Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə33/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
амалиёт

O’TA ASOS MAGMATIC JINSLAR
Peridotit guruhi
Peridotit (giperbazit) guruhiga kiruvchi tog’ jinslari kam tarqalgan bo'lib, butun magmatik jinslarning 0,4 foizini tashqil qiladi. Bu guruh tog’ jinslarining asosan abissal fatsiyalari rivojlangan bo'lib, gipabissal va effuziv turlari esa kamdan-kam uchraydi.
Peridotit guruhiga taalluqli bo'lgan jinslar o'ta asos jinslar bo'lib, har xil sharoitda hosil bo'ladi. Ko'pincha ular bazalt magmasi differensiatsiyalanishining mahsuli bo'lib, gabbro massivining chekka fatsiyasini tashqil qiladi. Ayrim hollarda ular ishqorli gabbroidlar bilan bog'langan bo'lib, uning belgilari ishqoriy xususiyatga ega. Kamdan-kam peridotit guruhiga kiruvchi tog’ jinslari o'ta asos magma mahsulidir.
Magmaning kimyoviy tarkibi tog’ jinsining mineral tarkibini belgilaydi. Tog’ jinsini tashqil qiluvchi minerallar: olivin, piroksen, shoh aldamchisi- temir-magnezial silikatlaridir.
Intruziv tog’ jinslari. Dunit tog’ jinsining rangi to'q yashil, yashil-kulrang va deyarli qora. Ularning nuragan qismida o'ziga xos temir qobig'i hosil bo'ladi. Tog’ jinsi teng donali, mayda va o'rta donali, bir tekis teksturaga ega. U asosan olivindan tarkib topgan bo'lib, tarkibida ikkinchi darajali minerallardan magnetit va xromit uchraydi.
Bu tog’ jinsi ko'pincha o'zgarib, ularning o'rnida serpentinit hosil bo'ladi. Olivin serpentin bilan o'rin almashganda magnetit mayda changsimon to'plam holida ajralib chiqadi. Serpentinitlarda yana quyidagi ikkilamchi minerallar: talk, karbonat, tremolit uchraydi. Dunit magmatik eritmasida magmatik suv bo'lishi mumkin. Ajralib chiqqan suv ta'sirida tog’ jinsi o'zgaradi, shu sababli serpentinizatsiya magmatizmdan keyingi jarayon deyiladi.
Peridotit tog’ jinsi qora, ayrim hollarda yashilsimon tusli bo'lib, odatda o'rta va yirik donali bir tekis tuzlishga ega. Tog’ jinsi 30-70 foiz olivin va 30-70 foiz piroksendan tashqil topgan. Ayrim hollarda shoh aldamchisi, magnezial biotit yoki flagopit, rudali minerallardan- magnetit, xromit, qo'ng'ir pikotit uchrashi mumkin. Tog’ jinsi peridotit strukturali bo'lib, olivinning piroksenga nisbatan idiomorf holda uchrashi xosdir.
Piroksenit qora rangli, o'zgargan turlari esa yashil tuslidir. U o'rta va yirik donali, bir tekis teksturalidir. Tog’ jinsini tashqil qiluvchi asosiy minerallar rombik yoki monoklinal piroksen bo'lib, tarkibida ikkinchi darajali minerallardan shoh aldamchisi, olivin, biotit uchrashi mumkin. Aksessor minerallar magnetit, ilmenit, ayrim hollarda esa xromitdan tashqil topgan. Gornblendit yashil, yirik donali, bir tekis teksturali tog’ jinsidir. Amfibolitizatsiya epimagmatik jarayon bo'lib, magmaning kristallanish davrida ajralib chiqqan eritma hisobiga rivojlanadi. Uralda va boshqa regionlarda piroksenitni asta-sekin gornblenditga o'tishi qayd qilinadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin