Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi


Effuziv va vulkanogen tog’ jinslari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə34/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
амалиёт

Effuziv va vulkanogen tog’ jinslari. Peridotit guruhining effuzivi - meymechit va vulkanogen turi kimberlitdan iborat. Pikrit-porfirit ko'pincha gabbro guruhining gipabissal va effuziv turlari bilan assotsiatsiya tashqil qiladi, kamroq peridotitlar bilan birga uchraydi. Tog’ jinslari qora, zich, mayda donali bo'lib, olivin va piroksen (avgit, gipersten) dan tashqil topgan. Ayrim holllarda uning tarkibida shoh aldamchisi, biotit va asos plagioklaz bo'lishi mumkin. Aksessor minerallardan magnetit, apatit va shpinel uchraydi. Pikrit-porfiritga birlamchi minerallar bo'yicha ikkilamchi minerallarning yuqori darajada rivojlanishi xosdir.
Meymechit - birinchi marta Sibir platformasining shimolida Meymechit daryosi havzasida aniqlangan. Tog’ jinsi qora rangli bo'lib, porfir strukturali. Porfirlar olivindan tashqil topgan bo'lib, asosiy massa vulqon shishasidan iborat.
Kimberlit tog’ jinsini tashqil qiluvchi minerallar olivin, flagopit, bronzit, perovskit, pikotit, apatit, ilmenitdan iborat. Unda piroksenit, peridotit, dunit, eklogit va boshqa jinslarning bo'laklari uchrashi mumkin. Kimberlitlar trubkasimon jism bo'lib, portlash trubkasi-diatermani hosil qiladi. Ular chuqurda peridotit daykalari bilan qo'shiladi. Bu tog’ jinslari katta geologik ahamiyatga ega bo'lib, yer qobig'i barqaror oblastining (kraton) o'ziga xos mahsulidir. Portlash trubkalari Sibirning shimoliy sharqida, shimoliy Kareliyada, Afrika va boshqa regionlarda bor.

10-AMALIY MASHG’ULOT


CHO'KINDI TOG JINSLARI, ULARNING STRUKTURASI, TEKSTURASI
Cho'kindi jinslarga avval hosil bo'lgan tog' jinslarining yer yuzasida past harorat va past bosim sharoitida yemirilishidan hosil bo'lgan jinslar kiradi. Shuningdek, vulqonning qattiq mahsulotlaridan hosil bo'lgan piroklast jinslar (vulqon kullari, tuf, tuffit va tufogen jinslar) cho'kindilarning alohida guruhini tashkil qiladi. Cho'kindi jinslar litosferaning ustki qismida okean, dengiz, ko'l, daryo, botqoqlik tublarida turli bo'laklarning va minerallarning ekzogen sharoitda to'planishidan hosil bo'ladi.
Cho'kindi tog' jinslarining tarkibi magmatik, ilgari hosil bo'lgan cho'kindi va metamorfik tog' jinslarining yemirilishidan hosil bo'lgan mineral va jins bo'laklaridan, organik moddalarning (hayvon va o'simlik) qoldiqlaridan va kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lgan minerallarning to'planishidan hosil bo'lgan cho'kindilardan iborat.
Cho'kindi jinslarning umumiy ta'rifini M.S. Shve­tsov quyidagicha keltiradi: "Cho'kindi jinslar organizmlarning hayot faoliyatidan hosil bo'ladigan va havo hamda suvdagi har qanday materiallar muhitida cho'kadigan, shunda ham hamisha yer yuzasidagi bosim va harorat sharotida vujudga keladigan jinslardir".
Cho'kindi tog' jinslari magmatik jinslarga qaraganda li­tosferaning oz qismini, ya'ni atigi 5% tashkil qilsa-da, Yer yuzasining 75% maydonini qoplab yotibdi.
Cho'kindi jins hosil bo'lishining muhim omillaridan biri nurash (gipergenez) jarayonidir. Ilgari paydo bo'lgan tog' jinslari havo, suv va muzlarning ta'sirida, haroratning o'zgarishidan va organizmlarning hayot jarayoni natijasida yemiriladi. Qattiq jinslar fizikaviy nurash jarayonida mayda bo'laklarga parchalanib ketadilar. Kimyoviy nurash kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Qisman ular o'z o'rinlarida qoladilar, kattagina qismi esa suv, shamol, muz (sedimentogenez) yordamida olib ketiladi. Ularni olib ketish kuchi, ya'ni tezligi kamayishi natijasida yemirilgan jinslar ushlanib qoladi. Shunday qilib suvga to'yingan cho'kindi hosil bo'ladi. Cho'kindi diagenez davrida cho'kindi jinsga o'tadi. Vaqt o'tishi bilan cho'kindi asta-sekin suvsizlanadi, cho'kindining tuzilishi o'zgaradi, bo'laklar sementlanadi, g'ovaklik kamayadi, yangi minerallar hosil bo'ladi, jins qayta kristallanadi. Demak, cho'kindi jinslar qadimda paydo bo'lgan jinslarning fizikaviy va kimyoviy nurashidan hosil bo'lgan mahsulotdir. Cho'kindi jinslarni hosil bo'lish sharoiti va uning to'planishiga yordam beradigan omillarga qarab quyidagi genetik guruhlarga ajratish mumkin:
A. Bo'lakli jinslar.
B. Organogen jinslar.
D. Kimyoviy jinslar
Cho'kindi tog' jinslarini o'rganishda ularning struktura va teksturalarini o'rganish katta ahamiyatga ega. Jinsni tashkil qilgan bo'lak va minerallarning katta-kichikligiga va faunalarning saqlanish darajasiga qarab struktura, bo'lak zarrachalarining joylashuviga ko'ra tekstura ajratiladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin