshko'mir davri Yer tarixida birinchi marta toshko'mir konlari, jumladan, Donesk va Moskva yoni ko'mir havzalarini hosil qilgan juda ko'p o'simliklar paydo bo'lgan davr nomi bilan ataladi.
Mezozoy erasidagi trias davri shu davr qatlamlari jinslarining tarkibiga ko'ra keskin uch bo'limga (trias - uchtalik degan so'z) bo'linganligi uchun shunday nom olgan. Yura davri esa shu davrga tegishli bo'lgan qatlamlar birinchi marta ta'riflangan sharqiy Fransiyadagi Yura tog’'i nomi bilan ataladi.
Bo'r davri o'z nomini shu davrda juda ko'p miqdorda hosil bo'lgan tog’' jinsidan olgan. Qidiruvchi parmalashning ma'lumotiga ko'ra, shimoliy Ukrainada bo'r qatlamining qalinligi 500m dan ortiqdir.
Kaynozoy erasining davrlari o'z nomlaridan shu eraning hayvonot xususiyatlarini ifodalaydi. Bu paleogen davridayoq umurtqali sut emizuvchilarning qoldiqlarini uchratamiz, lekin ular butunlay qirilib bitgan va nihoyat, antropogen davridan boshlab odam yashay boshlagan.